Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Mahorat darsi

Bugungi kunda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga biriktirilgan viloyatning tibbiyot texnikumlarida tehsil oluvchi o‘quvchilarning tibbiy bilimlarini oshirish va mustahkamlash, shuningdek, pedagog-kadrlarga metodik yordam berish maqsadida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Joriy yilning 7-oktyabr  kuni Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori bosh mutaxassisi N.Shokirova va “Pediatriya” kafedrasi o‘qituvchilari R.Shermatov, I.Alimova, X.Babadjanova, S.Abdullayev va A.G‘ofurovlar ishtirokida “Ona suti chaqaloqlar uchun bebaho ozuqa” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. O‘tkazilgan darsda professor o‘qituvchilar yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun ona sutining qanchalik zarurligini, uning foydali tomonlari hamda bola rivojlanishi uchun organizmga ko‘rsatadigan ta’siri haqida tinglovchilarga gapirib berdi. O‘quvchilar esa o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mazkur kafedra o‘qituchilari tomonidan javob oldilar. Ochiq dars so‘nggida Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori bosh mutaxassisi N.Shokirova o‘quvchilarga institutda mavjud fakultetlar, yo‘nalish va mutaxassisliklar haqida batafsil ma’lumot berdi.


Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tibbiyot texnikumlari

2-Farg’ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

1-Marg‘ilon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

2-Marg’ilon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

Qo‘qon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

Quva Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

Farg’ona tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

Rishton Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi