Ijtimoiy fanlar kafedrasi

Farg‘ona universitet tarkibidagi “Tibbiyot Markazi” Toshkent davlat 2-tibbiyot institutining Farg‘ona filialiga aylantirilgan 1998-yili “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi nomi bilan ish boshlagan. TTA FF direktorining 2019-yil 18-avgustdagi 282- sonli buyrug‘i bilan kafedra “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi deb qayta nomlandi. Kafedrani 2019-yildan avgust oyidan boshlab falsafa fanlar nomzodi, dotsent N.Q.Mamadaliev boshqarib kelmoqda.
Kafedrada quyidagi fanlar o‘qitiladi:
Fargʼona universitet tarkibidagi “Tibbiyot Markazi” Toshkent davlat 2-tibbiyot institutining Fargʼona filialiga aylantirilgan 1998 yili “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi nomi bilan asoslandi. Tarix fanlari doktori, professor Qoʼrchi Toʼychiev rahbarligidagi (1998-2006y) ushbu kafedra 1 nafar professor, 1 nafar fan nomzodi va 2 nafar oʼqituvchi bilan ish boshlagan. 2005 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʼona filiali maqomini olgach, “Ijtimoiy-gumanitar fanlar va sport”, keyinchalik, “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar va sport” nomi bilan faoliyat koʼrsatib kelgan.
2015-2018-yillarda Mamadaliev Nemat Qaxorovich kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib borgan. 2018-2019-yillarda kafedra shatatlar qisqarishi hisobiga “Tillar va taʼlim texnologiyalari” kafedrasi bilan qoʼshilib “Ijtimoiy gumanitar fanlar” deb nomlanib kafedraga dotsent M.Kadirova rahbarlik qildi. 2019 yil sentyabrdan kafedra yana ajralib chiqib kafedraga N.Q.Mamadaliev mudir etib tayinlanib “Ijtimoiy gumanitar fanlar” nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgi vaqtda kafedrada 7 yoʼnalishda 5 ta fan oʼqitilib kelinmoqda. Bugungi kunda kafedrada faoliyat olib borayotgan 20 nafar professor oʼqituvchilarning 14 nafari asosiy shtatda (2 nafar fan doktori, 4 nafar fan nomzodi, dotsent va 8 nafar oʼqituvchi,) 6 nafar oʼrindosh (1 nafari fan doktori, professor, 5 nafari oʼqituvchi) va kabinet mudiri faoliyat koʼrsatmoqda. Jumladan, falsafa fanlari doktori Ro‘zmatzoda Qodirqul, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Mamadaliev Nemat Qaxorovich, iqtisod fanlari doktori, dotsent Xadjimuratov Abduqaxxor Abdumutalovich, Pedagogika fanlari doktori, professor Komilov Nodirbek Boqijonovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent Soliyev Ulugʼbek Аbdullayevich, falsafa fanlari nomzodlari, dotsent Sh.Xolmatov, katta o’qituvchi A.Yusupov, va oʼqituvchilar А.Egamnazarov, K.Qosimov, Sh.Umarov, M.Umarova, O‘.Maxmudov, U.Rustamov, R.Muxtorov, A.Qosimov, N.Shakirova va kabinet mudiri N.Ismoilovadir.

Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri. 1961-yil 18-yanvarda viloyatning Oltiariq tumani Poloson qishlog‘ida tug‘ilgan. 1984-yilda ToshDU (hozirgi O‘zMU)ning falsafa-iqtisod fakultetini tamomlagan va yo‘llanma bilan Farg‘ona politexnika instituti “Falsafa” kafedrasiga ishga yuborilgan. 1987-1990-yillarda ToshDU (hozirgi O‘zMU) aspiranturasida tahsil olib, 1990-yilda Falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. N.Mamadaliev turli yillarda Farg‘ona politexnika instituti “Falsafa” kafedrasi, Farg‘ona davlat universiteti “Falsafa va mantiq” kafedrasi, Oltiariq tumani Xamza shaxar hokimi o‘rinbosari, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasida (1999-2013 yillar, bojxona xizmati mayori) rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 2015-yildan Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqdi. N.Q.Mamadaliev Dinshunoslik asoslari darsligi (hammualliflikda), 5 ta o‘quv qo‘llanma (hammualliflikda), 8 ta uslubiy qo‘llanma, 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari (8 ta Scopus va imfak faktori yuqori xalqaro jurnallarda) muallifi.


Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti. 1953-yil 21-mayda Farg‘ona tumanidagi Chimyon qishlog‘ida kolxozchi dehqon oilasida tug‘ilgan. 1977-yili Farg‘ona davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyot fakultetini, 1982-yili shu institut sirtqi bo‘lim tarix fakultetini tamomlagan. 1985-1988-yillari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti Falsafa kafedrasi qoshidagi asperanturada o‘qigan. 1988-yil 19-aprelda shu institutning ixtisoslashgan ilmiy kengashida “Sotsialistik jamiyatda mehnat madaniyatning rivojlanish jarayoni dialektikasi ( ilmiy rahbar: f.f.d. prof A.S. Agaronyan) mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2016-2019-yillarda O‘zbekiston Milliy universitetining falsafa tarixi va mantiq kafedrasida mustaqil tadqiqotchi sifatida “Xojamnazar Huvaydo diniy-mistik qarashlarining XVII – XVIII asrlar Markaziy Osiyo tasavvufi rivojidagi o‘rni” mavzusidagi doktorlik disertatsiyasini yakunladi va O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Ixtisoslashgan kengashning 2020-yil 11-yanvardagi majlisida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqqiyatli himoya qildi. Q. Ro‘zmatzoda Falsafa, Sotsiologik fanlari bo‘yicha darslik, o‘quv qo‘llanmalari, 10 ga yaqin monografiya, 200 ga yaqin ilmiy maqolalar chop ettirgan.

“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti. 1958 yil 15 sentyabrda Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tug‘ilgan. Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan, ilmiy-pedagogik faoliyatini Farg‘ona davlat pedagogika institutida boshlagan. Sankt-Peterburgda aspirantura va doktoranturada tahsil olib, 1992 yilda nomzodlik, 1997 yilda doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. Farg‘ona davlat universitetida dotsent bo‘lib ishlagan, 2003–2005 yillarda kafedra mudiri vazifasini bajargan. 2021 yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasida dotsent. 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, “Yosh tadbirkor” to‘garagi rahbari, “Science and Innovation” jurnali tahririyat a’zosi.

Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi. 1981–1986 yillarda Toshkent davlat universiteti Tarix fakultetida tahsil olgan. 1986–1989 yillarda Oltiariq tumanidagi 1-umumta’lim maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 1989 yildan Farg‘ona davlat pedagogika instituti hamda 1989–2008 yillarda Farg‘ona davlat universitetida turli rahbarlik va pedagogik lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2008–2012 yillarda ishlab chiqarish va xo‘jalik yo‘nalishidagi korxonalarda direktor lavozimlarida ishlagan. 2012–2024 yillarda Farg‘ona politexnika institutida, 2013–2016 yillarda “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri vazifasini vaqtincha bajargan. 2022 yilda “Turkiston sarmoyadorlari” mavzusida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olgan. 30 dan ortiq maqola, 50 dan ortiq tezis, monografiya va o‘quv qo‘llanmalar muallifi.

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti. 1962 yilda Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. 1984 yilda Toshkent davlat universitetining Falsafa-iqtisod fakultetida falsafa yo‘nalishini tamomlagan.1984–1989 yillarda Farg‘ona politexnika institutining Falsafa kafedrasida assistent lavozimida ishlagan. 1989–1991 yillarda Toshkent davlat universiteti aspiranturasida tahsil olgan. 1992–2025 yillar davomida Farg‘ona davlat universitetida, Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg‘ona filialida hamda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filialida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, kafedra mudiri va boshqa turli rahbarlik lavozimlarida, shuningdek turli ta’lim muassasalarida rahbarlik vazifalarida faoliyat yuritgan. 2025 yil 3 sentyabrdan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat olib bormoqda. Xolmatov o‘zining ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 40 dan ortiq ilmiy maqola, 60 dan ortiq tezis, ko‘plab o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar, o‘quv qo‘llanmalar hamda darsliklarni chop ettirgan.


