Xalqaro fakultet
Xalqaro fakultetning vazifasi O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning tibbiy, ilmiy va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal etishda samarali ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy tizimli bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va kasbiy malakaga ega yuqori malakali xalqaro mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Xalqaro fakulteti rektorning 2020-yil 1-fevraldagi 40-k-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan. 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab fakultetda "Davolash ishi", "Stomatologiya", "Pediatriya" va "Farmatsiya" yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy talabalar ta’lim olmoqda. Hozirgi kunda Xalqaro fakultetda 1504 nafar talaba tahsil olayotgan bo‘lib, barcha ta’lim dasturlari ingliz tilida olib borilmoqda. Ta’lim oluvchilar Hindiston, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Afg‘oniston, Nigeriya, Mavritaniya, Kanada, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlar fuqarolaridan iborat. Xalqaro fakultet quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi: oliy ta’lim tizimini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha davlat va xalqaro dasturlarda ishtirok etish; professor-o‘qituvchilar tarkibi, talabalar va xodimlarning akademik almashinuv dasturlarini amalga oshirish;
Xalqaro fakultet quyidagi ishlarni amalga oshiradi va nazorat qiladi:
-oliy taʼlimni takomillashtirish boʼyicha dasturlarda ishtirok etadi;
-professor-oʼqituvchilar, talabalar va hodimlarning akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etadi;
-Oʼzbekiston Respublikasidagi xorijiy davlatlar elchixonalari bilan aloqani taʼminlaydi;
-Oʼzbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixonalari bilan aloqani taʼminlash;
-xorijiy talabalar qabulini tashkil qilish va amalga oshirish;
-xorijiy talabalarning tarbiyasi va muhitga koʼnikishi bilan ishlash;
-hamkor xorijiy OTMlari bilan axbarot almashish va hamkorlikda ishlash;
-xorijiy fuqarolar uchun viza talabnomalarni tayyorlash.

Русский
English