Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar, hamshiralik ishi kafedrasi

Bosh sahifa

Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar, hamshiralik ishi kafedrasi

Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar, hamshiralik ishi kafedrasi


KAFEDRA TARIXI

“Epidemiologiya mikrobiologiya va  yuqumli  kasalliklar” kafedrasi 1994-yilda tashkil topdi. Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar kafedrasi “Tibbiyot markazi” qoshida Farg‘ona davlat  universiteti ilmiy kengashining 1993-yil 29-sentyabrdagi 110-sonli qarori va universitet rektorining 1994-yil 12 dekabr 512-L buyrug‘iga asosan tashkil etilib, unga 1994 – 1997-yillarda tibbiyot fanlari doktori, professor K.M.Mirzayev mudirlik qildi.


1934 - 2013

Professor Komil Mirzayevich Mirzayev

Tibbiyot fakulteti tibbiyot markazi sifatida 1992-yil 1-sentyabrdan u paytda, direktor (prorektor) sifatida ham  K.M.Mirzayev faoliyat olib borgan. Kafedrada “Epidemiologiya, xarbiy epidemiologiya”, “Mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya”, “Bakteriologiya”, “Yuqumli kasalliklar”, “Yuqumli kasalliklarda xamshiralik ishi”, “Klinik epidemiologiya”, “Infeksion nazorat”kabi fanlardan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borilgan. Komil Mirzayevich Mirzayevning bevosita rahbarligida ko‘plab fan doktorlari va nomzodlari tayyorlangan. Uning ilmiy tadqiqotlari 3 ta monografiya, 500 dan ortiq ilmiy maqolalarda o‘z aksini topgan. U 30 ta uslubiy tavsiyanoma, 4 ta ixtiro va 36 ta ratsionalizatorlik takliflari muallifidir.

Ko‘p yillik samarali va halol mehnatlari uchun U “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan shifokor” faxriy unvoni, “Hurmat belgisi” ordeni, “Sog‘liqni saqlash a’lochisi”, “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari hamda medallar bilan mukofotlangan. 


Tibbiyot fanlari nomzodi, dots.nt Rasulov Fozil Xasanovich

F.X.Rasulov Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali maqomida “Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar” kafedrasining katta o‘qituvchisi, 2005-yildan dots.nt lavozimiga erishdi. 1997 – 1999-yillar, 2006-2012-yilning noyabr oyigacha kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 15-yilligi” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘lgan. F.X.Rasulov 1 ta monografiya, 1 ta darslik, 3 ta mualliflik guvohnomasi, 4 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 55 ta ilmiy maqolaning muallifidir. Hozirgi kunda “Izucheniye immunogeneza i nekotorix fiziologicheskix pokazateley immunogeneza u jivotnix s razlichnoy rezistentnostyu k gipoksii i tipom atsetilirovaniya pri vtorichnix immunodefitsitax i puti ix korreksii” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. Mirobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi mudiri.


2000 – 2006-yillarda esa tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent I.M.Yakubov kafedra mudiri bo‘lib faoliyat olib borgan.

1944 - 2006

Tibbiyot fanlari nomzodi Yakubov Ilya Mixaylovich

I.M.Yakubov 1967-yil Toshkent Davlat tibbiyot institutini sanitariya gigiyena fakultetini tamomlab, 1967-1968-yillar davomida virusologiya kafedrasida ishlagan. 1992-yilda epidemiologiya mutaxassisligi bo‘yicha «Qizamiq kasalligini epidemiologik ahamiyati va immunitetga ta’sirini baholash» bo‘yicha nomzodlik disertatsiyasini himoya qilgan.


Kafedraga 2012-2015-yillarda tibbiyot fanlari nomzodi  V.O.Yakubov mudirlik qildi.

