Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

ECAQA Xalqaro Maxsus Akreditatsiya-2023

 

2023 yil sentabr oyida Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga ECAQA Xalqaro maxsus Akreditatsiya ishchi delegatsiyasi tashrif buyurgan edi. Unda  Ta'lim va sog'liqni saqlash sohasida akkreditatsiya va sifatni ta'minlash bo'yicha Yevroosiyo markazi (ECA)dan institutimizga kelgan xalqaro ekspertlarlarning ta'lim dargohimizni o'rganish jarayonlari bo'lib o'tgan edi. Unda Ekspertlar yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy sohalarda tizimli bajarilib kelinayotgan ishlar, tyutorlar faoliyati, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda iqtidorli talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, me'yoriy hujjatlarni ko'zdan kechirib, mas'ullar bilan suhbatlar olib borishgan edi.

Ba'tafsil ma'lumot uchun: https://fjsti.uz/detail/ecaqa-oliy-ta%CA%BClim-va-sog%CA%BBliqni-saqlash-sohasida-akkreditatsiya-va-sifatni-ta%CA%BCminlash-bo%CA%BByicha-yevroosiyo-markazi?menu_id=71

Tibbiyot sohasi oliy ta’lim muassasalari reytingi e‘lon qilindi. Unda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Respublika tibbiyot  oliygohlari ichida 6 o‘rinni egalladi. Eslatib o‘tish joizki Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ECAQA-Oliy taʼlim va sogʻliqni saqlash sohasida akkreditatsiya va sifatni taʼminlash boʻyicha Yevroosiyo markazi tomonidan, Xalqaro akkreditatsiya xalqaro baholash tizimidan xam muvaffaqiyatli o‘tgan edi. 

- Buxoro davlat tibbiyot instituti
- Toshkent tibbiyot akademiyasi
- Toshkent davlat stomatologiya instituti
- Toshkent farmatsevtika instituti
- Samarqand davlat tibbiyot universiteti
- Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
- Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
- Andijon davlat tibbiyot instituti
- Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti


Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti 2021-yilda respublika OTMlar milliy reytingida 65-o‘rinni (ikkinchidan oxirgi o‘rinni) egallagan edi. Joriy yilda institut reytingi 20 pog‘onaga ko‘tarildi, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti O‘zbekiston Respublikasining 76 ta oliy ta‘lim muassasalari ichida 45-o‘rinni egalladi. Bundan tashqari, institut bu yil  (The THE World University Rankings)  dunyo reytingida ham dunyoning TOP 1000 ta universitetiga da'vogar sifatida qayd etilgan edi.