Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Oʻqishni koʻchirish-2024

Oʻqishni koʻchirish 2024 yilning 15- iyul sanasidan boshlandi!

Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan OTMlari, Respublikadagi xususiy va xorijiy OTM filiallaridan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.

Oʻqishni koʻchirish uchun arizalar 2024 yilning 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi. 

Kerakli hujjatlar:

— ariza;
— reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxasi;
— Akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).

Imtihonlar test (alohida iqtidor talab etiladigan ta'lim yoʻnalishlari uchun mutaxassislik fanlaridan kasbiy-ijodiy) shaklida bo'lib o‘tadi. Maxsus sinov natijasi davlat komissiyasiga taqdim etiladi va fuqaro davlat komissiyasi qarori bilan ko‘rsatilgan o‘quv shakliga to‘lov-kontrakt asosida ko‘chiriladi.

OTMlarning magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini davlat OTMlariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmaydi. 

Qabul komissiyasi joylashgan o‘rni

Manzil: Farg`ona viloyati, Farg‘ona shahar, Ozodlik ko‘chasi 10a -uy

Qabul telefon raqamlari :   +998 (95) 202-23-45

                                  +998 (95) 302-23-45

                                  +998 (95) 402-23-45

                                  +998 (95) 404-23-45 

                                  +998(95)-848-73-53

Elektron pochta manzili: info@fjsti.uzfmioz@mail.ru 

Talabalar o‘qishini quyidagi oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni onlayn qabul qilish boshlandi:

xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan);

O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan;

xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining O‘zbekistondagi filiallaridan;

Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish 15 iyuldan 5 avgustga qadar my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat)” https://my.uzbmb.uz bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

Bunda talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat OTMlarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

Izoh: O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining transfer.edu.uz sayti orqali qabul qilinadi.