Normal anatomiya kafedrasi
Tibbiy fundamental fanlar kafedrasi tarixi va rivojlanishi
Kafedraning tashkil topishi va shakllanishi (1992–1998) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yildagi №483-sonli qarori asosida Farg‘ona davlat universiteti qoshida “Tibbiyot markazi” tashkil etildi. Markaz tarkibida dastlab “Tibbiyot profilaktika ishi” va “Tibbiyot muhandislik ishi” fakultetlari faoliyat boshladi. Boshlang‘ich davrda “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” hamda “Umum tibbiy fanlar” kafedralari mavjud bo‘lib, keyinchalik “Umum tibbiy fanlar” kafedrasi negizida mutaxassislik kafedralari, jumladan Gigiyena, Tibbiy biologik fanlar va Kimyo kafedralari tashkil etildi. Farg‘ona filialiga o‘tish (1998) Vazirlar Mahkamasining 239-sonli qarori hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 1998-yil 18-iyuldagi 309-sonli qaroriga muvofiq Farg‘ona davlat universitetining “Tibbiyot markazi” Toshkent davlat 2-tibbiyot instituti Farg‘ona filialiga aylantirildi.
-
“Anatomiya va gistologiya”
-
“Biokimyo va biofizika”
-
Farmakologiya yo‘nalishlari
2001–2012 yillarda kafedra mudiri — dotsent A.A.Nishonova.
-
“Patologiya asoslari va farmakologiya” kafedrasida: 2 nafar fan nomzodi (dotsent), 1 nafar assistent
-
“Anatomiya va gistologiya” kafedrasida: 1 nafar fan doktori (professor), 1 nafar dotsent, 1 nafar katta o‘qituvchi, 2 nafar assistent
-
2012–2013: t.f.n. R.M. Shermatov
-
2013–2015: t.f.n. G‘.N. Sultonov
-
YU.N. Nishonov (1998) — “Yo‘g‘on ichakni to‘liq olib tashlashdan so‘ng ingichka ichakning morfofunksional moslashuvi…” (doktorlik)
-
M.A. Abdurahmonov (2001) — “Surunkali toksik gepatitda immun-endokrin aloqalarning strukturaviy asoslari” (doktorlik)
-
A.A. Nishonova (1995) — oshqozon osti bezi fermentlari sekretsiyasi bo‘yicha (nomzodlik)
-
G‘.N. Sultonov (2007) — alloksan diabetida oshqozon mikrotsirkulyatsiyasi xususiyatlari (nomzodlik)
-
R.M. Shermatov (2011) — yo‘g‘on ichak olib tashlangandan so‘ng me’da shilliq qavatida moslashuv jarayonlari (nomzodlik)
-
40 dan ortiq o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar,
-
520 dan ortiq respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy maqola va tezislar chop etilgan.
“Atrof-muhit omillarining tirik organizmlar morfofunksional va biologik xususiyatlariga ta’sirini o‘rganish.” Kafedraning nomlanishi (2020-yildan) 2020-yildan boshlab kafedra “Normal va topografik anatomiya” deb nomlangan va kafedra mudiri etib t.f.n. Madaminov S.M. tayinlangan. Kafedrada Bakalavriat va Magistratura yo`nalishlari uchun quyidagi fanlar o‘qitiladi:

Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent. “Anatomiya” kafedrasi mudiri. 1973-yilda Qirg‘iziston davlat tibbiyot institutining Davolash fakultetini muvaffaqiyatli tamomlagan. 1988-yildan Qirg‘iziston davlat tibbiyot institutining Operativ jarrohlik va topografik anatomiya kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat boshlagan. 2006-yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida dekan lavozimida ishlagan. 2019-yilda “Anatomiya” kafedrasi tashkil etilishi munosabati bilan kafedra mudiri lavozimiga tayinlangan va 2025-yil iyun oyiga qadar ushbu lavozimda faoliyat yuritgan. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 2022-yilda uzoq yillik va samarali mehnati uchun Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti faxriy professori unvoni berilgan.


Tilyaxodjaeva Gulbaxor Batirovna
1999 yildan kafedra assistenti 1968 yilda Farg’ona viloyati Qo’shtepa tumanida tavallud topgan. 1986 yil Andijon Davlat tibbiyot institutini Davolash ishi fakulьtetiga o’qishga kiradi va uni 1992 yilda muvaffaqiyatli bitiradi. Pedagogik faoliyatini 1999 yil Toshkent davlat 2-tibbiyot instituti Farg’ona filliali Anatomiya va gistologiya kafedrasi assistenti lavozimidan boshlagan va 2005 yilgacha mazkur kafedrada faoliyat olib borgan. 2005-2013 yillar Tibbiy fundamental fanlar kafedrasi assistenti, 2013-2016 yillar Jarrohlik kasalliklari kafedrasi assistenti lavozimlarida ishlagan. 2016 yildan tibbiy pedagogika fakulteti Jarrohlik kasalliklari va patologiya asoslari kafedrasi assistenti lavozimida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. O’z sohasiga 20 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy maqolalar muallifi.

