Doktorantura ma'lumotlari
Institutda___ nafar doktorant, ____ nafar tayanch doktorant, ___ nafar stajor-tadqiqotchi, _____ nafar mustaqil izlanuvchi faoliyat olib boradi. Tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) hamda mustaqil izlanuvchilik ixtisosliklari soni _____ ta.
FJSTIda 2025-yil uchun tayanch doktorantura institutiga qabul qilish bo‘yicha imtihon dasturlari:
14.00.01 - Akusherlik va ginekologiya
Tayanch doktoranturaga va doktoranturaga qabul qilish OTM yoki ITMlari tashkil etadigan qabul komissiyalar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov asosida amalga oshiriladi.
Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlarni tanlab olish kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, doktoranturaga esa - suhbat natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Mustaqil izlanuvchilik institutiga rasmiylashtirish suhbat natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayanch doktoranturaga kiruvchi yoki mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtiriluvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
magistr darajasi yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun),yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish;
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan, ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlarda, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish;
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka ikki yildan kam bo‘lmagan ilmiy-pedagogik stajga yoki aniq ilmiy yutuqqa (ixtiroga patent yoki mualliflik guvohnomasi) ega bo‘lgan shaxslar rasmiylashtiriladi.
Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar OTM yoki ITMga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- Qisqacha biografik maʼlumot (obyektivka);
- Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha) to‘g‘risida diplom nusxasi. (tizimda integratsiya qilingan bo‘lsa shart emas);
- Nashr etilgan ilmiy ishlarning nusxalari, havolalari bilan (kamida 1 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis);
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa);
- Chet tilini bilish bo‘yicha tan olingan talab darajasidagi sertifikatlar.
Doktoranturada o‘qishga talabgorlar OTM yoki ITMga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar
- Qisqacha biografik maʼlumot (obyektivka);
- Chet tilini bilish bo‘yicha tan olingan talab darajasidagi sertifikatlar;
- Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
- Tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
- Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari, havolalari bilan (kamida 3 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis).
Mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan OTM yoki ITMga murojaat qiladi:
- qisqacha biografik ma’lumotnoma;
- falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;
- fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
- ish joyidan tavsifnoma.
Doktorantura nizomi
-
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 304-son qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 937-son qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 606-son qarori
Doktorantlar maktabi. Nizom. 572-26.06.2019

Русский
English