Umumiy jarrohlik kafedrasi
Kafedra tarixi
-
Umumiy xirurgiya
-
Xirurgik kasalliklar
-
Oftalmologiya
-
Bolalar xirurgiyasi
-
Tibbiyot kasbiga kirish fanlari
-
Umumiy xirurgiya
-
Anestizologiya va reanimatsiya
-
Oftalmologiya
Tibbiyot fanlari doktori (T.f.d.), dotsent,
Tibbiyot fanlari doktori (PhD), katta o‘qituvchi.
“Umumiy xirurgiya” kafedrasi.
1994-yil 18-iyulda Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida tug‘ilgan. 2017-2023-yillar Andijon Davlat Tibbiyot Instituti Davolash ishi yo‘nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan. 2023-2025-yillarda Tibbiyot xodimlari kasbiy malakasini rivojlantirish markazida oftalmologiya mutaxasisligi bo‘yicha klinik ordinaturani tamomlagan. 2026-yildan Farg‘ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Institutida “ Umumiy jarrohlik” kafedrasi oftalmolog o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. Hozirgi kunga qadar 10 dan ortiq xorijiy va respublika jurnallarida maqolalar, xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida maqola va tezislar muallifi.
Umumiy jarroxlik kafedrasi o'quv va o'quv-metodik ishlari
Kafedrada Davolash ishi yo’nalishi 3, 4, 5-kurs talabalari uchun “Umumiy xirurgiya” Bolalar xirurgiyasi, Oftalmologiya fanlari, Pediatriya ishi yo’nalishi 3, 4, 5-kurs talabalari uchun “Umumiy xirurgiya” Bolalar xirurgiyasi, Oftalmologiya bolalar oftalmologiyasi, Oilaviy shifokorlikda xirurgik kasalliklar, Urologiya, bolalar urologiyasi fani, Tibbiy profilaktika ishi yo’nalishi 4-kurs talabalari uchun “Xirurgik kasalliklar” va Oftalmologiya fani, Xalq tabobati va Stomatologiya yo’nalishlari uchun Oftalmologiya fani. Xalqaro fakulteti Davolash ishi yo’nalishi 3, 4, 5-kurs talabalari uchun “Umumiy xirurgiya” Bolalar xirurgiyasi, Oftalmologiya fanlari, modul dasturi asosida o’tiladi. Kafedrada jami 38 ta klinik ordinator “Umumiy xirurgiya” “Bolalar xirurgiyasi” “Oftalmologiya” “Anesteziologiya va reanimatologiya” yo’nalishi bo’yicha tahsil oladi.
O’quv jarayonlari paytida Ertalabki tibbiy ko’rik; Shifokorlar yig’ilishi; Jarrohlik amaliyotiga doir ko‘nikmalar; Jarrohlik asboblari bilan ishlash qoidalari; chok qo‘yish texnikalari; yengil jarrohlik manipulyatsiyalarini bajarish tartiblari yuqori sifatdagi zamonaviy operatsiyalarda bevosita ishtirok etish. Talabalarga bosqichma-bosqich o‘rgatiladi.Operatsion xonalar barcha zarur tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, unda talabalar bilim olishi va klinik fikrlashi, bevosita bemorlar bilan ishlashi dars mashg’ulotlarini samarali, xavfsiz va sifatli o‘tishi uchun yetarli sharoitlar mavjud. Darslar bundan tashqari maxsus klinakalarda ham o‘tiladi, talabalar uchun mavzuga oid bemorlarni ko’rish, tibbiy tekshiruvlardan o’tkazish, opereratsiyalarda ishtirok etish uchun barcha sharoitlar mavjud.

Русский
English