Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Pediatriya kafedrasi-2

Bosh sahifa

Pediatriya kafedrasi-2

Pediatriya kafedrasi-2


Sahifa to‘ldirilmoqda


Axmadaliyev Shoxrux Shuxratovich
Tibbiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

“Pediatriya-2” kafedrasi mudiri
Mehnat faoliyati
Axmadaliyev Shoxrux Shuxratovich 2021-yildan buyon Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirda institutning “Pediatriya-2” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab, ta’lim jarayonini tashkil etish va klinik fanlarni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, shoshilinch kardiologiya va kardioreanimatsiya yo‘nalishlarida amaliy faoliyat olib boradi.
Ilmiy faoliyati
Axmadaliyev Shoxrux Shuxratovich anesteziologiya va reanimatologiya fanlarini o‘qitishda zamonaviy pedagogik hamda imitatsion texnologiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.
2024-yilda “Tibbiy ta’lim jarayonida imitatsion ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish metodikasi (anesteziologiya va reanimatologiya fanini o‘qitish misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, tibbiyot fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.
Ilmiy faoliyati davomida 40 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi bo‘lib, shundan 30 dan ortiq ilmiy maqolalari xorijiy va respublika miqyosidagi nufuzli ilmiy jurnallarda chop etilgan. 2 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta elektron o‘quv qo‘llanma va 2 ta monografiya muallifi hisoblanadi.
 
Aloqa uchun:
E-mail: sh.sh.ahmadaliyev@gmail.com
Tel: +998 90 563 30 06

Mullajonov Xasanboy Ergashaliyevich
Shifokor, bolalar kardiorevmatologi
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
“Pediatriya-2” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Mullajonov Xasanboy Ergashaliyevich 1988-yil 22-dekabrda Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani, Poloson qishlog‘ida ziyolilar oilasida tug‘ilgan.
U 2015-yilda Andijon davlat tibbiyot institutining Pediatriya fakultetini, 2018-yilda esa Bolalar kardiorevmatologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan.
Mehnat faoliyati
2019-yildan buyon Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida faoliyat yuritib kelmoqda.
2019–2023-yillarda institutning “Pediatriya-1” kafedrasida assistent lavozimida, 2024-yildan hozirgi kunga qadar esa “Pediatriya-2” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.
Hozirda ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanadi.
Bolalar kardiorevmatologi shifokori sifatida 10 yillik amaliy tajribaga ega. Shuningdek, Farg‘ona shahar bolalar shifoxonasining funksional diagnostika bo‘limida EKG shifokori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Ilmiy faoliyati
Ilmiy faoliyati davomida 1 ta o‘quv qo‘llanma, 15 dan ortiq ilmiy maqola hamda 25 dan ortiq ilmiy tezislar muallifi.
Aloqa uchun:
E-mail: mullajonovh288@gmail.com
Tel: +998 91 114 03 15

Axmadaliyeva Maftuna Abdumanon qizi
Pediatriya yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

“Pediatriya-2” kafedrasi assistenti
Axmadaliyeva Maftuna Abdumanon qizi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining “Pediatriya-2” kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritadi.
2019-yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutini imtiyozli tamomlagan.
2019–2021-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutida “Pediatriya” mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinaturada tahsil olgan.
Mehnat faoliyati
2022-yildan hozirgi kunga qadar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida faoliyat olib bormoqda.
Hozirda mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Ilmiy faoliyati
Tadqiqot ishlari doirasida 20 dan ortiq ilmiy ishlar chop ettirgan bo‘lib, shundan 15 dan ortiq ilmiy maqolalari xorijiy davlatlar, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari hamda respublikamizning nufuzli ilmiy jurnallarida e’lon qilingan.
1 ta o‘quv qo‘llanma va 1 ta elektron o‘quv qo‘llanma muallifi.
Aloqa uchun:
E-mail: maftik1993@gmail.com
Tel: +998 90 563 30 06

Shuhratjonov Muxammadali Shuhratjon o‘g‘li
Shifokor, bolalar anesteziologi va reanimatologi
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