Tibbiyot fanlari nomzodi Yakubov Voxidjon Oxunjonovich

V.O.Yakubov “Mikst gepatit V+Sning klinik-immunologik xususiyatlari va ulardagi interferonogenez o‘zgarishlar” mavzusi bo‘yicha 2006-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2012-2015-yillarda V.O. Yakubov “Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar” kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 2013-yil O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash a’lochisi ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan, 2014-yil yuqumli kasalliklar mutaxassisligi bo‘yicha oliy toifali shifokor darajasiga erishgan. V.O. Yakubov 20 ta ilmiy maqola, 4 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 ta ratsionalizatorlik guvohnomasi (2012-yil) muallifi. Hozirgi kunda “Mikst gepatit V+Sning klinik-immunologik xususiyatlari va ulardagi interferonogenez o‘zgarishlar” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. Marg‘ilon shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh vrachi, kafedradagi pedagogik faoliyat bilan uyg‘unlikda olib borilmoqda.


Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialning 2020-yil 18-avgustdagi №-282 sonli buyrug‘i bilan Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar kafedrasi tashkil etildi. Kafedra 2-uquv binosiga joylashgan.


Dotsent Muxidinova Shoira Baxramovna

2016-yildan 2022-yilgacha kafedra mudirligi vazifasini bajargan. Sh.B.Muxidinova 50 dan ortiq  ilmiy maqola, 20dan ortiq  o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1ta monagrafiya, 1ta elektron darslik, 1 ta darslik,  Epidemiologiya fanidan darslikning «Epidemik jarayon» bo‘limining muallifi.  Modul kredit tizimida ta’lim berish talabiga asosan kafedrada “Epidemiologik kasalliklar va immunoprofilaktika” fani hamda “Karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar” fanlarini tanlov fan sifatida o‘quv jarayoniga tadbiq etgan. Hozirgi kunda “Lyambliozning maxsus profilaktik tadbirlarga ta’siri” mavzusida ilmiy izlanishlarni olib bormoqda.

Boltaboyev Ulug‘bek Abdusalimovich

Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.

2022-yildan xozirgi vaqtga qadar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlab kelmoqda. 2019-yilda U.Boltaboyev  tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 2023-yilda dotsentlik ilmiy unvonini olgan.  Hozirda Boltaboyev Ulug‘bek Abdusalimovich  FJSTI O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor va kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.


Kafedrada quyidagi fanlar o‘qitiladi:

  1. Epidemiologiya, harbiy epidemiologiya
  2. Epidemiologiya
  3. Yuqumli kasalliklar
  4. Bolalar yuqumli kasalliklari
  5. Karanin va o‘ta xavfli kasalliklar
  6. Epidemiologik vaziyatlar va immunoprofilaktika
  7. Hamshiralik ishi
  8. Hamshiralik ishida boshqaruv
  9. Tibbiy psixologiya
  10. Asab kasalliklarida hamshiralik ishi
  11. Endokrinologiyada hamshiralik ishi
  12. Akusherlik va ginekologiyada hamshiralik ishi
  13. Pediatriyada hamshiralik ishi
  14. Neonatologiyada hamshiralik ishi
 
Boltaboyev Ulug‘bek Abdusalimovich - tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent,
 
“Epidemiologiya va yuqmli kasalliklar, hamshiralik ishi kafedrasi” mudiri. U. Boltaboyev 1999–2002-yillarda Toshkent davlat 2-tibbiyot institutining maqsadli aspiranturasida tahsil olgan. 2002-yildan Toshkent davlat 2-tibbiyot instituti Farg‘ona filialida assistent, 2003-yildan katta o‘qituvchi, 2007–2013-yillarda o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. 2013–2018-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali kommunal va mehnat gigiyenasi kafedrasida katta o‘qituvchi bo‘lib ishlagan, 2014–2015-yillarda o‘rindoshlik asosida O‘quv va marketing bo‘limi boshlig‘i, 2015–2016-yillarda “Tibbiy-profilaktika ishi” fakulteti dekani vazifasini bajargan. 2017-yildan monitoring va ichki nazorat guruhi rahbari, 2018–2021-yillarda dekan o‘rinbosari, 2021–2022-yillarda FJSTI o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i, 2022-yilda Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti dekani, 2022-yildan hozirgacha FJSTI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimlarida faoliyat olib bormoqda. 2019-yilda tibbiyot fanlari bo‘yicha PhD dissertatsiyasini himoya qilgan va dotsent ilmiy unvonini olgan. “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” hamda “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.

