Virtual qabulxona

+99873243-06-62

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

XOTIRA MANGU, QADR ULUG‘

Bugun professor Muhammadjon Qoraboyev tavvalludiga 82 yil to'ldi Sana munosabati bilan Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutida uzoq yillar samarali mehnat qilgan, fizika-matematika fanlari doktori, professor Muhammadjon Qoraboyev xotirlandi. Xotira kechasida oliygohimiz xodimlari, professorning yaqin qarindoshlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Dastlab, institutimiz rektori, professor Akmal Sidikov Muhammadjon Qoraboyevga berilgan "Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutining faxriy professori" unvonini uning farzandiga topshirdi. Jonkuyar ustoz Akademik M.Qoraboyevning ilm yo'lida qoldirgan boy merosi iliq so'zlar orqali samimiyat bilan yodga olindi. Tadbir yakunida esa M.Qoraboyev haqidagi "Xotira" videolavhasi namoyish etildi.

Dunyoda shunday insonlar bо‘ladiki, ular umrini, butun xayotining har bir daqiqasini Vatanimiz ravnaqiga, ilm fan rivojiga, shogirdlar kamoliga, xalqimizning farovonligiga, ilm-fan rivojiga bag‘ishlaydilar. Shunday insonlardan biri fizika-matematika fanlari doktori, professor, axborot texnologiyalar xalqaro akademiyasi akademigi Qoraboyev Muxammadjon Qoraboyevich hisoblanadi.

Qoraboyev M.Q. 1942- yili 8-mart kuni Andijon viloyati Andijon tumanida tavallud topgan.

 1958- yili  o‘rta maktabni a’lo baholarga bitirib, Andijon Davlat pedogogika institutiga о‘qishga kiradi. 1963- yilda institutni ham a’lo baholarga tamomlab Andijon Davlat pedogogika instituti fizika matematika kafedrasiga ishga olib qolinadi. Ilm-fanga qiziqan M.K.Qoraboyevni institut rahbariyati 1964- yili Moskva pedagogika institutiga ilmiy-tadiqotchi sifatida ilm bilan shug‘ulanishga yuboradi. 1966-1969 yillarda Moskva pedogogika instituti aspirantlik lavozimida dissertatsiya yoqlab fizika- matematika fanlari nomzodi ilmiy unvoniga sazovor bо‘ladi.

  1969-1977 yillar davomida Andijon Davlat pedogogoka institutida katta о‘qituvchi, dotsent, katta ilmiy xodim sifatida faoliyat kо‘rsatadi. Ilm yо‘lida tinimsiz mehnat qilgan olim 1978- yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib fizika -matematika fanlari doktori ilmiy darajasiga erishadi.

   1977-1987 yillarda Qoraboyev M.Q О‘zbekiston fanlar akademiyasi tarkibida issiqlik fizikasi ilmiy tadiqot institutini tashkil qiladi va uning direktori sifatida faoliyat yuritadi.

Respublika rahbariyati Qoraboyev M.Q ni tashkilotchilik faoliyatini hisobga olib 1991-yili Farg‘ona politexnika instituti rektori lavozimiga ishga yuboradi. Qisqa vaqt ichida ushbu institutdagi yuksalishlarni inobatga olinib Respublika Xalq ta’lim vazirining birinchi о‘rinbosari lavozimiga tayinlanadi.

Ustoz 1989-1991 yillarda Farg‘ona viloyati partiya qo‘mitasini kotibi lavozimida mehnat qiladi va Respublika rahbariyatiga vodiy uchun universitet tashkil qilish masalasini qо‘yadi va 1994 -yili Farg‘ona davlat universiteti tashkil qilinib, ustoz bir necha yil universitet rektori lavozimida ishlaydi. Qisqa vaqt ichida universitetda olimlar soni va salohiyati Respublika bо‘yicha oldingi o‘rinlarga ko‘tariladi.

   Ustoz 1992-1994 yillarda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasida ta’lim,sog‘liqni saqlash,madaniyat ishlari bо‘yicha bosh Vazir о‘rinbosari lavozimida ishlaydi va Respublikada birinchi marta institutlarga qabul jarayonini shaffoflash maqsadida test sinovlarini joriy qiladi.

    1994-1997 yillarda ustoz о‘zi tashkil qilgan Farg‘ona davlat universitetiga rektorlik lavozimiga ishga qaytadi.

1997-1998 yillarda Farg‘ona davlat universiteti fizika kafedrasi mudiri.

1998-2012 yillar davomida 2- Toshkent davlat tibiyot instituti Farg‘ona filliali biofizika va biokimyo kafedrasi mudiri, O‘quv va ilmiy ishlar bо‘yicha direktor о‘rinbosari lavozimida mehnat qildi.

   M.Q.Koraboyev 2022-yildan to xozirgi kungacha Farg‘ona jamoat salomatligi instituti Biofiika va tibbiyot texnikasi kafedrasi mudiri lavozimida yoshlarga ustozlik qildilar.

 Farg‘ona davlat universiteti rektorlik vazifasida ishlab yurgan yillari ustozning sayi harakatlari bilan universitet tarkibida Respublika sog‘liqni saqlash va Oliy ta’lim Vazirliklari qо‘shma buyruqlar asosida tibbiyot fakulteti tashkil qilindi. Bu fakultetga vodiy bо‘yicha ilmiy unvonga ega bо‘lgan olimlar jalb etildilar va bu fakultet sanitariya-gigiyena sohasida mutaxassislar yetishtirib chiqara boshladi.

 Bu fakultet keyinchalik 2-Toshkent tibbiyot instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi filiali sifatida faoliyat yurgizdi.  

M.Q.Qoraboyev boshchiligida Respublika shoshilinch tibbiy ilmiy markazi Farg‘ona filialida “EXTERNET” bо‘limi tashkil eildi.

M.K.Qaraboyev 250 dan ortiq ilmiy maqola, 30 dan ziyod ixtiro muallifidir. Uning ko‘plab shogirdlari respublikamizning ta’lim, tibbiyot, qishloq xо‘jaligining turli sohalarida mehnat qilmoqda.

Ustoz bir qancha og‘ir xastaliklar natijasida 2024-yil 23-fevral kuni boqiy dunyoga rihlat qildi. Muhammadjon Qoraboyevning so'nmas merosi shogirdlar va yurtdoshlarimiz qalbida mangu qoladi.