Yoshlar kuni bilan
O’zbekiston prezidenti SHavkat Mirziyoev 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan mamlakat yoshlariga bayram tabrigi yo’lladi. ... Barchangizni yurtimiz hayotidagi qutlug’ bayram – Yoshlar kuni bilan samimiy tabriklab, o’zimning chuqur mehrim va ezgu tilaklarimni bildirishdan g’oyat mamnunman. Bugungi kunda mamlakatimizda yangi O’zbekistonni barpo etishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda azmu shijoatli yoshlarimizning o’rni va ta’siri tobora ortib borayotgani hammamizni quvontiradi.
Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori professor Akmal Abdikaxаrоvich instituda taxsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan barcha yoshlarni 30 iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan tabrik so`zi yo`lladi.
"Assalomu alaykum, aziz talaba-yoshlar! Barchangizni sevimli bayramingiz, shijoat va kamolot ayyomi – Yoshlar kuni bilan samimiy tabriklayman. Sizlarni doimo bugungiday bayramona kayfiyat tark etmasin. Sihat-salomatlik, go'zal hayot, ilmiy muvaffaqiyatlar tilayman. Vatanimiz, el-yurtimiz sizlar kabi fidoyi va jasur farzandlari bilan hamisha faxrlanadi! Yurtimiz kelajagi siz yoshlar qo'lida!"