Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

1-Marg‘ilon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

Bosh sahifa

1-Marg‘ilon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

person

Marg’ilon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori

Mamurov Saida’lo Abdurasulovich

Qabul vaqti:
 

Dushanba-Shanba 08:30-17:00

Telefon:
 

+998 91 123-86-80

Elektron pochta:
 

far-mshtk@markaz.uz

1-Marg‘ilon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

TARIXI


1964 yil  Marg’ilon shahrida “Marg’ilon shahar  tibbiyot  bilom yurti  nomi bilan tashkil etilgan      O’zbzekiston    Respublikasi  Oliy va  o’rta maxsus   ta’lim vazirligi .  O’rta   maxsus  ta’lim  markazining  2002-yil  30 -   noyabrdagi   327-sonli Farg’ona  viloyati  hokimligining    o’rta  maxsus   kasb- hunar  ta’limi  xududiy   boshqarmasining   2003 – yil 10sentyabrdagi 239-sonli buyrug’I bilan  Marg’ilon  tibbiyot  kolleji  maqomi  berilgan.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezdentining  2020-yil  7-apreldagi  “Tibbiy- sanitariya  sohasida   kadrlarni  tayyorlash  va uzluksiz   kasbiy  rivojlantirishning  mutlaqo  yangi tizimini   joriy  etish  chora –tadbirlari tog’risada”gi   PQ-4666- sonli qaroriga  asosan Marg’ilon Abu Ali Ibn Sino  nomidagi   jamoat  salomatligi texnikumiga aylantirilgan.  Texnikum  Marg’ilon shahar, Shifokorlar ko’chasi, 20 –uyda joylashgan. Texnikumning  ustavi ishlab chiqilib    Marg’ilon  shaxar  xokimi tomonida  tasdiqlanib ro’yxatdan o’tkazilgan. Taʼlim muassasasining binosi 1964-yilda qurilgan boʻlib, quvvati 2650 oʻrinli. Xudud yer maydoni – 14971 kv m2. 4 qavatli oʻquv bino, 2 qavatli yoʻldosh bino, 4 qavatli yotoqxonaning 1 qavatida maʼmuriyat va oʻquv xonalar joylashgan, 3 qavatli qoʻshimcha binoda innovatsion xonalar tashkil etilgan. Yotoqxona 100 oʻringa ega. Aloxida 654 kv sport zali mavjud. Bundan tashqari, 150 oʻrinli oshxona faoliyat yuritmoqda. 7 ta yangi innovatsion xonalar tashkillangan, Axborot kutubxona tashkil etilgan.  Texnikumda jami 101 ta, 56 nazariy, 28 ta amaliy oʻquv xonalari, 17 ta simulyatsiya xonalari mavjud. Hamshiralik ishi yoʻnalishi boʻyicha 6 ta, Farmatsiya yoʻnalishi boʻyicha 4 ta, Feldsher-akusherlik ishi yoʻnalishi boʻyicha 3 ta, Tibbiy profilaktika ishi yoʻnalishi boʻyicha 2 ta, Feldsher-laboratlik ishi yoʻnalishi boʻyicha 2 ta simulyatsion trening oʻquv zallari tashkil etilgan. 

MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLARI


Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni   tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan  chora-tadbirlarning  samaradorligini  oshirish, Prezidentimiz  Sh.M.Mirziyoyev tomonidan taklif etilgan “UCHINCHI RENESSANS” ya’ni milliy g’oya asosida texnikumda taxsil olayotgan o’quvchi yoshlarni turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etish orqali, erkin va farovon hayot barpo etish kabi  ulug’ maqsadlarimiz sari intilishga,  Vatan ravnaqi uchun katta hissa qo’sha oladigan  intelektual salohiyatli bo’lishga, qalbi va ongida  milliy, ma’naviy-ahloqiy  tarbiyani tarkib toptirish, halol, pok, bilimli, jaxon andozalariga javob bera oladigan yetuk, amaliy ko’nikmalarga ega mutaxassis bo’lishga, xalq hizmatida yurishga o’rgatish, vatan ravnaqi  hamda tarraqiyotiga hissa qo’shishga ongli va erkin mushohada qiliuvchi shaxs sifatida  shakilanishiga   alohida e’tibor qaratib kelinlmoqda. Jumladan, texnikum qoshida professional ta’lim tizimi transformatsiyasi asosida qo’shma ta’lim dasturlariga binoan tibbiyot hamshiralarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratilib, bu  borada  tizimli  ishlar  olib  borilmoqda.  Ta’lim  muassasasida “Tibbiyotda Nemis tili” to’garagi tashkil etilib, Xalqaro standartlarga mos tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashga e’tibor qaratilmoqda.To’garak mashg’ulotni sifat va samaradorligini nazorat qilish uchun Oliy ta’lim fan va inovatsiyalar vazirligi, Yoshlar agentligi, Farg’ona Jamoat salomatligi instituti tomonidan amaliy yordam ko’rsatib kelinmoqda.


O'QUV VA O'QUV-METODIK ISHLARI

Yo’nalishlar bo’yicha har bir kurslar uchun quyidagi hujjatlar asosida olib boriladi:

– Kvalifikatsion xarakteristika;

– Davlat ta`lim standarti;

– Namunaviy o’quv dasturi;

– Ishchi o’quv dasturi;

– Tasdiqlangan tashxis standartlari;

–  Zamonaviy ta’lim texnologiyalari, yangi avlod adabiyotlari, virtual laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar uchun zamonaviy jixozlar algoritmi.

O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:

Zamonaviy axborot va pedagok texnologiyalar asosida o’quv jarayonini tashkil etib olib boorish uchun texnikumda  53 ta kompyuterlar  internetga  ulangan,  2 ta  Wi -fi  zonalar, 16 ta inavatsion doskalar, 4 ta videoproektorlar, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va  amaliy  mashg’ulotlarning o’quv  dasturiga  asosan  barcha  yo’nalishlar  uchun 465 sonli buyrug’iga muvofiq  “O’quv materiallari to’plami ”  o’quv jarayoniga tadbiq etilgan.

Texnikum kutubxonasi:

Кutubxonada  ingliz,  o’zbek  va  rus  tillaridagi  20 000  dan  ortiq  o’quv  adabiyotlar mavjud.  Elektron  kutubxona  darslik,  atlaslar,  o’quv  qo’llanmalar,  o’quv -uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.