Abiturientlar uchun eslatma-2025
Klinik ordinatura (rezidentura) qabul tartibi
Qabul muddati
Qabul 20-iyuldan 20-avgustgacha davom etadi.
Hujjat topshirish faqat onlayn tarzda institutning rasmiy sayti orqali amalga oshiriladi.
Mutaxassislik tanlash
Abituriyent faqat 1 ta mutaxassislik yo‘nalishini tanlashi mumkin.
Imtihonlar
Kirish imtihonlari quyidagi fanlardan bo‘ladi:
Mutaxassislik fani
Chet tili fani
Imtihonlar 21–22-avgust kunlari o‘tkaziladi.
Muhim qoidalar
Bir vaqtning o‘zida bir nechta muassasaga hujjat topshirish mumkin emas.
Qabul faqat reyting ballari asosida amalga oshiriladi.
Minimal talab: eng yuqori ballning kamida 30 foizini to‘plash.
To‘lov-kontrakt shaklida o‘qish uchun abituriyent o‘z vaqtida to‘lovni amalga oshirishi kerak.
Hujjat topshirish tartibi
Abituriyent o‘z hujjatlarini qabul komissiyasiga topshiradi.
Hujjatlardagi ma’lumotlar abituriyentlar bazasiga to‘g‘ri kiritilishi shart.
Qabul yakunlangach, abituriyentning shikoyatlari qabul qilinmaydi.
Test sinovlari tartibi
Abituriyent huquqlari:
Testni muddatidan oldin yakunlab, materiallarni nazoratchiga topshirish.
Binodan tartib bilan chiqib ketish.
Imtihon kuni:
Binoga kirish vaqti:
1-smena: 07:00 gacha, kirish 07:30 gacha.
2-smena: 11:00 gacha, kirish 11:30 gacha.
Pasport, identifikatsiya vositalari va videofiksatsiya orqali tekshiriladi.
Chetlashtirish holatlari
Abituriyent quyidagi holatlarda imtihondan chetlashtiriladi va natijasi bekor qilinadi:
Telefon, kompyuter, lug‘at, kalkulyator, jadval, shpargalkalar va boshqa taqiqlangan vositalarni olib kirsa yoki foydalansa.
Test materiallarini boshqalarga bersa yoki yordam ko‘rsatsa.
Videokuzatuv orqali tartib-qoidalarni buzganligi aniqlansa.