Magistrlik ilmiy ishining dastlabki ximoyasi ilmiy raxbari (ilmiy maslaxatchi), komissiya a’zolari ishtirokida kafedrada tashkil qilinadi.
  Dastlabki ximoyaga boshqa kafedradan mutaxasislar, shuningdek boshqa tashkilotlardan xam taklif qilinadi.
  Ilmiy konsultantdan dastlab ximoyadan oldin magistrlik ilmiy ishining xulosasi talab qilinadi.
  Magistratura talabalarida dastlabki ximoyadan oldin, ichki va tashki taqriz, ilmiy raxbar muloxazasi, ilmiy ish mavzusi buyicha ikkita maqola yoki tezislar talab qilinadi.
  Dastlabki ximoyaning xulosasi bayonnoma bilan kafedrada rasmiylashtiriladi.
  Ichki va tashqi taqriz beruvchilar oliy ta’lim muassasasining magistratura yunalishiga tegishli kafedralariga taklif qilinadi va ularning ro’yxati ilmiy ishlar bo’yicha rektor o’rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.


Takrizchining majburiyatiga kiradi:
 • Magistrlik ilmiy ishining aktualligi, ilmiy yangiligi va tugatilishini taqdim qilish;
 • Dastlabki ximoyadan 3-kun oldin taqrizni taqdim qilish;
 • Agar kasbga oid etika qoidalari buzilsa, taqrizda kursatiladi (kuchirmachilik, ma’lumotlarni soxtalashtirish, yolgon tekis parchalarini bayon qilish va boshkalar);
 • Magistrlik ilmiy ishi belgilangan talablarga javob bermasa, magistratura talabasi tomonidan kasbga oid etika qoidalari buzilsa (kuchirmachilik, ma’lumotlarni soxtalashtirish, yolgon tekis parchalarini bayon qilish va boshkalar), shuningdek takrizchi tomonidan qiska muddat ichida tugrilashning imkoni bulmasa, magistrlik ilmiy ishi ximoyaga quyilmasin deb xulosa beriladi.
  Magistrlik ilmiy ishi ximoyasi sanasi grafik asosida rasmiylashtiriladi va oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug’i bilan tasdiqlanadi.
  Magistrlik ilmiy ishi rasmiy ximoyasi, oliy ta’lim muassasasi davlat yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan utkaziladi.
  Magistratura talabalari magistrlik ilmiy ishining ximoyasi materiallarini prezentatsion kurinishda namoyish qilishi va vaqti 20-minutdan oshmasligi kerak.


Rasmiy ximoyada kamissiya a’zolari magistratura talabalarini quyidagi mezonlar asosida baxolaydi:
 • Magistrlik ilmiy ishining mavzusini aktualligini bilish va uning amaliyot bilan bog’lash.;
 • Magistratura talabalarining mustaqil uzi tekshirish va topshirikni echishiga yondoshish;
 • Statistik ma’lumotlarni, normativ -xukukiy xujjatlarni, ilmiy asarlarni, foydalanilgan ilmiy adabiyotlarni, shuningdek chet tilidagi adabiyotlarini chukur analiz qilish va umumlashtirish;
 • Amaliyotda tekshirish usullarini asosli qullash;
 • Tavsiyalarning amaliy axamiyatga ega bulishi, olingan natijalarga asoslanib ishlab chiqilgan bulishi;
 • Magistratura talabalari magistrlik ilmiy ishi ximoyasi doirasida o’tkazilgan tekshirishlar istiqboli va olingan ma’lumotlarni baxolash qobilyatiga ega bulishi lozim;
 • Magistrlik ilmiy ishining nazariy va amaliy qismidagi ma’lumotlarini bir biriga mantiqiy boglikligini kuzatib borish.
  Magistratura talabasi qonikarsiz baxo olganda yoki magistrlik ilmiy ishi rasmiy ximoyaga quyilmaganda, oxirgi 3-yil davomida ilmiy ishini kayta ximoyaga quyish xuquqiga ega.
  Magistrlik ilimiy ishlar rasmiy ximoya natijasi oliy ta’lim muassasasi ilmiy kengashida muxokama qilinadi.
  Oliy ta’lim muassasasida ximoya qilingan magistrlik ilmiy ishlari 3-yil davomida saqlanadi.