Bitiruvchilar
Bitiruvchilar ro‘yxati viloyatlar kesimida tayyorlanib, hududiy Sog‘liqni saqlash boshqarmalariga yuboriladi va ulardan har bir bitiruvchini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida kafolatlangan talabnomalar olinib “Buyurtmalar portfeli” yaratiladi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 sentyabrdan “Tibbiyot kadrlarini tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 769-sonli Qaroriga asosan, Davlat granti asosida o‘qigan bitiruvchilar uchun 4 tomonlama va to‘lov-kontrakt asosida o‘qigan bitiruvchilar uchun 3 tomonlama shartnomalarni rasmiylashtiriladi.
Aprel oyining oxiri va may oyining boshlarida bitiruvchilarni ish beruvchilar korxona va tashkilotlar ya’ni sog‘liqni saqlash boshqarmalari raxbarlari, tuman tibbiyot birlashmalari raxbarlari va boshqa ish beruvchilar bilan birgalikda Yakuniy taqsimot o‘tkaziladi. YDA so‘ng davlat granti asosida tugatgan bitiruvchilarga diplomdan ko‘chirma, taqsimot komissiyasi qaroridan ko‘chirma, shaxsiy taqsimot qaydnomasi va ishga yo‘llanma beriladi. To‘lov-kontrakt asosida tugatgan bitiruvchilarga diplom va ishga yo‘llanma beriladi. Bitiruvchilar o`qishni tugatgan yildan boshlab 3 yilgacha ularni ishga joylashish monitoringi muntazam ravishda institut tomonidan o‘tkazib boriladi.
2021/2022 oʻquv yilida Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutini BITIRUVCHILARNING SHARTNOMALAR ASOSIDA ISHGA TAVSIYA ETILISHI QAYDNOMASI (toʻlov-kontrakt asosida bitiruvchilar) Ushbu sahifani ko'rish faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilarga ruxsat etilgan