1-sonli talabalar turar joyi — S.Axmad ko‘chasi, 57-uy manzilida joylashgan.


 2-sonli talabalar turar joyi — Ozodlik ko‘chasi, 10-uyda joylashgan.


Mazkur turar joylarda institutda tahsil olayotgan nafaqat O‘zbekiston talabalari, balki xorijlik talabalar ham istiqomat qilishmoqda. Hozirda bu yerda:

1 nafar — Amerika Qo‘shma Shtatlari,
1 nafar — Nigeriya,
2 nafar — Rossiya Federatsiyasi,
5 nafar — Tojikiston Respublikasi,
70 nafar — Pokiston Islom Respublikasi,
26 nafar — Hindiston Respublikasi,
1 nafar — Afg‘oniston,
28 nafar — Qirg‘iziston Respublikasi
fuqarolari tahsil olib, yashab kelmoqdalar. Shuningdek, qo‘shni viloyatlardan malaka oshirish uchun kelgan shifokorlar uchun ham qulay shart-sharoitlar yaratilgan.

Talabalar turar joylari zamonaviy talablarga mos tarzda ta’mirlanib, barcha qulayliklar bilan jihozlangan. «Ma’naviyat va ma’rifat» xonalari yumshoq va qattiq mebellar, gilamlar hamda zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlangan.

Har bir turar joyda institut kutubxonasining filiallari tashkil etilgan bo‘lib, ular 1000 dan ortiq ilmiy va o‘quv adabiyotlar bilan boyitilgan. Turar joyda yashovchi barcha talabalar ushbu kutubxonalarga a’zo hisoblanadi.

Madaniy hordiq uchun har bir qavatda televizorlar o‘rnatilgan, barcha xonalar esa yangi yumshoq mebellar bilan jihozlangan.

Talabalar uchun barcha qavatlarda yuvinish xonalari mavjud bo‘lib, ular issiq suv bilan ta’minlangan. Binolarda zamonaviy isitish tizimlari o‘rnatilgan, bu esa yil davomida qulay haroratni saqlash imkonini beradi.

Dars tayyorlash uchun turar joylarda so‘nggi rusumdagi kompyuterlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular yuqori tezlikdagi Wi-Fi internet tarmog‘iga ulanadi.

Umuman olganda, institut talabalar turar joylari — talabalarning ta’lim olishi, dam olishi va rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan maskanlardir.