Muhitdinova Shoira Baxramovna 

1999–2002-yillarda Toshkent davlat 2-tibbiyot institutining maqsadli aspiranturasida tahsil olgan. 2003-yilda Farg‘ona IIB tibbiyot poliklinikasida laboratoriya mudiri lavozimida ishlagan. 2003–2007-yillarda Toshkent davlat 2-tibbiyot institutining Farg‘ona filiali epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar kafedrasida assistent, 2007–2016-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali shu kafedrada katta o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritgan. 2016–2020-yillarda Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-maydagi Farmoniga muvofiq ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30-yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan. Mehnat faoliyati davomida 3 ta darslik (jumladan 1 ta elektron darslik), 1 ta monografiya, 2 ta o‘quv qo‘llanma muallifi sifatida nashrlar tayyorlagan. Shuningdek, 2 ta tanlov fan muallifi. Hozirga qadar 50 dan ortiq respublika va xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalari, shuningdek xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida maqola hamda tezislari chop etilgan.


   

 Abduganiyeva Arofat Yermaxamatovna

Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar, hamshiralik ishi” kafedrasi katta o‘qituvchisi. 1977-yil 13-sentyabrda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2000-yil Toshkent 2-tibbiyot institutining farg‘ona filialini tamomlagan. 2000 yildan kommunal va mehnat gigiyenasi kafedrasida o‘z mehnat faoliyatini boshlagan. Ish faoliyati davomida 1 ta darslik 1 ta monografiya, 1 ta o‘quv qo‘llanma yaratgan va nashr ettirgan. Kafedraning Ozarbayjon medisina universiteti bilan hamkorlik aloqalarini olib borishda faol ishtirok etib kelmoqda. Hozirgi kunga qadar 40 dan ortiq xorijiy va respublika jurnallarida maqolalar, xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida maqola va tezislar muallifi. Xorijiy talabalarga Epidemiology fanidan dars mashg‘ulotlarini olib boradi.


  

Madaminov Faxriddin Axmadovich

PhD, vrach-infeksionist.

Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar, hamshiralik ishi” kafedrasi  dotsenti. 1988-yil 3-fevralda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 2013 yil Аndijon Davlat tibbiyot institutining Pediatriya fakultetini, 2016 yil Yuqumli kasallilar mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. Maʼlumoti bo‘yicha Mutaxassisligi: vrach-infeksionist. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2016 yildan boshlab faoliyat olib boradi, dastlab kafedra assistenti, kafedra katta o‘qituvchisi va hozirda “Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar, hamshiralik ishi” kafedrasi v.b. dotsenti vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda. F.A. Madaminov, ilmiy–pedagogik faoliyat bo‘yicha qariyib 10 yil, shu bilan birga amaliy tibbiyotda 13 yillik tajribaga ega bo‘lgan vrach-infeksionist. 2024-yilda “Farg‘ona viloyati sharoitida COVID 19 assotsirlangan o‘pkaning sapergillyozi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. U o‘zining faoliyati davomida 20 dan ortiq maqolalar, 40 dan ortiq tezislar, monografiya va ko‘plab o‘quv qo‘llanmalar chop ettirgan.


