Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

ECAQA-Oliy taʼlim va sogʻliqni saqlash sohasida akkreditatsiya va sifatni taʼminlash boʻyicha Yevroosiyo markazi

Yevroosiyo akkreditatsiya va ta'lim sifatini ta'minlash markazi" tomonidan bir guruh ekspertlar 19-21-sentabr kunlari institutimizda bo'ldilar. 6 nafardan iborat ekspertlar institutimizga tashrif buyurdi. Mehmonlarni prorektorlar kutib olib, dastlab ularni ta'lim dargohimiz bilan qisqacha tanishtirdilar. So'ngra ekspertlar institutimizning rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor, Akmal Abdikaxarovich hamda o'quv muassasamiz mas‘ullarii bilan uchrashdi. Suhbat davomida erishilgan yutuqlar, natijalar, istiqbolli rejalar haqida so'z yuritildi. Ekspertlar 3 kun mobaynida institutimiz xalqaro akkreditatsiyaga muvofiq ekanligini aniqlaydilar, o'rganish ishlarini olib boradilar. Ta'lim va sog'liqni saqlash sohasida akkreditatsiya va sifatni ta'minlash bo'yicha Yevroosiyo markazi (ECAQA) mustaqil maqomga ega bo'lib, kelgusida institutimiz xalqaro pog'onaga yana bir karra yuqorilashi kutilmoqda.

Ta'lim va sog'liqni saqlash sohasida akkreditatsiya va sifatni ta'minlash bo'yicha Yevroosiyo markazi (ECA)dan institutimizga kelgan xalqaro ekspertlarning ta'lim dargohimizni o'rganish jarayonlari davom etmoqda. Ekspertlar yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy sohalarda tizimli bajarilib kelinayotgan ishlar, tyutorlar faoliyati, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda iqtidorli talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, me'yoriy hujjatlarni ko'zdan kechirib, mas'ullar bilan suhbat oʻtkazdilar.

Ta'lim va sog'liqni saqlash sohasida akkreditatsiya va sifatni ta'minlash bo'yicha Yevroosiyo markazi (ECA), xalqaro ekspertlari institutimizdagi dars jarayonlari, o'quv va amaliyot xonalari bilan yaqindan tanishib, talabalar bilan suhbatlar olib bormoqdalar. Bundan tashqari Ta'lim va sog'liqni saqlash sohasida akkreditatsiya va sifatni ta'minlash bo'yicha Yevroosiyo markazi (ECA) xalqaro ekspertlar 2-sonli talabalar turar joyi bilan tanishdi. U yerda talabalar uchun yaratilgan qulayliklar, me'yoriy hujjatlarni yaqindan o'rgandilar.