Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Biofizika va tibbiyot texnikasi kafedrasi

Bosh sahifa

Biofizika va tibbiyot texnikasi kafedrasi

Biofizika va tibbiyot texnikasi kafedrasi

Biofizika va tibbiyot texnikasi kafedrasi

 Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining 2021-yil 25-avgustdagi №198 sonli buyrug‘i bilan barcha yo‘nalishlarda aniq fanlar va “Biotibbiyot muxahdisligi” yo`nalishida mutaxassislik fanlarni o‘qitilishi boshlanishi munosabati bilan “Biofizika va tibbiyot texnikasi” kafedrasi tashkil etildi. Kafedra institutning asosiy binosida joylashgan.

Kafedrada quyidagi fanlar o‘qitiladi:

  1. Biofizika
  2. Umumiy fizika. Biofizika
  3. Tibbiy elektronika
  4. Tibbiyot texnikalari elementlari, qismlari, tizimlari
  5. Umumiy va tibbiy radiobiologiya
  6. Hayot faoliyati xavfsizligi. Fuqaro muxofazasi
  7. Chizma geometriya va muxandizlik grafikasi
  8. Mutaxassislikka kirish
  9. Tadqiqot ishlarini teshkillashtirish va rejalashtirish
  10. Tibbiyot texnikasi va yangi tibbiyot tehnologiyalari
  11. Metrologiya va standartlashtirish
  12. Klinik va biokimyo laboratoriyalarida fizik-kimyoviy tekshirish usullari
  13. Sxemotexnika
  14. Amaliy mexanika. Biomehanika.
  15. Elektrotexnikaning umumiy va nazariy asoslari
  16. Telemetrik tizmlarni loyhalash asoslari
  17. Tibbiy o’lchov o’zgartirgichlari va elektrodlar
  18. Biotibbiyot tizmlari optikasi
  19. Mikroprosessor texnikasi
  20. Intelektual o’lchov texnikasi
  21. Biologik va tibbiyot tizmlarini boshqarish
  22. Biotibbiyot signallarini taxlil qilish va boshqarish
  23. Elektron tibbiyot qurilmalariga servis xizmat ko’rsatish
  24. Tibbiy biologic parametrlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizmlari
  25. Biomaterialshunoslik
  26. Biotibbiyot muhandisligida menejment asoslari
  27. Biotibbiyot muhandisligi yo’nalishi bo’yicha malakaviy va diplom oldi amaliyotlari

Xalqaro qo‘shma fakultetlarda:

  1. Физика
  2. Физико-химическое основы современных методов исследования в медицине
  3. Безопастность жихнедеятельности

            2021-2022 o‘quv yilida kafedrada jami: 9 nafar, shundan 1 nafar professor, 1 nafar katta o’qituvchi, 6 nafar assistant o‘qituvchilar asosiy ish o‘rinlarida, 1 nafar  fan nomzodi (PhD) ichki o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritmoqdalar.Kafedra asosiy stavkadan kelib chiqib ilmiy salohiyati 22,2% ni tashkil etadi. Kafedraga katta o’qituvchi  M.M.Mamajonov rahbarlik qilib kelmoqda.

     Mamajonov Ma’rufjon Muxtorovich – Tibbiyot apparatlari va tizmlari bo`yich tibbiy-muxandis. Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Biofizika va tibbiyot tehnikasi” kafedrasi mudiri.1973-yil 17-oktyabrda Farg‘ona viloyati, O’zbekiston tumanida tug‘ilgan. 1999 yil II-Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg`ona filialini tamomlagan. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: Tibbiyot apparatlari va tizmlari bo`yich tibbiy-muxandis.Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2020-yildan boshlab faoliyat olib boradi, dastlab kafedra assistenti va bir qator lavozimlarida faoliyat olib borgan va hozirda “Biofizika va tibbiyot texnikasi” kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.  Hozirda u O’zbekiston-Belerussiya davlatlararo tuzilgan shartnomalar doirasida bir qator OTM lar bilan xamkorlik asosida ilmiy-amaliy markazlarni tashkil etish, biotibbiyot muxandisligi yonalishlari bo’yicha interaktiv usullarni ta’lim tizimiga joriy etish, shu bilan birga biomaterialshunoslik soxasida ilmiy izlanishlar bilan shug’ullanib kelmoqda. M.M.Mamajonov ilmiy–pedagogik faoliyat bo‘yicha qariyib 21 yil, shu bilan birga tibbiyot texnikalari sohasida katta tajribaga ega. E-mail: Mamajonovmarufjon17@mail.ru Telefon raqami: +99897 503-74-79

