Xorijiy kafedra
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institut Rektori A.Sidikovning №244-sonli buyrug‘iga asosan 2021 yil 2 oktabr kuni Xorijiy kafedra tashkil etildi. Kafedra mudiri etib PhD Junaid Ali Shax tayinlandi. Junaid Ali Shax asli Pokiston Respublikasining fuqarosi bo‘lib, Pokistonda asosiy mutaxassislikka taxsil olgan, fan nomodlik dissertatsiyasini Xitoy davlatida yoqlagan. Yuksak tajriba va malakaga ega professor o‘zining boshqaruvidagi kafedra a’zolariga namuna bo‘lib ilmiy izlanishlar, ta’lim berish va shaffof baxolash to’g’risidagi xorijda orttirgan tajribalarini amaliyotga tadbiq etmoqda. “Xorijiy kafedra”ni tashkil qilishdan asosiy maqsad institutda tahsil olayotgan xorijiy talabalar uchun yanada qulay shart-sharoit yaratish, malakali va zamonaviy talablarga javob neradigan malakali kadrlar tayyorlash, proffessor o‘qituvchilar va talabalar uchun zamonaviy moddiy texnik bazaga hamda barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ko‘rkam o‘quv xonalar bilan ta‘minlash va shu orqali yanada ko‘proq xorijiy fuqarolarni o‘qishga jalb qilib Institutning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishdir. Shu maqsadda Farg‘ona shahrida joylashgan, Respublikada yagona bo’lgan “Bolalar poliklinikasi”binosining bir qismi zamonaviy talablarga mos holda jihozlanib, “Xorijiy” kafedra ixtiyoriga berildi. “Xorijiy Kafedra”da jami 22 nafar o‘qituvchi-professorlar 100 dan ortiq xorijiy talabalarga tibbiyot sirlaridan saboq bermoqdalar. Ulardan 6 nafari xorijdan, xususan Pokiston va Hindistondan kelgan yuqori malakali professor-o‘qituvchilar, qolgan mahalliy professor-o’qituvchilar ham o’z yo’nalishlarida yetuk mutaxassisdirlar. Barcha professor-o’qituvchilar xorijiy tilni yetarli bilish darajasini tasdiqlovchi Xalqaro Sertifikatlarga egalar. Xorijiy talabalar asosan Pokiston, Hindiston, AQSh, BAA, Saudiya Arabistoni, Rossiya Federatsiyasi, Afg‘oniston, Nigeriya, va boshqa davlatlaridan taxsil olish uchun kelganlar. Ular Xalqaro fakultetda “Xorijiy talabalar uchun Davolash ishi” yo’nalishida taxsil oladilar. Ushbu yo’nalishda O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta mahsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Tibbiyot kadrlarni tayyorlash Milliy dasturning o’quv rejalariga asosan o’quv mashg’ulotlari tashkil etilgan. Milliy dasturdagi “Davolash Ishi” fakultetida o’rganiladigan barcha fanlar bu talabalarga xorijiy (ingliz) tilida o’tiladi.