Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Gospital terapiya (laboratoriya) kafedrasi

Bosh sahifa

Gospital terapiya (laboratoriya) kafedrasi

Gospital terapiya (laboratoriya) kafedrasi

Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining 2022-yil 3-sentyabrь kungi buyrug’i bilan Davolash ishi, Pediatriya yo’nalishlarida mutaxassislik va  maxsus fanlarni o’qitilishi boshlanishi munosabati bilan “2 son ichki kasaliklar”  kafedrasi  negizida Gospital terapiya kafedrasi tashkil etildi. Kafedra   Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg’ona Filiali o’quv bazasida joylashgan,xamda  ftiziatriya va pulmonologiya markazi, “Obi xayot xususiy klinikalari o’quv baza xisoblanadi. Kafedrada 1-3-4 davolash fakulteti, xalqaro fakultetining 2-3 kurs stomatologiya, pediatriya,davolash ishi yo’nalishi talabalariga

1. Ftiziatriya;
2. Tibbiy radiologiya;
3.Tibbiyot kasbiga kirish
4.Laboratoriya ishi ;
5. Tibbiy reabilitatsiya 6. Sindromlar diagnostikasi xususiyatlari fanlar o’qitiladi. Xorijiy talabalar uchun.ftiziatriya, tibbiy  radiologiya,.tibbiyot kasbiga kirish,
klinik laboratoriya fanlari o’qitiladi.
Gospital terapiya kafedrasida 2022-2023 o’quv yilida kafedrada jami 20 nafar hodimlar  faoliyat yuritmoqdalar. Shu jumladan 7 nafar xodimlar asosiy, 13 nafar xodimlar o’rindoshlik ish o’rinlarida faoliyat yuritmoqdalar.2021-2022 o’quv yilida kafedraning 1 nafar (Komilov I.) (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi institutiga kirish maqsadida xujjatlar topshirishga erishilmoqda. 

 

Maxmudov Nurillo Ismailovich - Gospital terapiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent 1975 yilda Andijon Davlat tibbiyot instituti davolsh fakultetini tamomlagan. 1987 yilda “Oshqazon va 12 barmoq ichak yara kasalligini piloroduodenal stenoziga qo’shilgan asoratlarini davolash natijalari “ mavzusida nomzodlik dissetratsiyasini yoqlagan. 2001 -2022 yillar davomida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg’ona filialida ilmiy ishlar bo’yicha direktor muovini lavozimida ishlagan. 2022 yil 3-sentyabrdan Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Gospital terapiya” kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat ko’rsatmoqda. 400 dan ortik ilmiy maqolalar,tezislar, 1 o’quv qo’llanma, 2 monografiya muallifi. 

 

Sadikhodjaev Sardor Shuhratjon o’g’li - vrach-ftiziatr. Farg’ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti  gospital terapiya kafedrasi assistenti. 1991-yil 28-iyun Farg’ona viloyati, Quvasoy shahrida tug’ilgan. 2016 yil Andijon Davlat tibbiyot institutining Davolash fakulьtetini tamomlagan. 2018 yil Andijon Davlat tibbiyot institutining ftiziatriya yo’nalishi bo’yicha klinik ordinatura bitirgan. Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi- vrach-ftiziatr. Xozirda “Sil kasalliklarida koranarovirus pnevmoniyasini kechishi xususiyatlar” mavzusida tibbiyot falsafa fanlari doktorlik dissertatsiyasi bo’yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.4 maqola 10 tezislar muallifi.

Komilov Isfandiyor G’anijonovich - vrach-laborant Farg’ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Gospital terapiya” kafedrasi assistenti.  2015 -yil Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg’ona filialining “Tibbiy profilaktika ishi” yo’nalishini tamomlagan. 2017-yil Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg’ona filiali “Klinik laborator diagnostika” yo’nalishi bo’yicha klinik ordinatura bitirgan. Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi: vrach-laborant.  2-maqola 3 tezislar muallifi.

Egamberdieva Gulchehraxon Sulton qizi - vrach-laborant Farg’ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Gospital terapiya” kafedrasi assistenti. 2019 yil Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg’ona filiali “Tibbiy profilaktika ishi”  yo’nalishini tamomlagan. 2021 yili Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot  instituti Klinik laborator diagnostika yo’nalishi bo’yicha klinik ordinaturani  bitirgan. Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi: vrach-laborant. Xozirgi kunda  “ Postkovid asoratlarida kaogulopatiya sindromining xususiyatlari va uning davolashdagi axamiyati “ mavzusida tibbiyot falsafa fanlari doktorlik dissertatsiyasi bo’yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 3 maqola 7 tezislar mualifi.

Ganiev Sardor Saminjonovich - vrach-radiolog Farg’ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti  “Gospital terapiya” kafedrasi assistenti.   . 2016 -yil Andijon Davlat tibbiyot institutining Pediatriya fakultetini tamomlagan. 2020-yil Andijon Davlat tibbiyot institutining “Tibbiy radiologiya” yo’nalishi bo’yicha klinik ordinatura bitirgan. Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi: vrach radiolog. Xozirgi kunda “ Koviddan keyingi asoratlarda yurak yetishmovchiligi” mavzusida tibbiyot falsafa fanlari doktorlik dissertatsiyasi bo’yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda 3 maqola 5 tezislar muallifi.