Pediatriya fakulteti
“Pediatriya” fakultetining vazifasi “Pediatriya” mutaxassisligi boʻyicha oliy tibbiy maʼlumotga ega raqobatbardosh mutaxassislarni, uzluksiz kasbiy taʼlim tamoyillari asosida faol hayotiy pozitsiyaga ega yuqori malakali olimlarni tayyorlash, sogʻliqni saqlash muammolarini hal qilishdan iborat. Respublika va jahon miqyosida aholi turmush darajasini oshirish, milliy tibbiyot bilim yurti yutuqlarini asrab-avaylash va oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan strukturaga asosan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020-yil 28-fevraldagi 13-sonli bayoni asosida talabalarning qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirilganligi, 2020-2021 o‘quv yilidagi qabul kvotalari ortganligi hisobiga talabalar sonining keskin ortganligi natijasida o‘quv soatlarining ko‘payganligi munosabati bilan hamda sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish maqsadida filialda 2023-yil 1-noyabrdagi 01-I-196-sonli buyruq asosida “Pediatriya” fakulteti tashkil etilgan.
Pediatriya fakultetida 3 ta yo‘nalish bo‘lib Pediatriya, Stomatologiya, Farmatsiya yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat mutaxasislari tayyorlanadi.
60910300-Pediatriya (2022-yildan buyon) yo‘nalishida 274 nafar, 60910100-Stomatologiya (2019-yildan buyon) yo‘nalishida 269 nafar, 60910700-Farmatsiya (2020-yildan buyon) yo‘nalishida 150 nafar, jami 693 nafar talabalar tahsil oladi.
Fakultetga quyidagi kafedralar biriktirilgan:
1.Urologiya va onkologiya kafedrasi
2.Nevrologiya va psixiatriya
3.Pediatriya kafedrasi
4.Pediatriya 2 kafedrasi
5.Stomatologiya va otoloringologiya kafedrasi
6.Dermatovenerologiya va allergologiya kafedrasi
7.Endokrinologiya, gemotologiya va ftiziatriya kafedrasi
Fakultetda tahsil olayotgan talabalar nazariy bilim olish bilan birga amaliy ko‘nikmalarni egallab, yetuk mutaxassis bo‘lishlari uchun Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi, Farg‘on viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida hamda Farg`ona shaharlari sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazlarida, davolash-profilaktika muassasalarida hamda klinik bazalarda o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilgan.Fakultet dunyoning yetakchi, ilg‘or institut va universitetlari bilan xalqaro aloqalarni o‘rnatgan. Jumladan, Belorussiya tibbiy ta’lim akademiyasi, Rossiyaning Kursk davlat tibbiyot universiteti, O’sh davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan. Fakultet dekanatining faoliyatini va xodimlarini umumiy boshqarish; Fakultetda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta’minlash, o‘quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar, o‘quv dasturlar bajarilishini ta’minlash; O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jadvallarini tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish, talabalarning o‘zlashtirishi va davomatini tekshirib borilishini, reyting nazorati olib borilishini, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini, intizom nazoratini tashkil etish: Talabalarning kursdan kursga o‘tkazish to‘g‘risida buyruqlar loyihasini tayyorlash; Talabalarga stipendiya tayinlash hay’ati ishini tashkil qilish va boshqarish, talabalarga stipendiya berilishi to‘g‘risida buyruq loyihasini tayyorlash; Yakuniy davlat attestatsiyalarini Nizom talablari asosida tashkil qilish hamda talabalarni davlat attestatsiyasida qatnashishlarini ta’minlash; Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ular bilan individual, maqsadli ishlash tadbirlarini tashkil etish, ularni fanlar bo‘yicha olimpiadalar, turli jamg‘armalar (jumladan xorijiy) tanlovlarida qatnashishga tayyorlash va ishtirokini ta’minlash; Professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishi ishlarini muvofiqlashtirish va tashkil etish; Fakultet tarkibidagi ta’lim yo‘nalishlariga taalluqli darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, boshqarish; Yangi informatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga keng tatbiq etilishini, professor-o‘qituvchilarning yangi informatsion texnologiyalarni egallashlarini ta’minlash; Professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida ingliz tilini o‘rganishni tashkil etish, ingliz tilida so‘zlashuv nutqini shakllantirish, amaliy mashg‘ulotlar va ma’ruzalarni ingliz tilida o‘tilishini nazorat qilish; Fakultet miqiyosida hujjatlarni elektron almashinuvini, institut saytiga talabalar haqidagi ma’lumotlarni to‘liq kiritilishini ta’minlash va muntazam yangilanib borilishini nazorat qilish; Guruh murabbiylari bilan uzviy aloqa o‘rnatish, faoliyatini nazorat qilish;Fakultet Ilmiy Kengashini faoliyatini boshqarish; Ilmiy va ilmiy uslubiy konferentsiyalar, kafedralararo yig‘ilishlar, fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, o‘z sohasida yangiliklar va ilmiy-texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanishi masalalari va h.k.) seminarlar, muloqot (diskussiya)lar tashkil etish va o‘tkazish; Oliy ta’lim muassasasining marketing xizmati bilan hamkorlikda fakultetda tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo‘yicha mavjud va istiqbol ehtiyojni o‘rganish, mutaxassislarga talabgor tashkilot, korxona, muassasalar bilan aloqalar o‘rnatish, bitiruvchilarni ishga joylashishi imkoniyatlarini tartibga solish (maqsadli shartnomalar), amaliy tavsiyalar berish; Turdosh oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari hamda ilmiy muassasalar, jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish; Talabalar turar joylarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish; Vakolati doirasida murojaatlarni ko‘rib chiqish; O‘z vakolati doirasida fakultetning barcha xodimlari, talabalari uchun majburiy bo‘lgan farmoyish, yo‘riqnoma yoki ko‘rsatmalar chiqarish; Ta’lim mazmunini mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan ta’lim standartlari asosida shakllantirish; Fakultetda o‘qitiladigan fanlarni mazmunan va o‘quv auditoriya soatlari hajmi bo‘yicha rivojlangan chet el mamlakatlari darajasida muvofiqlashtirish uchun fanlarning an’anaviy mazmunini saqlagan holda zamonaviy axborot, uslublar, yangiliklar va boshqalar bilan boyitish ishlarini nazorat qilish; Kasbiy etikani shakllantirish masalalariga keng e’tibor berish, adolatli, fidoyi, vatanparvar va e’tiqodli yosh kadrlarni tayyorlashni ta’minlash; Fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarning fanlari bo‘yicha, boshqa Oliy ta’lim muassasa professor-o‘qituvchilari va xorijiy olimlar bilan hamkorlikda, darslik o‘quv qo‘llanmalarni tayyorlashga rahbarlik qilish, kompyuter savodxonligi uchun mashg‘ulotlar tashkil etish; Fakultet Ilmiy Kengashi qoshida ustozlar tajribasini o‘rganish, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va malaka oshirib kelgan professor-o‘qituvchilarning hisobotlarini muhokama qilish bo‘yicha seminarlar tashkil etish; Dekan muovinlarini tayinlash bo‘yicha Oliy ta’lim muassasa rektoriga tavsiyalar berish; Yuqori tashkilotlarning ko‘rsatmalariga asosan fakultet bo‘yicha tegishli hujjatlar va ma’lumotlarni tayyorlash;