Ruzibaeva Yorkinoy Ravshanovna

 “Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar, hamshiralik ishi” kafedrasining katta o‘qituvchisi. 1976 yilda Osh viloyati Kizil-kiya shahrida tug‘ilgan. 1993-1999 yillar davomida  2-Toshkent davlat tibbiyot instituti talabasi bo‘lgan. 1999-2001 yy. -Viloyat perinatal markazi vrach-laborantilavozimida faoliyat yuritgan.  2003-2005 yy. - Buxoro viloyati Romitan tumani "Qizilravot" qishloq vrachlik punkti vrach-laboranti bo‘lgan. 2010 y.-2021 y. - Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi vrach-epidemiologi lavozimida ishlagan. 2021y. yanvar-avgust oyi - Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya” kafedrasi assistenti,  2021y sentyabr oyi - va  h.v. - Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar, xamshiralik ishi” kafedra assistenti va 2025 yildan buyon kafedra katta o‘qituvchisi bo‘lib ishlab kelmoqda. 2021 yil fevral oyida Rossiya federatsiyasi Kursk shaxridagi KDTUda on-layn tarzda malaka oshirgan. 2021 yil noyabr oyida institut tomonidan Belorussiya davlatida BMTUda stajirovka o‘tab kelgan.Uning ilmiy faoliyati farg‘ona viloyatida ko‘krak bezi saratonining profilaktikasini optimizatsiya qilishga qaratilgan. U o‘zining faoliyati davomida 30 dan ortiq maqolalar, 40 dan ortiq tezislar, 3ta o‘quv qo‘llanmalar chop ettirgan.


  

Mirzojonov Azimjon Dadajonovich 

vrach-infeksionist. Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar, hamshiralik ishi” kafedra assistenti. 1967-yil 1-yanvarda Farg‘ona viloyati, Farg’ona tumanida tug‘ilgan. 1994- yil Toshkent Davlat  2-tibbiyot institutining Sanitariya va epidemiologiya fakultetini tamomlagan. 1994-1995-yillarda Farg‘ona shaxar Yuqumli kasalliklar yo‘nalishi bo‘yicha internaturasini tugatgan. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: vrach-infeksionist. Mirzojonov A.D. 1995–1998-yillarda Farg‘ona tumani markaziy shifoxonasida BTMP vrach-infeksionisti, 1998–1999-yillarda Ibn Sino nomidagi oromgoh vrachi, 1999–2025-yillarda esa Farg‘ona tumani tibbiyot birlashmasi Yuqumli kasalliklar bo‘limida davolovchi shifokor lavozimlarida faoliyat yuritgan. U yuqumli kasalliklar yo‘nalishi bo‘yicha oliy toifali shifokor va tajribali pedagog bo‘lib, 2025-yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida assistent lavozimida ishlamoqda. 35 yildan ortiq mehnat faoliyati davomida u sog‘liqni saqlash tizimida fidokorona xizmat qilib kelayotgan yetuk mutaxassis sifatida e’tirof etiladi. Uning ilmiy izlanishlari asosan brutsellyoz kasalligining epidemiologiyasi, klinik kechishi, diagnostikasi va oldini olish masalalariga bag‘ishlangan. Ko‘p yillik amaliy tajriba va chuqur nazariy bilim uyg‘unligi Mirzojonov A.D.ni malakali shifokor, yosh kadrlar uchun ilmiy yo‘nalish bera oladigan ustoz hamda talabalar va yosh olimlar uchun ishonchli ilmiy yo‘lko‘rsatkich sifatida namoyon etadi.


Boltaboyev Murodiljon Umarovich

vrach infeksionist. Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Epidemiologiya, yuqumli kasalliklar va hamshiralik ishi” kafedrasi assistenti. 1963-yil 16-fevralda Farg‘ona viloyati, Quvasoy shaxrida tavallud topgan. 1987-yil Andijon Davlat tibbiyot institutining “Davolash ishi” fakultetini tamomlagan. 1987-yildan 2023-yilgacha Farg‘ona shahar “Yuqumli kasalliklar” shifoxonasida reanimatsiya bo‘limi vrachi, Quvasoy shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, “Kvarts” AJ sihatgohi bosh shifokori lavozimlarida ish olib borgan. 2023-yil sentabr oyidan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining “Epidemiologiya, yuqumli kasalliklar va hamshiralik ishi” kafedrasi assistenti lavozimida ishlab kelmoqda. Mutaxassislik bo‘yicha umumiy ish staji 38 yil. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi buyrug‘iga asosan “O‘zbekiston konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan. 2024-yil 3-may va 2025-yil 8-mayda Farg‘ona viloyati hokimi tomonidan “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan, U o‘zining tibbiyot institutidagi qisqa faoliyati davomida 20tadan ortiq ilmiy maqola, 2ta monografiya,   2ta o’quv qo‘llanma, va 30dan ortiq tezislar chop etgan. 


