Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi

Bosh sahifa

Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi

person

Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig'i

Muradimova Alfiya Rashidovna

Qabul vaqti:
 

Dushanba-Shanba 08:30-16:00

Telefon:
 

+99891608-42-89

Elektron pochta:
 

baealfiyasarang@mail.ru

Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi

 

Bolim haqida

Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi institutning asosiy tarkibiy bo‘linmalaridan biri bo‘lib, u nizomga muvofiq ish olib boradi va o‘z faoliyatini institut Rektori va Ilmiy kengashning qarorlari va buyruqlari asosida tashkil etadi. Oxirgi yillarda ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim tizimda yangi maqsadlar va ko‘lamda namoyon bo‘la boshladi: bugungi kunda nafaqat yuqori texnologiyalarga asoslangan sanoat tarmoqlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, balki xizmatlar ko‘rsatish sohasi ham yuqori malakali mutaxassislarga ham ehtiyoj sezmoqda. Bo‘limning asosiy maqsadi – mamlakat ilm-fani taraqqiyotini yanada rivojlantirish maqsadida respublika iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishni yo‘lga qo‘yib, falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) larini tayyorlash orqali Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida ilmiy salohiyatni yuksaltirishdan iborat.

 

Ilmiy–tadqiqotlar innovatsiyalar va pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi vazifalari:

  • – institutning ilmiy faoliyatini kafedralar va bo‘limlar birga amalga oshirilishini tashkillashtirish;
  • -ilmiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishariga muvofiq grand dasturlari bo‘yicha bajarilayotgan ishlarni normativ-huquqiy va ilmiy-texnik jihatdan ta’minlash;
  • – fundamental, amaliy, innovasion tadqiqot ishlarini bajarish uchun Davlat dasturlari va xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va muvofiqlashtirish;
  • – kafedralar ilmiy salohiyatini oshirish, professor-o‘qituvchilarni ilmiy faoliyatga jalbetish;
  • – professor-o‘qituvchilar ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish va nazoratga olish;
  • – institut professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilarining ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini chop etish, monografiyalarni nashr etish, patent va mualliflik guvohnomalarini olishga ko‘maklashish va faoliyatni muvofiqlashtirish;
  • – institut professor-o‘qituvchilari va yosh olimlari ilmiy tadqiqot natijalarini institut, respublika, xalqaro nashrlarda chop etish, nufuzli xorijiy jurnallardagi nashr ishlarini ko‘paytirish;
  • – institut ilmiy faoliyatiga tegishli masalalar ko‘riladigan Kengashlarda ishtirok etish;
  • – institut professor-o‘qituvchilari ijodiy va ilmiy yutuqlarini mahalliy va xorijiy ko‘rgazmalar, yarmarkalar, ilmiy konferensiyalar, forumlar, simpoziumlar va ilmiy seminarlardagi ishtirokini ta’minlash;
  • – grand dasturlari, ilmiy tadqiqot ishlari va ilmiy loyihalar bo‘yicha ma’lumotlar, buyruqlar, qarorlar, modemogrammalar va boshqa hujjatlarni kafedralar, bo‘limlarga yetkazish;
  • – institut ilmiy faoliyati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar analitik ma’lumotlarini institut rahbariyati va Kengashiga kiritish va hisobotlarni tayyorlash;
  • – institutning grand dasturlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot faoliyati masalalariga tegishli buyruqlar, nizomlar va farmoyishlarni tayyorlash