Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti

Bosh sahifa

Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti

Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti


 Fakultetda jami 5 ta yo'nalish bo'lib, "Tibbiy profilaktika ishi" yo'nalishida 380 nafar, "Kasb ta'limi: tibbiy pedagogik ish" yo'nalishida 76 nafar, "Xalq tabobati" yo'nalishida 27 nafar, "Biotibbiyot muhandisligi" yo'nalishida 64 nafar, "Oliy hamshiralik ishi" yo'nalishida 160 nafar, jami 707 nafar talaba tahsil oladi.
Fakultetga quyidagi kafedralar biriktirilgan:
1. Kommunal va mehnat gigiyenasi kafedrasi
2.Ovqatlanish, bolalar va o’smirlar gigienasi kafedrasi
3.Preventiv tibbiyot asoslari, jamoat salomatligi, jismoniy tarbiya va sport kafedrasi
4. Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi
5.Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar, hamshiralik ishi kafedrasi
6. Xalq tabobati va farmakologiya kafedrasi
7.Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot texnologiyalari kafedrasi
Fakultet 1992 yili O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim hamda Sog'liqni saqlash vazirliklarining qo'shma buyruqlari asosida Farg'ona Davlat universiteti qoshida ochilgan.
Fakultetda tahsil olayotgan talabalar nazariy bilim olish bilan birga amaliy ko'nikmalarni egallab, yetuk mutaxassis bo'lishlari uchun Farg'ona viloyatining Quvasoy hamda Farg`ona shaharlari sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazlarida, davolash-profilaktika muassasalarida hamda klinik bazalarda o'quv mashg'ulotlari tashkil etilgan.
Fakultet dunyoning yetakchi, ilg'or institut va universitetlari bilan xalqaro aloqalarni o'rnatgan. Jumladan, Belorussiya tibbiy ta'lim akademiyasi, Rossiyaning Kursk davlat tibbiyot universiteti, O'sh davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan.
person

Fakultet dekani

Xamrakulov Tulqin Zokirovich

Qabul vaqti:
 

Dushanba-Chorshanba-08:30-16:30

Telefon:
 

+998 91 159 07 68

Elektron pochta:
 

