O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig'i
Yo'ldoshev Sobitali Zoxidjon o'g'li
Qabul vaqti:
Dushanba-Shanba: 08:30-16:00.
Telefon:
+998944460014
Elektron pochta:
fmioz@mail.ru
Ta'lim jarayonini tashkil etish bo'limi boshlig'i
Sotvoldiyev Jasurbek Baxtiyorovich
Qabul vaqti:
Dushanba-Shanba: 08:30-16:00.
Telefon:
+998909839019
Elektron pochta:
sotvoldiyevjasur95@gmail.com
O'quv-uslubiy boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari
Qodirov Abubakir Rashshodjon o'g'li
Qabul vaqti:
Dushanba-Shanba: 08:30-16:00.
Telefon:
+998936490706
Elektron pochta:
qodirovabubakr95@gmail.com
O'quv-uslubiy boshqarma
O‘quv-uslubiy boshqarma haqida
O‘quv-uslubiy boshqarma - o‘quv jarayonini boshqaruvchi tuzilma bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qo‘ygan va shu asosda faoliyat olib boradi. O‘quv-uslubiy boshqarma universitet ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash, fakultet, kafedralar o‘quv ishlarida yerishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega. O‘quv-uslubiy boshqarma talabalarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxasis bo‘lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o‘quv jarayoniga kiritishga katta e’tibor beradi.
O‘quv-uslubiy boshqarmaning vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
- - Institut ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, institut tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash;
- - Institutda o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;
- - Institut fakultetlari va kafedralarining o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;
- - O‘quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;
- - Institut ta’limini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va universitet Ilmiy kengashiga tavsiya qilish;
- - Institut fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o‘quv ishlarda yerishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va institut ta’lim jarayoniga tadbiq qilish;
- - Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida yangi NIZOMni amaliyotga tadbiq etish;
- - Professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish rejasini shakllantirish;
- - Talabalar davomatini tahlil etish;
- - Institut professor-o‘qituvchilari va talabalarining o‘quv intizomiga rioya qilishini ta’minlash;
- - Institutdagi barcha fakultetlar va magistratura hamda klinik ordinaturada joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarning tashkil yetish va tahlil qilish;
- - Kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini ta’minlash;
- - Institutda shtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o‘quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
- - O‘rindosh va soatbay dars o‘tuvchi o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
- - Institut fakultet va kafedralarini o‘quv masalalari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish;
- - Professor – o‘qituvchilar tanlovini tashkil etish;
- - O‘quv jarayoniga rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish;
- - Amaliyotlarni tashkil etish va uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanlash;
- - Akademik litsey va tibbiyot texnikumlari faoliyatini o‘quv-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish;
- - Institutda o‘quv jarayonlarini tashkil etishda ishtirok etish;

Русский
English