Akbarova Gulchexra Xabibullayevna

Vrach-infeksionist. Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar, hamshiralik ishi”kafedra assistenti. 1960-yil 28-aprelda Surxondaryo viloyati, Denov shaxrida tug‘ilgan. 1985- yil Аndijon Davlat tibbiyot institutining Davolash ishi fakultetini tamomlagan.1986-1987-yillarda Farg‘ona shaxar 3 – sonli shifoxonasida umumiy terapiya bo‘yicha internaturasini tugatgan. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: vrach-infesionist. 1986– 1989-yillarda Farg‘ona shaxar 3 – sonli shifoxonasida gastroenterolog shifokori lavozimida, 1989– 2018-yillarda  Qirg‘iziston Respublikasi Qadamjoy tumani Uchqo‘rg‘on  shifoxonasi Yuqumli kasalliklar bo’limida davolovchi shifokor infeksionist lavozimida ishlagan.Akbarova G.A.-yuqumli kasalliklar yo‘nalishi bo‘yicha  oliy toifali shifokor va pedagog. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2024-yildan boshlab  kafedra assistenti lavozimida faoliyat  yuritib kelmoqda . 40 yildan ortiq kasbiy faoliyat davomida shifokorlik amaliyoti va pedagogik faoliyatni yuqori darajada uyg‘unlashtirib kelayotgan tajribali mutaxassisdir. 


Raximov Toxirjon Ganievich

Vrach epidemiolog. Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Epidemiologiya, yuqumli kasalliklar va hamshiralik ishi” kafedrasi o‘qituvchisi. 1970-yil 30 -yanvarda Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanida tug‘ilgan. 1998 yil Tosh.Dav.TOni Sanitariya gigiyena fakultetini tamomlagan. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: Tibbiy profilaktika ishi umumiy vrachi. 1998–2000-yillarda Qo‘shtepa tuman SESda (zaharli ximikatlar bo‘limi) vrach, 2000-yilda Yozayovon va Toshloq tuman SESlarda epidemiolog bo‘lib ishlagan. 2005–2019-yillarda Qo‘shtepa tuman epidemiologiya va jamoat salomatligi bo‘limida epidemiolog hamda bo‘lim mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2019–2020-yillarda Sanitariya inspeksiyasida inspektor, 2020–2023-yilgacha GDP vrachi, shuningdek DPM nazorat bo‘limi mudiri va bosh vrachning epidemiologiya bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.2023-yil 26-avgustdan FJSTI “Epidemiologiya, yuqumli kasalliklar va hamshiralik ishi” kafedrasi assistenti. Mutaxassislik bo‘yicha ish staji — 25 yil, 10 dan ortiq maqola va tezislar muallifi.


Haydarova Buzulayho Axmedovna

“Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar, hamshiralik ishi” kafedrasida PhD, dotsent. Mutaxassisligi:hamshiralik ishini boshqarish va tashkillashtirish. 1973-yilda Farg‘ona viloyati Rishton tumani Beshkapa qishlog‘ida tug‘ilgan. 2013-yilda Toshkent tibbiyot pediatriya institutida magistraturani tamomlagan. 2005-yildan Toshkent tibbiyot akademiyasida tahsil olgan, 2010-yildan TTA Farg‘ona filiali “Ichki kasalliklar profilaktikasi” kafedrasida assistent bo‘lib ishlagan. 2010–2011 yillarda Rishton tibbiyot kollejida uslubchi, 2015–2018 yillarda TTA Farg‘ona filiali Hamshiralik ishi nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri bo‘lgan. 13.00.02 yo‘nalishida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim orqali hamshiralik fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish mavzusida PhD dissertatsiyasini himoya qilgan.


