Virtual qabulxona

+99873243-06-62

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Yashil makon

Yurtimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlarning eng muhim vazifalaridan biri inson hayot sifati va farovonligini oshirishdan iborat bo'lib, davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag'allikni qisqartirish, aholini yangi ish o'rinlari va kafolatli daromad manbai, munosib yashash sharoitlari bilan ta'minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish belgilab qo'yildi. "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko'kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda  Bahor — yashillik va begʻuborlikka burkanuvchi fasldir. Ushbu faslda ko'cha-ko'ylar, xonadonlarimizni obod qilish doimiy an'anaga aylangan. Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti tomonidan loyiha doirasida turli xil ko'chatlar ekilib oliygohimiz hududi obodonlashtirilmoqda. Fakultet talabalari va mas'ullar talabalarimiz turar joyi hamda o'quv binolarimiz hududini ko'kalamzorlashtirishga o'z hissasini qo'shmoqda.