Virtual qabulxona

(0373) 245-59-07 (0595) 400-01-14

info@fjsti.uz

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Umumiy xirurgiya kafedrasi

Bosh sahifa

Umumiy xirurgiya kafedrasi

Umumiy xirurgiya kafedrasi

Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining  2022-yil № 1 sonli bayyonnomasiga asosan  Farg‘ona shahar 2- son shifoxonasi klinik bazasida Umumiy xirurgiya kafedrasi qayta tashkil etildi.
Kafedrada bakalavriyat ta’limi bo‘yicha Qo‘shma va mahalliy ta’lim yo‘nalishlariga:
  1. Umumiy xirurgiya
  2. Xirurgik kasalliklar
  3. Oftalmologiya
  4. Bolalar xirurgiyasi,
  5. Tibbiyot  kasbiga kirish fanlaridan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.
Kafedrada bakalavriatura, klinik ordinatura (rezidentura),  magistratura yo‘nalishlarining:
  1. Umumiy xirurgiya
  2. Anestizologiya va reanimatsita,
  3. Oftalmologiya
Ihtisosligi bo‘yicha fanlari o‘qitiladi.
Jamoa tibbiyot fanlari doktori ,professor Mirzayev Baxtiyor Burxonovichning rahbarligida faoliyat yurgizmoqda.
 
 
Mirzayev Baxtiyor Burxanovich 1975–1981 Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi 1981–1982 yy. Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmasi vrach-internasi. 1982–1987 yy.– Marg‘ilon shahar 1-sonli shifoxona vrachi- jarroxi. 1987–1990 yy.   – Moskva Fanlar Akademiyasi Yurak – qon tomirlari jarroxlik ilmiy markazining aspiranti. 1990–1991 yy. – Marg‘ilon shahar markaziy shifoxonasi Tashkiliy uslubiy bo‘limi   mudiri,jarroxlik bo’limi- jarroxi 1991–1992 yy. – Farg‘ona viloyat shifoxonasi jarroxlik bo‘limi vrachi- jarroxi. 1993–1998 yy. – Farg‘ona davlat universiteti Tibbiyot markazi Jarroxlik kafedrasi  assistenti, jarroxlik bo`limi – jarroxi. 1998–2001 yy. – Toshkent 2-tibbiyot instituti Gospital va fakultativ jarroxlik  kafedrasining maqsadli doktoranti. 2001–2017 yy. – Toshkent 2-tibbiyot instituti Farg‘ona filiali ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i, jarroxlik kafedrasi mudiri, Viloyat sanaviatsiyasi jarroxi.2018 - 2019 yy.–Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali Jarroxlik kasalliklari kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda. Fargona shaxar 2- shifoxonasi jarroxi. 2020 yildan – Fargona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Jarroxlik kafedrasida kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 
Хaydarov Nodirjon Sovridinovich 2022-yildan «Umumiy xirurgiya» kafedrasida assistent 1988-yil Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida tug‘ilgan.2009-yil Andijon Davlat Tibbiyot oliygohiga o‘qishga kirgan.2016-yil oliygohni bakalavr darajasini tugatib, Farg‘ona shaxar 5-oilaviy poliklinikasida umumiy amaliyot shifokori sifatida ishga qabul qilingan. 2016- yil Andijon Davlat Tibbiyot oliygohiga «Bolalar xirurgiya»  magistratura yo‘nalishiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan.2019-yil “Bolalarda ko‘krak qafasi girdobsimon defarmatsiyasida torakoplastika operatsiyasidan keyin yurak-qon tomir sistemasidagi o‘zgarishlar “ mavzusida magistrlik dissertatsiyasini muvofaqiyatli ximoya qilib magistraturani tamomlagan.2020-yil  2-sentyabrdan boshlab Toshkent  Tibbiyot Akademiyasi Farg‘ona filialining «Pediatriya» kafedrasiga assistent lavozimiga ishga qabul qilindi. 2022 yildan Umumiy xirurgiya  kafedrasida assistenti lavozimida ishlab kelmoqda. Kafedra manaviyat va marifat ishlari bo‘yicha masul. Xaydarov N.S.   Umumiy xirurgiya  kafedrasida assistenti Bolalar xirurgiyasi fanidan talabalarga klinik ta’lim berib kelmoqda . Assistent sifatida institut miqyosida o‘tkazilan ilmiy anjumanlarida, ma’ruzalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Xozirda TPI.Gospital bolalar xirurgiyasi dotsenti,tibbiyot fanlari doktori Sattorov J.B. raxbarligida “Bolalarda qorin bo‘shlig‘i bitishmali kasalligini davolashda va proflaktikasiga kompliks yondashu” mavzusida PhD ilmiy ish olib bormoqda.N.S.Xaydarov  25 ta ilmiy maqola 30 ta tezis, 5 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma  muallifidir. Telefon raqami:+998901662233 Elektron pochta: nodirxaydarov6@mail.com
 