Mirzayev Olim Jaloldinovich

Vrach-epidemiolog, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Epidemiologiya, yuqumli kasalliklar va hamshiralik ishi” kafedrasi o‘qituvchisi. 1961-yil 20-iyulda Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tug‘ilgan. 1987-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutining sanitariya-gigiyena fakultetini tamomlagan.1991–2025-yil sentabrgacha Farg‘ona viloyati Sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi boshqarmasida bo‘lim mudiri hamda bosh vrachning epidemiologiya bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2025-yil sentabrdan institut kafedrasida assistent sifatida faoliyat yuritmoqda. Umumiy ish staji — 38 yil. 2020-yilda “Mehr-sahovat” ko‘krak nishoni, 2022-yilda “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan. Institutdagi faoliyati davomida 10 tadan ortiq maqola va tezislar chop ettirgan.


Egamberdiyeva Gulnoraxon Nematovna

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar, hamshiralik ishi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, mutaxassisligi — pediatr. 1969-yilda Andijon viloyati Marhamat tumanida tug‘ilgan. 1987–1993 yillarda ADMI Pediatriya fakultetida tahsil olgan, 1993–1994 yillarda internatura o‘tagan. 2020-yildan hozirgacha mazkur kafedrada faoliyat yuritadi. Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 30 dan ortiq maqola, 10 dan ortiq tezis, 3 ta o‘quv qo‘llanma va 1 ta monografiya chop ettirgan.


Qodirova Gulira’no Abduxapiz qizi

Vrach-infeksionist, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar, hamshiralik ishi” kafedrasi assistenti. 1993-yil 14-iyunda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 2017-yilda Andijon davlat tibbiyot institutining Davolash ishi fakultetini tamomlagan, 2019–2021-yillarda yuqumli kasalliklar bo‘yicha klinik ordinaturani tugatgan. 2017–2019-yillarda Farg‘ona tumani tibbiyot birlashmasi Yoshlarobod filiali umumiy amaliyot shifokori, 2021–2024-yillarda yuqumli kasalliklar bo‘limida shifokor-infeksionist lavozimida ishlagan. Yuqumli kasalliklar yo‘nalishi bo‘yicha oliy toifali shifokor va pedagog. 2024-yildan institutda stajyor-o‘qituvchi, so‘ng kafedra assistenti sifatida faoliyat yuritmoqda. Ilmiy izlanishlari surunkali virusli gepatitlar (xususan delta agent bilan kechuvchi VGB), jigar steatozi va ularning klinik-laborator xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Ushbu yo‘nalishda xalqaro va respublika miqyosida maqola, tezis hamda o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Pedagogik faoliyatida zamonaviy ta’lim texnologiyalari, klinik fikrlashni rivojlantirish va dalillarga asoslangan tibbiyot yondashuvlaridan foydalanadi. Faoliyati davomida 5 dan ortiq maqola, 20 dan ortiq tezis va 2 ta o‘quv qo‘llanma chop ettirgan.


Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

Tibbiy profilaktika va JS fakultetining “Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar, hamshiralik ishi” kafedrasida 22 nafar xodim faoliyat yuritadi. Kafedra jamoasi institut va kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etadi. Hozirda kafedrada 1 nafar DSc izlanuvchisi (Madaminov F.A., ilmiy rahbar — Tilavberdiyev Sh.A.) hamda 7 nafar PhD mustaqil izlanuvchi (Abdug‘aniyeva A.Yo., Qodirova G.A., Ergasheva M.D., Muxidinova Sh.B., Ruziboyeva Yo.R., Axmedov A.A., Bobojonova N.I.) ilmiy faoliyat olib bormoqda. Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari yosh avlodni mustaqillik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, huquqiy madaniyatni shakllantirish, zamonaviy tibbiyot fanining dolzarb masalalari hamda O‘zbekiston davlatchiligi tarixining ayrim jihatlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Kafedra mudiri boshchiligida ilmiy izlanishlarga doimiy e’tibor qaratilib, xodimlar muntazam tadqiqotlar olib borish orqali salohiyatini oshirib bormoqda. So‘nggi 5 yil davomida kafedra xodimlari tomonidan 300 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan. Jumladan: 8 ta o‘quv qo‘llanma, 7 ta monografiya, 13 ta elektron dastur, respublika va xalqaro jurnallarda 100 dan ortiq maqola, shuningdek 20 ga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanma hamda uslubiy tavsiyanomalar chop etilgan. Ushbu nashrlar tibbiyot yo‘nalishidagi talabalarga qo‘shimcha adabiyot sifatida keng foydalanilmoqda. Kafedra xodimlari respublika va xorijiy konferensiya hamda anjumanlarda ma’ruza va tezislar bilan muntazam qatnashib kelmoqda. Shuningdek, talabalar ilmiy faoliyatiga ham katta e’tibor qaratilib, ular rahbarlar ko‘magida maqolalar yozmoqda va nufuzli konferensiyalarda ishtirok etmoqda. Kafedraning iqtidorli talabalari respublika va xalqaro fan olimpiadalarida qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallab, diplomlar bilan taqdirlangan. Iqtidorli talabalar qatorida Priyanshu Pratik, Sriwastava Pulkit, To‘xtasinova N. kabi talabalar mavjud.


Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar, xamshiralik ishi”  kafedra ma‘naviy-ma‘rifiy ishlari.

Yosh avlodga g‘amxo‘rlik qilish va sog‘lom, barkamol shaxsni tarbiyalash o‘zbek xalqining muhim milliy qadriyatlaridan biridir. Shu bois Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar, hamshiralik ishi” kafedrasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar yillik reja asosida tizimli olib boriladi. Kafedra professor-o‘qituvchilari talabalarga odob-axloq, kiyinish madaniyati, zararli odatlarning (chekish, spirtli ichimlik) salbiy oqibatlari, sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha muntazam suhbatlar o‘tkazadi. Faoliyatning asosiy vazifalari: Prezident va davlat hujjatlarini o‘rganish, vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, siyosiy-huquqiy madaniyatni oshirish, ijtimoiy-siyosiy va madaniy yangiliklardan xabardor qilish hamda to‘garak va loyihalar orqali bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishdan iborat. Prezident tashabbuslari doirasida “Mustaqillik darsi”, “Davlat tili – milliy ma’naviyatimiz timsoli” kabi tadbirlar, ichki tartib va odob-axloq qoidalarini tushuntirish ishlari olib borildi. “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” loyihasi doirasida insho, rasm va maqola tanlovlari (“Korrupsiya kelajakka tahdid”, “O‘zbekiston yoshlar nigohida” va boshqalar) tashkil etildi. Shuningdek, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, giyohvandlik va chekishga qarshi targ‘ibot, to‘g‘ri ovqatlanish hamda sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazildi, 1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan badiiy kecha tashkil etildi. Zarurat bo‘lganda talabalar yuqori malakali mutaxassislar tomonidan tibbiy maslahat va yordam bilan ta’minlanadi. “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” loyihasi doirasida ma’naviy tadbir o‘tkazilib, Farg‘ona davlat universiteti qoshidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi faoliyati bilan tanishildi.

Kafedrada professor-o‘qituvchilar tomonidan odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati hamda chekish va spirtli ichimliklarni iste’mol qilishning salbiy oqibatlari yuzasidan ma’rifiy ishlar tizimli olib borilmoqda. Mazkur faoliyat quyidagilarga qaratilgan:

talabalarda sog‘lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish;
talabalar o‘rtasida siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish;
mamlakat va dunyodagi ijtimoiy, siyosiy hamda madaniy-ijodiy voqealar haqida talabalarga o‘z vaqtida ma’lumot yetkazish;
talabalar orasida sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash; ta’lim muassasasi yo‘nalishi va ixtisoslashuviga mos holda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, turli to‘garaklarni yo‘lga qo‘yish.


Kafedraning xalqaro hamkorlik faoliyati

Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar global miqyosda pandemiyalar xavfi, yangi patogenlar paydo bo‘lishi hamda antimikrob rezistentlik kuchayishi bilan bevosita bog‘liq strategik soha hisoblanadi. Shu sababli muammolarni samarali hal etish zamonaviy ilmiy yondashuvlar va xalqaro ilmiy-amaliy hamkorlikni talab etadi.