fmioz@mail.ru

  • Fakultet dekanatining faoliyatini va xodimlarini umumiy boshqarish;
  • Fakultetda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta’minlash, o’quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartlari, o’quv rejalar, o’quv dasturlar bajarilishini ta’minlash;
  • O’quv mashg’ulotlarini o’tkazish jadvallarini tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish, talabalarning o’zlashtirishi va davomatini tekshirib borilishini, reyting nazorati olib borilishini, o’zlashtirish ko’rsatkichlarini,  intizom nazoratini tashkil etish:
  • Talabalarning kursdan kursga o’tkazish to’g’risida buyruqlar loyihasini tayyorlash;
  • Talabalarga stipendiya tayinlash xay’ati ishini tashkil qilish va boshqarish, talabalarga stipendiya berilishi to’g’risida buyruq loyixasini tayyorlash;
  • Yakuniy davlat attestatsiyalarini Nizom talablari asosida tashkil qilish xamda talabalarni  davlat attestatsiyasida qatnashishlarini ta’minlash;
  • Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ular bilan individual, maqsadli ishlash tadbirlarini tashkil etish, ularni fanlar bo’yicha olimpiadalar, turli jamg’armalar (jumladan xorijiy) tanlovlarida qatnashishga tayyorlash va ishtirokini ta’minlash;
  •  Professor-o’qituvchilar malakasini oshirishi ishlarini muvofiqlashtirish va tashkil etish;
  • Fakultet tarkibidagi ta’lim yo’nalishlariga taalluqli darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, boshqarish;
  • Yangi informatsion texnologiyalarni o’quv jarayoniga keng tatbiq etilishini, professor-o’qituvchilarning yangi informatsion texnologiyalarni egallashlarini ta’minlash;
  • Professor-o’qituvchilar va talabalar o’rtasida ingliz tilini o’rganishni tashkil etish, ingliz tilida so’zlashuv nutqini shakllantirish, amaliy  mashg’ulotlar va ma’ruzalarni ingliz tilida  o’tilishini nazorat qilish;
  • Fakultet miqiyosida xujjatlarni elektron almashinuvini, institut saytiga talabalar xaqidagi ma’lumotlarni to’liq kiritilishini ta’minlash va muntazam yangilanib borilishini nazorat qilish;  
  • Gurux murabbiylari bilan uzviy aloqa o’rnatish, faoliyatini nazorat qilish; 
  • Fakultet Ilmiy Kengashini faoliyatini boshqarish;
  • Ilmiy va ilmiy uslubiy konferentsiyalar, kafedralararo yig’ilishlar, fakultet professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, o’z sohasida yangiliklar va ilmiy-texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanishi masalalari va h.k.) seminarlar, muloqot (diskussiya)lar tashkil etish va o’tkazish;
  • Oliy ta’lim muassasasining marketing xizmati bilan hamkorlikda fakultetda tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo’yicha mavjud va istiqbol ehtiyojni o’rganish, mutaxassislarga talabgor tashkilot, korxona, muassasalar bilan aloqalar o’rnatish, bitiruvchilarni ishga joylashishi imkoniyatlarini tartibga solish (maqsadli shartnomalar), amaliy tavsiyalar berish;
  • Turdosh oliy va o’rta-maxsus ta’lim muassasalari hamda ilmiy muassasalar, jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish;
  • Talabalar turar joylarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish;
  • Vakolati doirasida murojaatlarni ko’rib chiqish;
  • Uz vakolati doirasida fakultetning barcha xodimlari, talabalari uchun majburiy bulgan farmoyish, yuriknoma yoki kursatmalar chikarish;
  • Ta’lim mazmunini mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan ta’lim standartlari asosida shakllantirish;
  • Fakultetda o’qitiladigan fanlarni mazmunan va o’quv auditoriya soatlari hajmi bo’yicha rivojlangan chet el mamlakatlari darajasida muvofiqlashtirish uchun fanlarning an’anaviy mazmunini saqlagan holda zamonaviy axborot, uslublar, yangiliklar va boshqalar bilan boyitish ishlarini nazorat qilish;
  • Kasbiy etikani shakllantirish masalalariga keng e’tibor berish, adolatli, fidoyi, vatanparvar va e’tiqodli yosh kadrlarni tayyorlashni ta’minlash;
  • Fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarning fanlari bo’yicha, boshqa Oliy ta’lim muassasa professor-o’qituvchilari va xorijiy olimlar bilan hamkorlikda, darslik o’quv qo’llanmalarni tayyorlashga rahbarlik qilish, kompyuter savodxonligi uchun mashg’ulotlar tashkil etish;
  • Fakultet Ilmiy Kengashi qoshida ustozlar tajribasini o’rganish, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va malaka oshirib kelgan professor-o’qituvchilarning hisobotlarini muhokama qilish bo’yicha seminarlar tashkil etish;
  • Dekan muovinlarini tayinlash bo’yicha Oliy ta’lim muassasa rektoriga tavsiyalar  berish;
  • Yuqori tashkilotlarning ko’rsatmalariga asosan fakultet bo’yicha tegishli hujjatlar va ma’lumotlarni tayyorlash;

Xamrakulov Tulkin Zokirovich - tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent, sanitariya gigiyena va epidemiologiya fanlari doktori. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti dekani. 1966-yil 23 noyabrda Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan.1992-yilda Toshkent Davlat tibbiyot instituti Davolash-profilaktika fakultetini tamomlagan. Ta'lim: sanitariya gigiyena va epidemiologiya. 1995 yildan Farg‘ona tibbiyot tibbiyot institutida ishlab kelmoqda. Dastlab  u Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmatining bir qator markazlarida assistent, katta o‘qituvchi va boshlig‘i lavozimlarida ishlagan, hozirda normal salomatlik kafedrasi mudiri. va patologik fiziologiya. 1995 yilda “Gipoksik va gipoksik gipoksiya rivojlanishida mikrosirkulyatsiya buzilishlarining patogenezida buzilgan gemorheologiyaning roli” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Faoliyati davomida 30 dan ortiq maqola, 70 dan ortiq  monografiya va koʻplab oʻquv qoʻllanmalari muallifi.