Palvanova Matlyubaxon Satvaldievna
2017 – yildan TTAFF «Tibbiy fundamental fanlar» kafedrasi assistenti, 2021-yildan FJSTI «Normal anatomiya» kafedrasi assistenti. «Xalk ta’limi a’lochisi» kukrak nishoni soxibasi.1958-yilda Andijon viloyati Asaka shaxrida tavallud topgan. Asaka shaxridagi 6-urta umumta’lim maktabini 1975-yilda «Oltin medalь» ga tamomlagan. 1981- yilda Toshkent Davlat Meditsina Instituti Davolash fakulьtetini tamomlagan. 1981- yildan 1995- yilgacha Toshkent shaxridagi Davolash-profilaktika muassalarida vrach-terapevt xamda vrach-allergolog lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1995- yildan 2001- yilgacha Fargona shaxar №1-sonli urush faxriylari poliklinikasida vrach-terapevt lavozimida faoliyat kursatgan. 2002- yildan 2006 –yilgacha Fargona 2-tibbiyot kolledjida Anatomiya fanidan dars berib kelgan. 2006- yildan 2013- yilgacha Margilon tibbiyot kolledjida Anatomiya fani ukituvchisi va kafedra mudiri lavozimida ishlagan. 2013- 2015-yillarda Respublika ijtimoiy moslashuv markazi fargona filiali (RTSSAD)da vrach-reabilitolog lavozimida ishlagan.Umumiy ish staji-38 yil. Vrachlik staji-19 yil. Pedagogik staji-19 yil. Ushbu ukuv muassasasidagi ish staji-6 yil. 2019-yilda Moskva Sechenov Meditsina Universitetida malaka oshirib kelgan. 2021-yilda Belorussiya Davlat Meditsina Universitetida malaka oshirib kelgan. 2021- yilda institutda "Imago Anatomica da Vinci" anatomik rasmlar xalkaro konkursini tashkil etib utkazgan. 2022-yil may oyida KuBGMU, KGMU va Kozogiston Meditsina Universiteti bilan xamkorlikda «Fundamentalьnыe distsiplinы – klyuch k poznaniyu klinicheskix nauk» Xalkaro ilmiy vebinar tashkillab o`tkazdi. Ilmiy faoliyati: Anatomiya fanidan 2 ta ukuv metodik kullanma, 1 ta ukuv qullanma, Scopus ga 3ta ilmiy maqola, Rossiya va boshqa chet davlatlari ilmiy jurnallariga maqolalar muallifi.
1972-yilda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. 1989–1995-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutida tahsil olgan, 1995–1996-yillarda “Farg‘ona-Azot” tibbiyot-sanitariya muassasasining jarrohlik bo‘limida internatura o‘tagan. Keyinchalik Marg‘ilon shahri va Toshloq tumani shifoxonalarida jarrohlik yo‘nalishida ishlagan. 1997-yilda V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazida “Fibroendoskopiya” bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tib, Marg‘ilon diagnostika markazida vrach-endoskopist sifatida faoliyat yuritgan. 1998–2018-yillarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ishlagan. 2019-yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida “Endoskopiya” bo‘yicha ixtisoslashtirish kursini tamomlagan. 2019–2023-yillarda “Fergana Premium Medikal” va “Ibn Sino” MChJlarda vrach-endoskopist lavozimida faoliyat olib borgan. 2023-yil sentyabrdan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Normal anatomiya, operativ jarrohlik va topografik anatomiya kafedrasida stajyor-o‘qituvchi, 2025-yildan Normal anatomiya kafedrasida assistent lavozimida ishlamoqda. Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 2 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta monografiya tayyorlagan hamda xalqaro va respublika nashrlarda 40 dan ortiq maqola va tezis chop ettirgan.

Isakova Nasiba Raxmatjonovna
1991-yilda Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 2016-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida “Tibbiy profilaktika ishi” yo‘nalishida bakalavriatni, 2018-yilda Andijon davlat tibbiyot institutida “Morfologiya” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. Mutaxassisligi — vrach-umumiy gigiyenist-epidemiolog va morfolog. Mehnat faoliyatini 2018-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida assistent sifatida boshlagan. Keyingi yillarda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining anatomiya yo‘nalishidagi kafedralarida assistent, 2024-yilda “Normal anatomiya, operativ jarrohlik va topografik anatomiya” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimlarida ishlagan. 2025-yildan hozirgacha Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Normal anatomiya kafedrasida katta o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritmoqda. Hozirda t.f.d., professor J.T. Mamasaidov rahbarligida “Yo‘g‘on ichak kasalligida kuzatiladigan qabziyatning bolalar antropometrik ko‘rsatkichlariga ta’siri” mavzusida ilmiy-tadqiqot olib bormoqda. Xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda tezis va maqolalar bilan muntazam qatnashadi. 3 ta monografiya va 20 dan ortiq ilmiy hamda ilmiy-uslubiy maqolalar muallifi.

