Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Registrator ofisi

Bosh sahifa

Registrator ofisi

person

Registrator ofisi bo'limi boshlig'i

Valiyev Alisher Latifjon o'g'li

Qabul vaqti:
 

Dushanba-Shanba: 08:30-16:00.

Telefon:
 

+998905802980

Elektron pochta:
 

fjsti@bk.ru

person

Registrator ofisi Xizmat koʻrsatish bo‘limi bosh‘lig‘i

Abdumannonov Temurbek Davlatjon o'g'li

Qabul vaqti:
 

Dushanba-Shanba 08:30-16:30

Telefon:
 

+998943986707

Elektron pochta:
 

temurbekabdumannonov6@mail.com

person

Registrator ofisi Ma’lumotlar bazasi bo‘limi boshlig‘i

Aripov Asliddin Maxmudovich

Qabul vaqti:
 

Dushanba-Shanba 08:30-16:30

Telefon:
 

+998972712190

Elektron pochta:
 

ustadidaskal@gmail.com

Registrator ofisi

“Registrator ofisi”  bo‘limi haqida

Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining “Registrator ofisi” bolimi talabalikka qabul, oʻquv jarayoni va talabalarga xizmat koʻrsatish, akademik faoliyatni tashkil etish hamda taʼlim jarayonining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, unversitetning https://hemis.fsjti.uz/ platformasida о‘quv jarayoni tashkil etish, tizimda byurokratik toʻsiqlar yuzaga kelishini oldini olish va tahliliy maʼlumotlarni shakllantirish, shuningdek, qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish kabi vazifalarni amalga oshiruvchi institutning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. Ofis oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sog'liqni saqlash vazirliginingning Hayʼat qarorlari, buyruqlari, institut Nizomi, institut Kengashi qarorlari, institut rektori buyruqlari hamda mazkur Nizomga muvofiq olib boradi. Ofis boshlig‘i o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorga bo‘ysunadi hamda fakultet, kafedra, oʻquv-uslubiy boshqarma va boshqa taʼlim tuzilmalari bilan hamkorlikda ishlaydi.

 

Bo‘limning asosiy vazifalari:

  • • Talabalar bilan ishlash tizimini samarali tashkil etish, xizmatlar sifati, tezkorligi va shaffofligini ta‘minlash;
  • • akademik transkript, to‘lov shartnoma qog‘ozi va boshqa ma‘lumotnomalarni taqdim etish;
  • • HEMIS, ta‘lim platformalari va idoralararo yagona elektron hujjat aylanish "Edo.ijro.uz" tizimi dan foydalanish va nazorat qilish;
  • • tasdiqlangan o‘quv qoidalariga asosan talabalarning kredit miqdori va GPA hisobini yuritish, talabalarni yakuniy nazoratlarga qo‘yish, talabani kursdan kursga qoldirish yoki o‘tkazish masalasini hal etish;
  • • xalqaro ta‘lim dasturlari doirasida hamda chet elda magistraturada o‘qish uchun kerakli transkript va ma‘lumotnomalami xorijiy tillarda berish;
  • • harbiy bo‘limga va boshqa so‘ralgan joyga ma‘lumotnomalar berish (o‘zbek, rus va ingliz tillarda);
  • • xorijiy va davlat OTM tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirishda kerakli hujjatlami (transkript, buyruqdan ko‘chirma) taqdim qilish;
  • • o‘qishga qayta tiklanishi uchun murojaat qilgan talabalarga buyruqlaridan
  • • ko‘chirma va baholar transkriptini GPA hisoblangan holda taqdim qilish;
  • • rektorning qabul buyruqlari asosida institutga qabul qilingan talabalar
  • • hujjatlarini qabul qilish va ular haqida to‘liq ma‘lumotlarbazasini shakllantirish;
  • • d-arxiv.edu.uz platormasiga kelib tushgan dublikat arizalari va diplom tasdiqlash uchun kelgan murojaatlarga javob qaytarish;
  • • barcha bitiruvchi talabalarning buyruq asosida diplom va uning davlat nusxasidagi ilovalarini tayyorlash va chop etish;
  • • davlat granti asosida tahsil olgan bitiruvchilar diplomlaridan ko‘chirmalar tayyorlash;
  • • bitiruvchi talabalar ga diplom berish;
  • • institut talabalari to‘g‘risidagi buyruqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • • ism-sharifi o‘zgargan, akademik ta‘tilga chiqqan, yo‘nalish va fakultetini o‘zgartirgan, kursda qoldirilgan, talabalar safidan chiqarilgan talabalarning buyruqlaridan ko‘ chirmalarni talabalar bazasiga joylashtirish;
  • • bitiruvchi talabalar hujjatlarini to‘plab, shaxsiy yig‘ma jildiga tikish.

