Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Yotoqxonadan joy olish uchun kimga murojaat qilish kerak?

1-avgustdan talabalar turar joylari uchun onlayn ariza berish boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi. Yotoqxonaga ehtiyoji bor talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali jo‘natishlari mumkin. Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori bilan tasdiqlangan reglamentga ko‘ra, dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi. 2024/2025-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi.