Rishton Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori
Haydarov Sobitjon Hasanboyevich
Qabul vaqti:
Dushanba-Shanba 08:30-17:00
Telefon:
+99891 662-64-09
Elektron pochta:
rish.sttk-100@mail.ru
Rishton Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
TARIXI
2007 yil Rishton shaxrida “Rishton tibbiyot kolleji ” nomi bilan tashkil etilgan bilim yurti davlatimizning tibbiyot sohasida rivojlanishi uchun hissa qo’sha oladigan ko’plab kadrlarni yetishtirib chiqardi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6-sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to’g’risidagi”gi PQ-5812-sonli qarori ga asosan va Rishton Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga aylantirilgan. Manzili: Farg’ona viloyat Rishton shahri Amir temur ko’chasi 285-uy. Loyiha bo’yicha quvvati 970 o’ringa mo’ljallangan. Hozirgi kunda Rishton Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 970 nafar o’quvchi tahsil olmoqda. 5 yo’nalish: Hamshiralik ishi, Feldsher akusherlik ishi yo’nalishi, Farmatsiya, Feldsher laborantlik ishi, Tibbiy profilaktika ishi, yo’nalishlari faoliyat yuritmoqda.
MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLARI
Mamlakatimizning ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlariga javoban, Rishton tibbiyot texnikumi jamoasi bu sohadagi ishlarni tizimli tashkil etib kelmoqda, bu borada texnikumimizda yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan Rishton Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida ham bu borada munosib ishlar olib borilmoqda. Ta’lim muassasasida mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun” shiori ostida tadbir tashkillandi.
O'QUV VA O'QUV-METODIK ISHLARI
O’qitish har bir kurs va yo’nalishlar uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Kvalifikatsion xarakteristika; – Davlat ta`lim standarti;
– Namunaviy o’quv dasturi; – -Ishchi o’quv dasturi;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).
O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
Texnikumda barcha xonalarda smart televizor va kompyuterlar mavjud va internetga ulangan, bir necha Wi-fi zonalar mavjud. Mavzuga oid videolar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar, O’quv dasturiga asosan barcha yo’nalishlar uchun O’quv materiallari to’plami mavjud.
SIMULYATSION MARKAZ
Texnikum talabalarining nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash uchun tashkil etilgan bu markazda talabalar bemorlarni parvarishlash uchun zarur bo’lgan kompetensiyalarni shakllantirish imkoniyatiga egadirlar.
Texnikum kutubxonasi
Кutubxonada ingliz, o’zbek va rus tillaridagi 450 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud. Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.Bundan tashqari har bir modul bo’yicha texnikum o’qituvchilari tomonidan elektron darsliklar yaratilgan bo’lib,talabalar ushbu kutubxonada mavjud kompyuterlar orqali ushbu darsliklardan foydalanishlariva turli xildagi tibbiyiotga oid saytlarning rasmiy ma’lumotlari bilan tanishishlari mumkin.