 

Registrator ofisi tomonidan taqdim etiladigan xizmat turlari

Akademik (oʻquv) faoliyati boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:

  • - QR kodli diplom shakllantirish;
  • - akademik maʼlumotnoma va transkript berish;
  • - akademik mobillik asosida boshqa oliy taʼlim tashkilotiga ketgan talabalarning hujjatlarini tegishli tartibda rasmiylashtirish;
  • - bitiruvchi talabalar uchun aylanma varaqa yaratish;
  • - diplom dublikatini olish uchun ariza yuborishga koʻmaklashish;
  • - imtihon natijalari boʻyicha apellyatsiya arizalarini qabul qilishni tashkil qilish;
  • - imtihonlar roʻyxatini shakllantirish va talabaga taqdim etish;
  • - institut talabalariga oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga koʻmaklashish;
  • - institutning ikkinchi taʼlimga kirish uchun abituriyentlarga onlayn ariza topshirishiga koʻmaklashish;
  • - institutning magistratura bosqichiga kirish uchun abituriyentlarga onlayn ariza topshirishiga koʻmaklashish;
  • - oliy taʼlim olganlik haqidagi diplom maʼlumotlarini qoʻshish yoki tahrirlash uchun talabgorlarga ariza yuborishga koʻmaklashish;
  • - stipendiya va turli grant tanlovlarida ishtirok etish uchun ariza qabul qilish;
  • - talabaga oʻzining GPA koʻrsatkichi haqida maʼlumotnoma taqdim etish;
  • - talabalar davomatini amaldagi tartibga asosan sababli va sababsiz holatga oʻtkazish;
  • - talaba uzrli sabablarga ko‘ra (kasal, yaqin qarindoshining betobligi yoki vafoti, tug‘ruq holati kabilar) oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan talabalar uchun tegishli fanlardan shaxsiy grafik yaratish;
  • - talabalar hujjatlarini qabul qilish va arxivga topshirish;
  • - talabalarga imtihon natijalarini taqdim etish;
  • - talabalarga qayta oʻqish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
  • - talabalarga turli xil maʼlumotnoma (oʻqish joyidan, harbiy boʻlimdan v.b.)lar berish;
  • - talabalarga oʻquv varaqa taqdim etish;
  • - talabalarga fan resurslari boʻyicha maʼlumot taqdim etish;
  • - talabalarni HEMIS platformasida keyingi kursga oʻtkazish;
  • - talabalarni oʻzlashtirish koʻrsatkichlari haqida maʼlumot taqdim etish;
  • - talabalarning joriy, oraliq va davomat natijalariga koʻra yakuniy nazoratlarda ishtirok etishiga ruxsat berish;
  • - talabalarning parolini tiklash;
  • - talabalarning tyutorlar tomonidan to‘g‘ri to‘ldirilgan shaxsiy hamda oʻquv maʼlumotlarini tahrirlash;
  • - talabalik guvohnomasini tayyorlash va talabalarga taqdim etish;
  • - talabani bir guruhdan ikkinchi guruhga koʻchirib oʻtkazish;
  • - tashqi xizmatlar: Ijtimoiy himoya reyestri va ayollar daftarida turuvchi talabalar yagona reestri bazasidan sinxronizatsiya qilib roʻyxat shakllantirish;
  • - oʻqishini koʻchirishga tavsiya etilgan, o‘qishga tiklangan yoki kursda qolgan talabalarning o‘quv rejalaridagi fanlar farqini aniqlash;
  • - oʻquv dasturlari haqida maʼlumot berish.

 

Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy faoliyat boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:

  • - talabalarga yotoqxonalarga joylashish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
  • - ijara subsidiyasi uchun ariza yozishga koʻmaklashish.

 

Xalqaro aloqalar faoliyati boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:

  • - talabalarga oʻqish joyidan ingliz tilida maʼlumotnoma berish;
  • - turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish;
  • - oʻqishga qabul qilingan xorijlik talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;
  • - xorijiy oliygohlarda tahsil olishda konsultatsiya berish;
  • - xorijlik talabalar uchun viza xizmatlarini amalga oshirish;
  • - xorijlik talabalarga toʻlov-shartnomalarini taqdim etish;
  • - xorijlik talabalarni Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish xizmatlarini amalga oshirish;
  • - xorijlik talabalarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha konsultatsiya berish, ariza va talab etiladigan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun qabul qilish;

Buxgalteriya va marketing boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:

  • - qayta oʻqishga shartnoma berish;
  • - stipendiya toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish;
  • - hisob varagʻini shakllantirib berish;
  • - talabalarga toʻlov-shartnomasi olish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
  • - talabaning yotoqxonalarga joylashish shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;
  • - talabaning qayta oʻqish shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;
  • - talabaning toʻlov-shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;
  • - toʻlov-shartnoma summasi haqida maʼlumot berish;
  • - bitiruvchi talabalarga boʻlgʻusi ish oʻrni toʻgʻrisida kengroq axborotlar berish, mehnat yarmarkalarni oʻtkazishga koʻmaklashish.

 

Ilmiy faoliyat boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:

  • - grantlar va tanlovlar haqida maʼlumot berish;
  • - ilmiy konferensiyalar haqida maʼlumot berish;
  • - innovatsion gʻoya va startaplarni roʻyxatdan oʻtkazishga koʻmaklashish;
  • - nomdor stipendiyalar haqida maʼlumot berish;
  • - ilmiy loyihalar toʻgʻrisida konsultatsiya berish;
  • - ustoz-shogird maktabiga aʼzo boʻlishga koʻmaklashish.

 

 Koʻrsatilishi zarur boʻlgan boshqa qoʻshimcha xizmatlar:

  • - talabalarga tibbiy sugʻurta olish uchun yordam berish;
  • - oʻqishga qabul va oʻqishni koʻchirish yuzasidan konsultatsiya berish;
  • - talabalarga ishga joylashish borasida tavsiyalar berish;
  • - talabalarga OTTda mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida maʼlumot berish.