Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Yashil Universitet-Yashil Makon

Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yangi daraxt — yangi nafas” ekochempionati tashkil etildi 

Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tomonidan “Yashil makon” umummilliy tashabbusi doirasida “Yangi daraxt — yangi nafas” nomli keng qamrovli ekochempionat boshlab yuborildi. Ushbu tadbir “Yashil universitet” dasturi tamoyillariga toʻliq mos boʻlib, ekologik muhitni yaxshilash, barqaror rivojlanish gʻoyalarini ilgari surish va yoshlarning atrof-muhitga nisbatan masʼuliyatini oshirishga qaratilgan.

Ekochempionatning asosiy maqsadi — institut hududi va unga tutash maydonlarda yangi koʻchatlar ekish orqali yashil makonlar sonini oshirish, talaba-yoshlar, professor-oʻqituvchilar hamda xodimlar orasida ekologik madaniyatni shakllantirish va tabiatni asrash masʼuliyatini kuchaytirishdan iborat.

Tadbir doirasida:

Institutning barcha fakultetlari, kafedralari va boʻlimlari oʻrtasida “Eng koʻp daraxt ekkan jamoa” hamda “Eng chiroyli yashil burchak” nominatsiyalari boʻyicha bellashuvlar tashkil etiladi;

Talabalar tomonidan manzarali va mevali daraxt koʻchatlari, gul koʻchatlari ekiladi;

Har bir ekilgan daraxt uchun masʼul talabalar guruhi belgilanadi, bu esa daraxtlarning parvarishi va barqaror yashovchanligini taʼminlaydi;

Ekologik seminarlar, tozalik aksiyalari, yashil hududlarni parvarishlash boʻyicha mahorat darslari oʻtkaziladi.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida


“Yashil universitet” dasturi doirasida institut rahbariyati tomonidan:

Energiya tejamkor tizimlarni joriy etish, chiqindilarni saralash, Atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha talabalar ishtirokida “eko-volontyorlik” harakati, Yashil hududlarni muntazam sugʻorish, parvarish qilish hamda barqaror ekologik infratuzilmani rivojlantirish kabi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur ekochempionat nafaqat institut hududini obodonlashtirishga, balki sogʻlom ekologik muhit yaratish, tabiatni asrash madaniyatini yoshlar ongiga singdirish va xalqaro miqyosda ekologik barqarorlik tamoyillarini targʻib qilishga xizmat qiladi.

Tadbir yakunida eng faol ishtirokchilar, talaba-guruhlar va kafedralar faxriy yorliqlar hamda “Yashil universitet elchisi” sertifikatlari bilan taqdirlanadi.

“Yangi daraxt — yangi nafas” — bu shunchaki ko‘chat ekish emas, balki kelajak avlod uchun sog‘lom, toza va yashil muhit yaratish sari qo‘yilgan ishonchli qadamdir.


2025 yil Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili  


“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida


Yashil Universitet-Yashil Makon


Ekofoaol talabalar va Yashil Universitet tadbirlari