1993-yil 10-noyabrda Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tug‘ilgan. Mutaxassisligi — vrach, umumiy jarroh. Hozirda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Normal anatomiya kafedrasi assistenti. 2009-yilda Farg‘ona shahar 12-sonli umumta’lim maktabini tamomlagan. 2012-yilda Farg‘ona tibbiyot kollejiga o‘qishga kirgan. 2014–2021-yillarda “V.I. Vernadskiy nomidagi Qrim federal universiteti”da bakalavriat (kunduzgi) ta’limida tahsil olib, davolovchi vrach sifatida tamomlagan. 2021–2023-yillarda shu universitetda jarrohlik yo‘nalishi bo‘yicha ordinaturani yakunlagan. 2023-yil noyabrdan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining “Normal anatomiya, operativ jarrohlik va topografik anatomiya” kafedrasida stajyor-o‘qituvchi sifatida faoliyat boshlagan. 2024–2025-o‘quv yilidan kafedrada assistent lavozimida ishlamoqda. Ilmiy faoliyati davomida OAK e’tirof etgan jurnallarda jami 13 ta maqola, 6 ta tezis chop ettirgan hamda “Neyrofiziologiya” nomli 1 ta monografiya muallifi.
Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari
Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari yosh avlodni mustaqillik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, zamonaviy tibbiyot fanining falsafiy muammolari, O‘zbekiston davlatchiligi tarixining turli jihatlari bo'yicha olib borilmoqda. Normal anatomiya kafedrasida ham kafedra mudiri boshchiligida ilmiy-tadqiqot ishlariga katta ahamiyat berilmoqda. Kafedra xodimlari muntazam ilmiy ishlarni olib borib o‘z bilim va salohiyatlarini oshiradilar. So‘nggi 5 yil ichida kafedra xodimlari tomonidan 300 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan, shu jumladan 3 ta o‘quv qo‘llanma, 6 ta monografiya, 15 ta elektron dastur, yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 100 dan ortiq maqolalar. Bundan tashqari 15 taga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanma va uslubiy tavsiyanomalar nashr etilgan. Xodimlar tomondan nashr etilgan o‘quv qo‘llanma, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va tavsiyanomalar, tibbiyot o‘quv yurtlari talabalari uchun qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalanib kelmoqda. Kafedra xodimlari ko‘plab respublika va xorijiy anjumanlarda, konferensiyalarda doklad va tezislari bilan faol qatnashib kelmoqdalar. Kafedrada nafaqat xodimlar, balki talabalarning ham ilmiy faoliyatiga katta ahamiyat beriladi. Xodimlar rahbarligida talabalar respublika va xalqaro jurnallarda maqolalar yozib nufuzli konferensiya va anjumanlarda qatnashayaptilar. Kafedraning iqtidorli talabalari O‘zbekiston Respublikasi fan olimpiadalarida qatnashib, sharafli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar. Bundan tashqari talabalar nafaqat respublika, balki xalqaro xorijiy fan olimpiadalarga qatnashib nufuzli o‘rinlar olib, diplomlar bilan taqdirlandilar. Iqtidorli talabalar sa’fidan joy olganlar bu Maxammadov M., Karimjonova Sh.R., Bannopov N.M., Yoqubova U.A., Abdullaeva G.B.
Kafedra o‘quv va o‘quv-metodik ishlari
Kafedrada 1-2 kurs davolash ishi, pediatriya ishi, stomatologiya, tibbiy profilaktika ishi, fundamental tibbiyot, oliy hamshiralik ishi, tibbiy biologic ish, Xalqaro davolash ishi, Qirg‘izistondan kelgan davolash ishi va stomatologiya yo‘nalishining 1-kurs va 2 kurs 3 semestrida modul kredit dasturi asosida tahsil olishadi. Kafedrada magistratura morfologiya yo‘nalishi bo‘yicha 4 ta 2-kurs magistr talabalar tahsil oladilar.
O‘qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo‘lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar hammasi har bir xonadagi elektron doskagalarga tashlangan. Har bir xonalarda hamma mavzuga doir mulyajlar bilan ta’minlangan. Ulardan tashqari rentgen qog‘ozlar, sparing usulida o‘tish uchun materiallar bila ta’minlangan. Bulardan tashqari Pirogov apparatida inson organizmining 3D modeli bo‘lib uni katta kichik qilib ko‘rish imkoniyati.
Kafedra kutubxonasi:
- Кutubxonada ingliz, o‘zbek va rus tillaridagi 10 dan ortiq o‘quv adabiyotlar mavjud.
- Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Talabalar uchun mavzuga oid fanni o‘zlashtirishlari uchun barcha manbalar tashkil topilgan. Bundan tashqari har bir bo‘limga yetib kelinganda 1 marotaba klinikalarga olib borib shu mavzuga doir barcha ma’lumotlar berilib nazariya bilan amaliyot birgalikda ko‘rsatiladi.
Kafedra ma’naviy-ma’rifiy ishlari
- Institut miqyosida “Butun dunyo anatomiya kuni” mavzusida keng ko‘lamli tadbir tashkil etildi;
- “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan ma’naviy tadbir o‘tkazildi;
- “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida “Milliy qadriyatlar va ularning zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati” mavzusida tadbir tashkil etildi;
- “COVID-19”, turli ofatlar va salbiy illatlar bo‘yicha tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.

Русский
English