Virtual qabulxona

+99873243-06-62

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Yangi o‘qish haftasi Davlat Madhiyasi bilan boshlandi.

Davlat madhiyasi sadolari ostida yangi kunni boshlash bilan barchamiz hayajon va g'urur tuyg'usini his qilamiz. Darhaqiqat, dunyoda turli xil qo'shiqlar bisyor, biroq faqat bittasi xalqni birlashtira oladi. Bu davlat madhiyasi hisoblanadi. Madhiya bizning xalqimiz, suverenitetimiz va intilishlarimiz ramziga aylangan. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida bugun yangi o‘qish haftasini, oliygohimizda davlatimiz madhiyasi bilan boshlandi, yuksak g'urur bag'ishlovchi, iftixorimiz bo'lgan Madhiyamizni institutimiz xodimlari va talabalarimiz ijro etishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zoʻr ehtirom bilan qarash Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.
Mutal Burhonov musiqasi 
Abdulla Oripov soʻzi
 
Serquyosh hur oʻlkam, elga baxt, najot, 
Sen oʻzing doʻstlarga yoʻldosh, mehribon! 
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod, 
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqorat:
Oltin bu vodiylar - jon Oʻzbekiston, 
Ajdodlar mardona ruhi senga yor! 
Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon, 
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bagʻri keng oʻzbekning oʻchmas iymoni, 
Erkin, yosh avlodlar senga zoʻr qanot! 
Istiqlol mashʼali tinchlik posboni, 
Xaqsevar, ona yurt, mangu boʻl obod!
Naqorat:
Oltin bu vodiylar - jon Oʻzbekiston, 
Ajdodlar mardona ruhi senga yor! 
Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon, 
Olamni mahliyo aylagan diyor!