Umarova Musharraf Yunusaliyevna
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi. 1984 yil 23 oktyabrda Rishton tumanida tug‘ilgan. 2003–2008 yillarda Qo‘qon davlat pedagogika institutida, 2021–2023 yillarda Farg‘ona davlat universitetida tahsil olgan. 2005 yildan umumta’lim maktablari hamda akademik litseyda tarix fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 2023 yildan institutda faoliyat yuritadi. 10 dan ortiq ilmiy maqola va 20 ga yaqin tezis muallifi. Tarix fanlari doktori B. Usmonov rahbarligida dissertatsiya ustida ishlamoqda.
Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari
Xalqaro fakultet Ijtimoiy fanlar kafedrasida hozirda 14 nafar xodim asosiy shtatda faoliyat yuritadi. Kafedra o‘z faoliyatida nafaqat ta’lim-tarbiya jarayonini, balki ilmiy-tadqiqot ishlarini ham ustuvor yo‘nalish sifatida belgilagan. Kafedra a’zolari zamonaviy ijtimoiy, gumanitar, tarixiy hamda falsafiy masalalarni chuqur o‘rganish orqali jamiyat taraqqiyotiga ilmiy asosda hissa qo‘shib kelmoqda. Kafedraning barcha xodimlari kafedra va institut miqyosidagi ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etadi.
Ilmiy yo‘nalishlar: Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari quyidagi yo‘nalishlarda olib borilmoqda: yosh avlodni mustaqillik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash; yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish; zamonaviy tibbiyot fanining falsafiy muammolari; O‘zbekiston davlatchiligi tarixi va uning turli jihatlari; xorijiy talabalar uchun O‘zbekiston tarixi va madaniyatini o‘qitish metodikasi.
Nashrlar va ilmiy natijalar: Kafedra mudiri boshchiligida ilmiy-tadqiqot ishlariga alohida e’tibor qaratilib, professor-o‘qituvchilar muntazam ilmiy izlanishlar olib borib, o‘z bilim va salohiyatini oshirib kelmoqda. Ilmiy faoliyat natijasida kafedra a’zolari tomonidan har yili o‘nlab ilmiy maqolalar respublika hamda xorijiy jurnallarda chop etilmoqda. So‘nggi 5 yil davomida kafedra xodimlari tomonidan 350 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan bo‘lib, jumladan: 7 ta o‘quv qo‘llanma, 6 ta monografiya, 30 ta elektron dastur yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 80 dan ortiq ilmiy maqola shuningdek, 5 ga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanma va uslubiy tavsiyanomalar Nashr etilgan o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlar tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun qo‘shimcha manba sifatida foydalanilmoqda.


Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Ijtimoiy fanlar kafedrasi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi. Kafedra xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish orqali professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, talabalarning bilim doirasini kengaytirish va ta’lim jarayonini xalqaro standartlarga yaqinlashtirishni maqsad qilgan.
Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari
-
xorijiy universitetlar bilan qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish;
-
akademik almashinuv dasturlari orqali o‘qituvchilar malakasini oshirish;
-
kafedra a’zolarining xalqaro konferensiya va seminarlarda faol ishtirokini ta’minlash;
-
ilmiy maqolalarni xorijiy nufuzli jurnallarda chop etish;
-
xalqaro tashkilotlar bilan ta’lim loyihalarini amalga oshirish.
Bugungi kunda kafedra Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya hamda Yevropa mamlakatlaridagi oliy ta’lim muassasalari bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Ushbu hamkorlik talabalarga xalqaro tajriba asosida ta’lim berish, fanlararo tadqiqotlarni rivojlantirish va ijtimoiy fanlar yo‘nalishida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qilmoqda.

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati “Yosh tarixchi” nomli talabalar ilmiy to‘garagi orqali yo‘lga qo‘yilgan. To‘garak faoliyati tarixiy mavzularda suhbatlar, tarixiy shaxslar hayoti va faoliyati, mustaqil ilmiy izlanishlar olib borish va ilmiy-amaliy konfrensiyalarda ishtirok etish,tarixiy sanalarni nishonlashda faol ishtirok etish va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish orqali olib boriladi. To‘garak faoliyati tarix qiziquvchi barcha talabalarni o‘z ichiga oladi. A’zolar o‘z yutuqlari bilan rag‘batlantirilib, kafedra bilan hamkorlikda faol ilmiy muhitda ishlashmoqda.





Русский
English