“Pediatriya-2” kafedrasi assistenti
Shuhratjonov Muxammadali Shuhratjon o‘g‘li 1994-yil 14-oktabrda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida tug‘ilgan.
U 2020-yilda Andijon davlat tibbiyot institutining Pediatriya fakultetini, 2023-yilda esa magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan. Mutaxassisligi — bolalar anesteziologi va reanimatologi.
Mehnat faoliyati
2024-yildan boshlab Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirda institutning “Pediatriya-2” kafedrasida assistent lavozimida ishlab, ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqda.
Bolalar shifokori sifatida 10 yillik amaliy tajribaga ega.
Ilmiy faoliyati
2023-yilda Andijon davlat tibbiyot instituti Anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasida
“Hazm trakti jarrohlik kasalliklari aniqlangan chaqaloqlarda nutritiv qo‘llab-quvvatlash tamoyillarini aniqlash” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Faoliyati davomida 10 ta ilmiy maqola va 5 ta ilmiy tezis muallifi.
Aloqa uchun:
E-mail: Adtigrant@gmail.com
Tel: +998 90 211 12 70

Nurmatova Oltinoy Alixo‘ja qizi
Shifokor, pediatr
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

“Pediatriya-2” kafedrasi assistenti
Nurmatova Oltinoy Alixo‘ja qizi 1995-yil 24-sentabrda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida tug‘ilgan.
U 2021-yilda Andijon davlat tibbiyot institutining Pediatriya fakultetini, 2024-yilda esa magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan. Mutaxassisligi — pediatr.
Mehnat faoliyati
2024-yildan boshlab Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirda institutning “Pediatriya-2” kafedrasida assistent lavozimida ishlab, ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanmoqda.
Ilmiy faoliyati
2024-yilda Andijon davlat tibbiyot instituti Gospital pediatriya kafedrasida
“Bolalarda uchrovchi nefrotik sindromning klinik-laborator ko‘rsatkichlarining yoshga bog‘liq xususiyatlari” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Bolalar shifokori sifatida 3 yillik amaliy tajribaga ega.
Faoliyati davomida 20 ta ilmiy maqola va 5 ta ilmiy tezis muallifi.
Aloqa uchun:
E-mail: alixojayevnaoltinoy@gmail.com
Tel: +998 90 548 94 58

G‘ofurjonov Mirzohid Mirzahparjon o‘g‘li
Shifokor, bolalar va kattalar anesteziologi-reanimatologi
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

“Pediatriya-2” kafedrasi assistenti
G‘ofurjonov Mirzohid Mirzahparjon o‘g‘li 1996-yil 15-mayda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Dehqonobod qishlog‘ida ziyolilar oilasida tug‘ilgan.
U 2021-yilda Andijon davlat tibbiyot institutining Pediatriya fakultetini, 2023-yilda esa klinik ordinatura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan. Mutaxassisligi — bolalar va kattalar anesteziologi-reanimatologi.
Mehnat faoliyati
2025-yildan boshlab Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirda institutning “Pediatriya-2” kafedrasida assistent lavozimida ishlab, ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqda.
Bolalar shifokori sifatida 3 yillik amaliy tajribaga ega.
Shuningdek, Farg‘ona viloyati Ftiziatriya va pulmonologiya markazida navbatchi reanimatolog shifokor sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Ilmiy faoliyati
Faoliyati davomida 5 ta ilmiy maqola va 8 ta ilmiy tezis muallifi.
Aloqa uchun:
E-mail: gofurjonovmirzo211@gmail.com
Tel: +998 99 227 05 18

Klinik fikrlashga doir video darslar 
Video darslarni ko'rish uchun mavzuni tanlab ustiga bosing.
  1. Coagulation
  2. Platelet Activation
  3. Hypercoagulable States
  4. Coagulopathies
  5. Platelet Disorders
  6. Antiplatelets
  7. Anticoagulant Drugs
  8. Hemolysis Basics
  9. Extrinsic Hemolysis
  10. Intrinsic Hemolysis
  11. Microcytic Anemias
  12. Thallassemias
  13. Sicle Cell Anemia
  14. Other Anemias
  15. Blood Groups
  16. Acute Leukemias
  17. Chronic Leukemias
  18. Hodgkin Lymphoma
  19. Non Hodgkin Lymphoma
  20. Plasma Cell Disorders
  21. Amyloidosis
  22. Myeloproliferative Disorders
  23. Antimetabolites
  24. Alkylating Agents
  25. Antitumor Antibiotics
  26. Microtuble Inhibitors
  27. DNA Drugs
  28. Other Cancer Drugs
  29. Porphyrias