Yangi o‘quv yili
Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2025–2026 o‘quv yilining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. “Talabalikka bag‘ishlov” nomi ostida tashkil etilgan ushbu tadbirda 1-bosqich talabalari, ularning ota-onalari, professor-o‘qituvchilar, faxriy ustozlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Institut rektori, professor Akmal Sidikov o‘z nutqida yangi o‘quv yilida talabalarga ilmiy salohiyat, keng dunyoqarash va yuksak marralarni zabt etishda kuch-g‘ayrat tiladi hamda mamlakatda yaratilayotgan ta’lim imkoniyatlarini ta’kidladi.
Tadbir davomida iqtidorli talabalar yutuqlari uchun taqdirlanib, eng yuqori ball bilan grant asosida qabul qilingan yoshlar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Shuningdek, 1-bosqich talabalari ramziy talabalik guvohnomasini qabul qilib oldilar.
Marosim san’atkorlar ijrosi bilan boyitilib, ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirdi. Ushbu tadbir institut hayotida nafaqat yangi o‘quv yilining boshlanishi, balki yoshlarning kelajakka intilish va orzularining ramzi sifatida tarixda qoladi.