 Qoraboev Muxammadjon Qoraboevich - fizika -matematika fanlari doktori, professor, BMT ning maslaxatchisi maqomidagi xalqaro axborotlashtirish akademiyasi akademigi, strategik menedjment buyicha Fransiyaning xalqaro SRI jamiyatining oltin medali lauriyati. 08.03.1942  yilda tug‘ilgan.1963 yili Andijon pedagogika institutini tamomlab unda assistent, Moskva pedagogika institutini stajyor-tadqiqotchisi va aspiranti bo‘lgan.1970 yili fan nomzodi, 1986 yili fan doktori ilmiy darajalarini 1992 yili professor ilmiy unvonlariga sazovor bo‘lgan. Prezidentimiz tashabbusi, mustaqilligimiz sharofati bilan, vodiymizda ilk bor Farg‘ona universiteti tashkil qilindi va uning rektori lavozimiga professor M.Qoraboev tayinlandi 1991yili, 1994-1996 yillari davomida faoliyat ko‘rsatdi. M.Qoraboev fan olamida molekulyar akustika va issiklik fizikasi soxalaridagi yetuk olim ixtirochi xamda tashkilotchi raxbar sifatida e'tirof etiladi. U 30 dan ortik ixtirolar muallifi, 250 dan ortik ilmiy makolalari O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarda chop etilgan, etiborli xalkaro ilmiy anjumanlarda e'lon qilingan. 1980-1991 yillarda O‘zbekiston fanlar akademiyasida «Teplofizika va issiqliq fizikasi» ixtisosligi bo‘yicha fan doktorligi va nomzodlik ilmiy darajalariga dissertasiyalar ximoya qilish bo‘yicha ixtisoslashgan ilmiy kengashni a'zosidir.

  

Xolitdinov Xosiljon - 30.05.1949-yil Farg‘ona viloyati, Quva tumanida tug‘ilgan.  Katta o’qituvchi 1974 yilda Farg‘ona Davlat Pedagogiika institutini “Fizika fakuteti” yo‘nalishini muvafaqiyatli tamomlagan.2005 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali iqtisodiyot va tadbirkorlik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida mexnat faoliyatini boshlagan. 2018- yildan “Biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi bo‘lib o‘z mexnat  faoliyatini davom ettirmoqda.

 

Axmadalieva Gulnora Xamrakulovna -12.10.1974 yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. Kafedra assistent.1997 yil Fag‘ona politexnika institutini “Biotibbiyot apparatlari va sistemalari” yo‘nalishini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1999 yildan pedagogik faoliyatini boshlagan. 2019 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali “Buyurtmalar portfelini shakllantirish bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring” bo‘limi boshlig‘i bo’lib ishlagan. 2020 yildan “Biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti. Umumiy ish staji – 29 yil, undan pedagogik staji – 22 yil. Tel: 91 668 4790 Email: ahmadaliyevagulnora@yandex.ru

Eshonov Ravshanbek Muxammadmusaevich -12.08.1973 yil Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tug‘ilgan.Kafedra assistenti. 1999 yilda 2-ToshMI Farg‘ona filiali “Tibbiy muxandislik ishi” yo‘nalishini tamomlagan. 1999-2000 yil yillarda Rishton tumani markaziy shifoxonasida tibbiy muxandis vazifasida o‘z mexnat faoliyatini boshladi. 2000-2003yillar Rishton tumani xalq ta'limiga qarashli №61-o‘rta maktabda,  2003 yilda Farg‘ona tibbiyot kollejida o‘quvchilarga ta'lim berdi. 2019 yil “Farmasiya” bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. R.M.Eshonov 2020 yil sentyabr oyidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali hozirgi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida o‘z faoliyatini boshladi. Umumiy ish staji – 29 yil, undan pedagogik staji –  21 yil. Tel: 99 532 16 52 Email: eshonovravshanbek73@gmail.com