Kodirova Gulnoza Ravshanovna 1983-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 2008-yilda Andijon Davlat Tibbiyot Instituti davolash fakultetini  tamomlagan. Mehnat faoliyatini Oltiariq tumani" Yangiqo‘rg‘on " KVPsida umumiy amaliyot  shifokori vazifasidan boshlagan. Farg‘ona shaxar Oq-arik KVPda umumiy amaliyot shifokori. 2011-2012y - Quvasoy shahar Markaziy poliklinikasi vrach koordinatori 2012-2015y - Quvasoy Shahar tibbiyot birlashmasi tugruk-akusher-ginekolog. 2015-2016y-Farg‘ona shahar 5-sonli oilaviy poliklinikasi bulim mudiri 2016-2018y-Farg‘ona shahar 5-sonli oilaviy poliklinikasi bosch vrah urinbosari. 2018-2019y Rossiya Federatsiyasi Omsk shahar tibbiyot Akademiyasi gospital xirurgiya yonalishida klinik ordinator bo‘lib o‘qidi. 2019- 2020 y-TTA gospital xirurgiya yonalishida klinik ordinator. 2020 -2021 y Farg‘ona Jamoat Salomatligi Instituti (FJSI)  epidemiologiya va yuqumli kasalliklar kafedrasi assistenti 2021y-FJSTI xirurgik kasalliklar kafedrasi assistenti. 2022y Farg‘ona Jamoat Salomatligi Instituti (FJSI) Umumiy xirurgiya kafedrasi assistenti sifatida institut miqyosida o‘tkazilan ilmiy anjumanlarida, ma’ruzalarda va institut tamonidan tashkil etilgan tibbiy ko‘riklarda  faol ishtirok etib, kelmoqda va institutdagi xorijiy fakultet talabalariga klinik fanlardan rus tilida ta’lim berib kelmoqda.   Xozirda Kodirova Gulnoza Ravshanovna  xirurgik kasalliklarni tashxislash, davolash va profilaktik chora tadbirlarni amalga oshirishda o‘zining bilim va amaliy ko‘nikmalirini qo‘llamoqda, shu bilan birgalikda kasallik tarixi va boshqa tibbiy xujjatlarni to‘g‘ri to‘ldirish kabi bir qator ishlarni amalga oshirmoqda. Xorirda 20 dan ortiq ilmiy maqola ,50 dan ortiq tezis mualiffidir. Telefon raqami:+998911088305  Elektron pochta: kadirovagulnoza@mail.com
Xolmatova Yoqutxon Ne’mattillaevna 2022-yildan  «Umumiy xirurgiya» Kafedrasi assistenti 1972-yil Farg`ona viloyat.Oxunboboev tumanida tug`ilgan. 1989-1995 y. - Andijon Davlat Tibbiyot instituti  talabasi 1995-1996  yilgacha Farg‘ona viloyati ko‘z kasalliklari dispanserida  internatura bazasida tayyorgarlik o‘tkazdi.1996 yil bolalar oftalmologi mutaxassisligi berildi. 1996 yildan Marg‘ilon 1-sonli bolalar poliklinikasi  bolalar oftalmologi lavomizimida faoliyat olib bordi.2004-2006-yil Farg‘ona tayanch tibbiyot kolleji oftalmologiya fani o‘qituvchisi.2006-2008y-“Xirurgik kasalliklar “-kafedrasi mudiri.2010-2017y. ”Xamshiralik ishi “ yo‘nalishi bo‘limi boshlig‘i. 2018-2020y.Amaliyot bo‘yicha direktor o‘rinbosari. 2020-yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali Pediatriya kafedrasi assistenti. 2022-yil sentyabr oyidan Umumiy xirurgiya kafedrasi assistenti lavozimida talabalarga oftalmologiya fanidan amaliy va nazariy darslar olib bormoqda.Xozirda o‘quv ishlari bo‘yicha kafedra mudiri o‘rinbosari lavozimida mexnat qilmoqda. Xolmatova Yoqutxon Ne’mattillayevna 20 dan ortiq maqola ,50 ortiq tezislar mualifi xisoblanadi. Telefon nomer : +998911162846 Elektron pochta: yokutxonxolmatova@mail.com