Virtual qabulxona

+99873243-06-62

info@jcpmfjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi

Bosh sahifa

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI-sessiyasida ma’qullangan. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarash O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.

Mutal Burhonov musiqasi

Abdulla Oripov so‘zi

Serquyosh hur o‘lkam, elga baxt, najot,

Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon !

Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,

Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Naqarot:

Oltin bu vodiylar - jon O‘zbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor !

Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor !

Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,

Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot !

Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,

Xaqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod !

Naqarot:

Oltin bu vodiylar - jon O‘zbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor !

Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor !