YURT FAXRI
2009 yili Sankt – Peterburg pediatriya tibbiyot universitetini ( hozirgi – Sankt – Peterburg Davlat pediatriya tibbiyot universiteti) tamomlagan. 2009 yilning oxirida Germaniyaning Berlin shahridagi Vivantes klinikasida 3 oylik klinik amaliyotni o’tagan. 2010 – 2011 yillari dermatovenerologiya kafedrasida dermatovenerologiya mutaxassisligi bo’yicha klinik ordinaturada tahsil olgan. 2011 - 2012 yillari patologik anatomiya va sud tibbiyoti kursi kafedrasida patologik anatomiya mutaxassisligi bo’yicha klinik internaturani o’tagan. 2012 yilning oktyabrь oyidan 2013 yil dekabrь oyigacha Sankt – Peterburg Davlat pediatriya tibbiyot universitetining dermatovenerologiya kafedrasida aspirant bo’lib ish yuritgan. Dissertatsiya mavzusi: “Kliniko-morfologicheskaya xarakteristika krupno- i melkoblyashechnogo parapsoriaza”. 26.12.2013 yili Oliy ta’lim Federal Davlat byudjetidagi ta’lim muassasasi bazasidagi Mechnikov nomidagi SHimoliy- g’arbiy tibbiyot universitetida 14.01.10 – teri va tanosil kasalliklari, 14.03.02 – patologik anatomiya mutaxassisliklari bo’yicha kandidatli dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2013 yilda Edinburg universitet klinikasida dermatologiya va dermatoonkologiya mutaxassisliklari bo’yicha ilmiy va klinik amaliyot tajribasini oshirdi. 2014 yilda Bonn universiteti klinikasida dermatologiya va dermatopatologiya mutaxassiligi bo’yicha ilmiy va klinik amaliyot tajribasini oshirdi. 2014 yilning yanvarь oyidan 2015 yilning yanvarь oyigacha Sankt – Peterburg Davlat pediatriya tibbiyot universitetining onkologiya va radiologiya kursi kafedrasida internaturani tamomlagan. 2015 yilda Chexiya Respublikasi, Plzen shahri Sharite universiteti klinikasida dermatopatologiya va dermatoonkologiya mutaxassisliklari bo’yicha ilmiy va klinik amaliyot tajribasini oshirdi. 3.06.2019 yili Oliy ta’lim Federal Davlat byudjetidagi ta’lim muassasasi bazasidagi S.M.Kirov nomidagi Harbiy – tibbiyot akademiyasida 14.03.02 – patologik anatomiya va 14.01.10 – teri va tanosil kasalliklari mutaxassisliklari bo’yicha: “Eritrodermiya. Kliniko-morfologicheskie, molekulyarno-geneticheskie i differentsialьno diagnosticheskie osobennosti” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2020 yilning 17 martidan 2020 yil 27 noyabrigacha O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Fan va ta’lim bosh boshqarmasining Fanni rivojlantirish boshqarmasi boshlig’i bo’lib ishlagan. 2020 yilning 28 noyabridan 2021 yil 27 apreligacha O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash vazirligi Davlat tibbiyot tashkilotlarida dori vositalari va tibbiy buyumlarga bo’lgan ehtiyojni shakllantirish boshqarmasi boshlig’i vazifasida faoliyat yuritgan. 2020 yili A.A.Sidikovning tashabbusi bilan dunyoda birinchi marta Toshkent Davlat stomatologiya instituti qoshida Dermatoonkopatologiya kafedrasi tashkil qilindi. Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori etib tayinglanguniga qadar, u shu kafedrani boshqargan. 33 yoshida Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining rektori etib tayinlandi (FJSTI). 34 yoshida YuNESKO tarkibidagi Fundamental ta’lim Xalqaro akademiyasining Patologik anatomiya va Dermatovenerologiya ilmiy yo’nalishlari bo’yicha “Professor” ilmiy unvoniga sazovor bo’ldi. A.A.Sidiqov rahbarligida 2ta kandidatlik dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi. Rektor tashabbusi bilan MDH davlatlaridagi tibbiyot oliygohlari ichida birinchi marta AQSH o’qitish modeli, ya’ni USMLE (United States Medical License Examination) dasturi tadbiq etildi. 2012 yildan buyon u (EADV) Dermatolog va venerologlar Yevropa akademiyasi va (ESDR) Dermatologik tadqiqotlar Yevropa jamiyati a’zosi hisoblanadi. 100 dan ortiq ilmiy ishlar, shuningdek dermatologiya sohasidagi 7 ixtiro, 5 ta o’quv- uslubiy qo’llanmalar, federal klinik tavsiyalar va innovatsion elektron darslik, 3 ta monografiya, Rossiya va Yevropaning nufuzli jurnallarida chop etilgan 4 ta ilmiy ishning muallifi va hammuallifi. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Fan va innovatsiyalar sohasidagi 2018 yil yosh olimlari mukofoti nominanti. Sankt – Peterburg hududida joylashgan oliy ta’lim muassasalari va akademik institutlari yosh olimlari, yosh fan nomzodlari mukofoti laureati. Dermatologiya i venerologiya Michael Hornstein Yevropa akademiyasi mukofoti laureati. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mehr -saxovat», “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 – yilligi “ko’krak nishonlari bilan mukofotlangan.
Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.