Kafedraning xalqaro hamkorlikdagi ustuvor yo‘nalishlari

Hisobot davrida xalqaro hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirildi:

  1. xorijiy OTM va ilmiy markazlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash;

  2. professor-o‘qituvchilar hamda yosh mutaxassislarning malaka oshirishi va amaliyotlarda ishtiroki;

  3. zamonaviy klinik protokollar va texnologiyalarni o‘rganish;

  4. qo‘shma ilmiy izlanishlar va maqolalar tayyorlash;

  5. o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish.

Xorijiy hamkor muassasalar bilan aloqalar

Hisobot yilida kafedra Turkiya Respublikasining EGE universiteti bilan hamshiralik ishi yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Hamkorlik doirasida:

  • ta’lim dasturlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish;

  • evidence-based nursing, bemor xavfsizligi, infeksion nazorat va epidemiologik xavfsizlik yo‘nalishida tajriba almashish;

  • pedagogik texnologiyalar va simulyatsion ta’lim usullarini rivojlantirish ishlari olib borildi.
    Natijada ta’lim sifati, klinik tayyorgarlik hamda kafedraning xalqaro integratsiyasi kuchaydi.

Turkiya Respublikasida xalqaro amaliyot

2025-yil 15-noyabr – 2-dekabr kunlari kafedra assistenti Irgasheva Maxbuba Davlatjon qizi Ege universitetida xalqaro amaliyot o‘tab qaytdi. Amaliyot davomida:

  • evidence-based yondashuvlar;

  • infeksion nazorat (sterilizatsiya, dezinfeksiya, antiseptika);

  • bemor xavfsizligi va klinik risklarni boshqarish;

  • klinik hamshiralik ko‘nikmalari va shoshilinch yordam;

  • simulyatsion mashg‘ulotlar va epidemiologik monitoring tamoyillari o‘rganildi.
    Olingan tajriba o‘quv jarayoniga innovatsion metodlarni joriy etishda amaliy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xalqaro amaliyotlarning ilmiy va amaliy ahamiyati

Xalqaro amaliyotlar ta’lim, ilmiy-tadqiqot va klinik faoliyat integratsiyasini kuchaytiradi. Ilmiy jihatdan epidemiologik tadqiqot metodlari, surveillans, ma’lumotlar tahlili kabi yo‘nalishlar rivojlanadi; amaliy jihatdan esa infeksion nazorat, bemor xavfsizligi, bioxavfsizlik va klinik xizmatlar sifati oshadi.

Xalqaro hamkorlikning ta’lim jarayoniga ta’siri

Hamkorlik natijasida o‘quv jarayoniga kompetensiyaga asoslangan yondashuv, simulyatsion ta’lim, interaktiv mashg‘ulotlar va klinik ssenariylar bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Bu talabalar va magistrlarning klinik fikrlashi hamda amaliy tayyorgarligini oshirmoqda.


Kelgusidagi istiqbolli rejalar

Ilmiy yo‘nalish: qo‘shma grantlar, AMR, pandemik xavflar va bioxavfsizlik bo‘yicha konsorsiumlarda ishtirok, xalqaro jurnallarda qo‘shma maqolalar.


Ta’lim yo‘nalishi: double degree/joint program, akademik almashinuv, xalqaro onlayn kurs va treninglarni integratsiya qilish.


Klinik-amaliy yo‘nalish: infeksion nazorat, bemor xavfsizligi bo‘yicha xalqaro protokollarni joriy etish, shifoxona infeksiyalarining oldini olish modellarini rivojlantirish.


Kadrlar salohiyati: xalqaro stajirovka va treninglar orqali pedagogik hamda klinik kompetensiyalarni oshirish.


Institutsional rivojlanish: hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi mexanizmlar, xalqaro reyting/akkreditatsiyaga tayyorgarlik, kafedra nufuzini oshirish.



Ilmiy to‘garak: “Yosh infeksionist” “Yosh epidemiolog”


Ilmiy to‘garak: “Jonkuyar hamshira” 


Ilmiy to‘garak: “Zukko hamshira”