Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi






Xalqaro fakultetining “Tibbiy va biologik kimyo” kafedrasida 22 nafar xodim faoliyat yuritadi. Kafedra jamoasi universitet ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etadi. Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar DSc izlanuvchi (N. Dexkanova), 4 nafar PhD tayanch doktorant (D. O‘rmonov, B. Sultanov, S. Dadajonova, I. Abdurazakova) hamda 5 nafar mustaqil izlanuvchi (Yo. Nazarova, M. Axadjonov, M. Xamroqulov, R. Nazirtasheva, G. Rafiqjonova) ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari yosh avlodni mustaqillik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, huquqiy madaniyatni shakllantirish, zamonaviy tibbiyot fanining dolzarb masalalari hamda O‘zbekiston davlatchiligi tarixining ayrim jihatlarini o‘rganishga qaratilgan. Kafedra mudiri boshchiligida ilmiy faoliyatga doimiy e’tibor berilib, xodimlar muntazam tadqiqotlar orqali bilim va salohiyatini oshirib bormoqda. So‘nggi 5 yil davomida kafedra xodimlari tomonidan 200 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan. Jumladan: 2 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta monografiya, respublika va xalqaro jurnallarda 100 dan ortiq maqola, shuningdek 20 ga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanma hamda uslubiy tavsiyanomalar chop etilgan. Ushbu nashrlar tibbiyot talabalari uchun qo‘shimcha adabiyot sifatida keng foydalanilmoqda.
02.00.10 Bioorganik kimyo ixtisosligidan O‘rmonov Dadaxon G‘olibjon o‘g‘lining “Farg‘ona vodiysi florasidagi Limonium otolepis va Limonium ferganense turlarining kimyoviy tarkibi hamda biologik faolligi” mavzusida PhD Ilmiy darajasi olish uchun doktorlik himoyasidan.

Русский
English