Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Xorijiy abiturient

Bosh sahifa

Xorijiy abiturient

Xorijiy abiturient

1. Normativ-huquqiy asos

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-iyundagi 517-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibi to‘g‘risidagi nizom” asosida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga xorijiy fuqarolar institut tomonidan belgilangan tartibda suhbat natijalariga ko‘ra qabul qilinadi.


2. Xorijiy fuqarolardan talab qilinadigan hujjatlar

Xorijiy fuqarolarning hujjatlari institut qabul komissiyasi tomonidan quyidagi tartibda qabul qilinadi:

  1. Rektor nomiga ariza (I.Sh., fuqaroligi va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan holda);

  2. Milliy pasport nusxasi;

  3. O‘zbekistonda vaqtincha yashash guvohnomasi nusxasi (agar mavjud bo‘lsa);

  4. Umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi haqidagi shahodatnoma/diplom/sertifikatning o‘zbek yoki rus tiliga tarjima qilingan va notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi;

  5. Tibbiy ma’lumotnoma (086-shakl);

  6. Fotosurat (3,5×4,5 sm) – 6 dona.

Hujjatlar faqat milliy pasport asosida qabul qilinadi. Agar xorijiy fuqaro O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lsa, pasport nusxasi bilan birga ushbu guvohnoma nusxasi ham topshiriladi.


2.1.Ta’lim yo‘nalishlari:

Davolash ishi 

Farmatsiya 

Stomatologiya 

Pediatriya 


3. Xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish tartibi

Xorijiy fuqarolar faqat to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinadilar.

To‘lov miqdori xorijiy fuqarolar uchun belgilangan stavkaga muvofiq amalga oshiriladi.

To‘lovlar chet el valyutasi ekvivalentida, Markaziy bank tomonidan to‘lov kunidagi kurs asosida milliy valyutada to‘lanadi.

To‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi bank to‘lov topshiriqnomasi yoki kvitansiya, shuningdek, chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlash sertifikati topshirilishi shart.
 Elektron manzil / Электронный адрес: fmiophadmission@mail.ru


4. O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega xorijiy fuqarolar

Bunday shaxslar ham o‘qishga to‘lov-shartnoma asosida qabul qilinadilar.

Ular ham to‘lovlarni chet el valyutasi ekvivalentida milliy valyutada amalga oshiradilar.

Ulardan chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlash sertifikati talab qilinmaydi.


5. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy maqomi

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga muvofiq:

O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan va “Fuqaroligi yo‘q shaxs uchun O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi”ga ega bo‘lgan shaxslar xorijiy fuqaro hisoblanmaydi.

Ular hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan umumiy tartibda topshiradilar.

O‘qish uchun to‘lovlar ham fuqarolar uchun belgilangan miqdorda va milliy valyutada amalga oshiriladi.