Institut tarixi
.png)
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 3 iyundagi 239-sonli qaroriga muvofiq muassasa Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot institutining Farg‘ona filialiga aylantirildi.
- Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 29 iyuldagi 780-sonli qarori bilan Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg‘ona filiali maqomini oldi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi PQ–4911-sonli “Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali negizida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti mustaqil oliy ta’lim muassasasi sifatida qayta tashkil etildi.
Institutga turli yillarda quyidagi rahbarlar direktor va rektorlik qilgan: - 1992–1997 — Professor K.M. Mirzayev
- 1998–2005 — tibbiyot fanlari doktori Yu.N. Nishonov
- 2005–2012 — tibbiyot fanlari doktori M.A. Abduraxmonov
- 2012–2015 — t.f.d., professor R.J. Usmanov
- 2015–2017 — t.f.d. X.A. Mamatqulov
- 2017–2021 — t.f.n. G.N. Sultanov
- 2021 yildan — t.f.d. A.A. Sidikov

Tibbiyot fanlari doktori, professor.
1992-1997 yillarda Tibbiyot Markazi direktori va

1998-2005 yillarda Toshkent davlat 2-tibbiyot instituti Farg’ona filiali direktori

2005-2012 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg’ona filiali direktori

2012—2015 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg’ona filiali direktori

2015 - 2017 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg’ona filiali direktori.



Professor M.Q. Qoraboyev
2006–2012 — professor Sh.Sh. Baxritdinov.

Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
2007-2012 yillarda fakultet dekani, 2012-2013 yillarda O’quv va ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, 2017 yildan“Mikrobiologiya, virusologiya va yuqumli kasalliklar” kafedrasi mudiri

Tibbiyot fanlari doktori.
2000-2006 va 2012 yillarda kafedra mudiri, 2013-2015 yillarda filial direktorining O’quv va ilmiy ishlari bo’yicha o’rinbosari.

2013-2015 yillarda fakultet dekani, 2016 -2023 O’quv va ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari.

2016-2022 yillarda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor


Tarix sahifasi

1990-yillar boshida sobiq Ittifoq miqyosidagi “qayta qurish” jarayonlari oqibatida siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda murakkab vaziyat yuzaga keldi. Shu sharoitda O‘zbekistonda davlat boshqaruvini barqarorlashtirish va mustaqil taraqqiyot yo‘lini belgilashga qaratilgan tarixiy qarorlar qabul qilindi: 1990 yil 24 martda Prezidentlik boshqaruvi joriy etildi, 1991 yil 31 avgustda davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi bayonot va tegishli qaror qabul qilindi. 1991 yil 29 dekabrda o‘tkazilgan umumxalq referendumi va Prezident saylovlari esa mustaqil davlat taraqqiyotining siyosiy-huquqiy asoslarini mustahkamladi.
Mazkur davrda Farg‘ona vodiysining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida oliy malakali kadrlar tayyorlash masalasi dolzarb vazifaga aylandi. Vodiyning respublika hayotidagi sanoat, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy xizmatlar tizimidagi ulushi yuqori bo‘lgani, aholi zichligi ham katta ekanligi o‘quv-ilmiy salohiyatni kuchaytirishni, yangi yo‘nalishlar ochishni taqozo etardi. Mavjud oliy ta’lim muassasalari va filiallarda tayyorlanayotgan mutaxassislar tarkibi hudud ehtiyojlarini to‘liq qoplash uchun yetarli emasligi tobora yaqqol sezila boshladi.
Shu obyektiv ehtiyojlardan kelib chiqib, 1991 yil 14 fevraldagi qaror asosida Farg‘ona davlat pedagogika instituti negizida 1991 yil 1 martdan Farg‘ona davlat universiteti (FarDU) tashkil etildi. Universitet rektori lavozimiga fizika-matematika fanlari doktori, professor M.Q. Qoraboev tayinlandi. Mazkur qaror hududda oliy ta’limning yangi bosqichini boshlab berdi: universitet mavjud ilmiy-pedagogik an’analarni davom ettirgan holda ta’lim yo‘nalishlarini kengaytirish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash va moddiy-texnik bazani rivojlantirishga kirishdi.
1991–1992 o‘quv yili oldidan universitet jamoasi oldida strategik vazifalar turardi: an’anaviy yo‘nalishlarni universitet tizimiga moslashtirish, istiqboldagi ehtiyojlarni tahlil qilish, yangi mutaxassisliklar bo‘yicha qabul parametrlarini belgilash hamda professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish. Natijada 1991 yil avgust oyida an’anaviy pedagogik yo‘nalishlar bilan bir qatorda 14 ta yangi yo‘nalish bo‘yicha talabalar qabuli amalga oshirildi.
Shu davrda tibbiyot sohasi bilan bevosita bog‘liq yangi mutaxassisliklar ham bosqichma-bosqich rivojlantirildi. Xususan, 1991 yilda “Biomeditsina apparatlari va tizimlari” yo‘nalishi bo‘yicha ilk bor talabalar qabuli yo‘lga qo‘yildi. Bu yo‘nalish tibbiyot muassasalarida zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalari kengayib borayotgan sharoitda yuqori texnologiyali tibbiy uskunalardan samarali foydalanish, ularni joriy etish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini tashkil etish uchun zarur kadrlar tayyorlashga xizmat qildi. Yo‘nalish bo‘yicha o‘quv reja va dasturlar sohaga oid mutaxassislar hamkorligida ishlab chiqildi; 1991 yilda dastlabki 25 nafar talaba qabul qilindi.
1992 yilda FarDUda tashkil etilgan Tibbiyot markazi tarkibida o‘quv rejalari takomillashtirilib, mutaxassislar tayyorlash “Tibbiy-muhandislik ishi” nomi bilan tasdiqlangan dasturlar asosida tizimlashtirildi. Bu jarayon tibbiyot amaliyotidagi texnologik yangilanishlar bilan uyg‘unlashgan ta’lim modelini shakllantirishda muhim qadam bo‘ldi.
Shuningdek, 1992 yilda ikki vazirlik ruxsati bilan FarDU qoshida tibbiyot fakulteti tashkil etildi. Aholi salomatligi jamiyat rivojlanishining asosiy mezoni sifatida e’tirof etilgani, profilaktika yo‘nalishida chuqur bilim va ko‘nikmaga ega kadrlar tayyorlash zarurati bu tashabbusning ilmiy-amaliy ahamiyatini belgilab berdi. Fakultetni joylashtirish, rahbariyat va professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish, o‘quv jarayonini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashkiliy ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirildi. 1992 yil 1 sentyabrdan ta’lim jarayoni boshlandi: birinchi kursga 105 nafar, ikkinchi kursga 46 nafar talaba qabul qilindi.
1992–1994 yillarda ta’lim sifati va ilmiy-uslubiy ta’minotni kuchaytirish maqsadida hamkorlik aloqalari rivojlantirildi. Xususan, 1994 yil oktyabr oyida 2-Toshkent davlat tibbiyot instituti bilan hamkorlik shartnomasi rasman tasdiqlanib, professor-o‘qituvchilar almashinuvi va o‘quv-uslubiy yordam mexanizmlari yo‘lga qo‘yildi.




Русский
English