“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI
Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabalari o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yining birinchi tur bosqichi bo'lib o'tdi.
Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish, ushbu o‘yinlar tashkil qilinishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholining intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida:
1. “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Zakovat” intellektual o‘yini va boshqa intellektual o‘yinlarni (keyingi o‘rinlarda — intellektual o‘yinlar) tizimli ravishda rivojlantirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklansin:
yoshlarning intellektual rivojlanishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va bu sohadagi ishlarni muvofiqlashtirib borish;
yoshlar o‘rtasida intellektual o‘yinlar, notiqlik musobaqalari, chet tillarda munozara va uchrashuvlar o‘tkazish;
yoshlar o‘rtasida intellektual o‘yinlarni rivojlantirish hamda ommalashtirishga qaratilgan loyihalarga grantlar ajratish;
intellektual o‘yinlar va ulardagi iqtidorli ishtirokchilar haqidagi ma’lumotlarning elektron platformaga kiritilishini ta’minlash va intellektual o‘yinlar natijalarini ommaviy axborot vositalarida yoritib borish.