Xotira - abadiy, qadr - muqaddas
Tibbiyot fanlari doktori, professor, 1998-2005-yillar davomida Toshkent davlat 2-tibbiyot instituti Fargʻona filiali direktori lavozimida faoliyat ko'rsatgan, Nishonov Yusuf Nishonovich 78 yoshida bu yorugʻ olamni tark etdi.
Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti - marhumning yaqinlariga sabr-qanoat tilaydi.
1946 yilda Farg'ona viloyati Buvayda tumanida tug'ilgan. Yusuf Nishonov 1963-1965 yillarda Qo'qon tibbiyot bilim yurtini tamomlagan. 1968 yili Toshkent tibbiyot institutiga o'qishga kiradi va institutni 1973 yilda "a'lo" baholarga bitirib, 1973-1983 yillarda Toshkent tibbiyot institutida stajyor tadqiqotchi, Odam anatomiyasi kafedrasida assistent, katta o'qituvchi vazifalarida ishlagan. Yu.N.Nishonov 1983 yilda Toshkent tibbiyot instituti Ilmiy Kengashida «Jigarning 40-70% olib tashlangandan so'ng ingichka ichakning kompensator moslashuv va morfofunktsional o'zgarishlari» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 1998 yili esa Toshkent tibbiyot instituti maxsus Ilmiy Kengashida "Yo'g'on ichakni to'liq olib tashlash operatsiyasidan so'ng ingichka ichakning morfofunktsional moslashuvi va undagi o'zgarishlar" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. 1992 yilda Farg'ona Davlat universiteti qoshida "Tibbiyot Markazi" tashkil etilishi munosabati bilan Yu.N.Nishanov Tibbiy fundamental fanlar kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi. 1998-2005 yillarda Toshkent davlat 2-tibbiyot instituti Farg'ona filiali direktori lavozimida faoliyat ko'rsatgan. Ilm-fanda, yoshlarga bilim berishda o'ta tirishqoqligining mas'uli sifatida tibbiyot fanlari doktori, professor Yu.N.Nishanov 2 marta O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga deputat etib saylangan. 2005 yilda U O'zbekiston Oliy Majlis qonunchilik palatasiga deputatlikka saylandi. 2005-2010 yillarda O'zbekiston Oliy Majlisi qonunchilik palatasining fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi a'zosi, 2010-2011 yillar O'zbekiston Respublikasi «Adolat» sotsial- demokratik partiyasi markaziy kengashining deputatlar guruhi maslahatchisi, 2011-2013 yillar O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo'yicha "OMBUDSMAN" ning katta referenti, 2013 yildan hozirga qadar O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo'yicha vakili, "OMBUDSMAN" ning Insonlarni konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etish bo'yicha komissiya a'zosi vazifasida ishlab kelmoqda. U o'z faoliyati davomida talabalar uchun tayyorlangan bir nechta o'quv-metodik, uslubiy qo'llanmalar muallifi bo'ldi. 2009 yili Markaziy Osiyodagi davolash-profilaktika muassasalari xodimlari va talabalari uchun OITS kasalligi profilaktikasi va uning qonuniy asoslari bo'yicha darslik chop etdi. Ilmiy izlanishlar bo'yicha 1 ta monografiya, 30 dan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirdi. Yu.N.Nishonov 4 ta 1doktorlik va 6 ta nomzodlik dissertatsiyasiga opponentlik qilgan, 2 ta nomzodik va ta doktorlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbarlik qilgan. Yusufjon Nishonovich filialning birinchi rahbari sifatida kafedralarni tajribali mutaxassis-o'qituvchilar bilan ta'minlash, professor-o'qituvchilarni malakasini oshirish, o'quv jarayonini sifatini yangi yuqori darajaga ko'tarish, o'quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish, o'quv jarayonida o'quv texnik vositalardan samarali foydalanish va ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirilishiga a'lohida ahamiyat berdi va ushbu sohalarni rivojlanishini ta'minladi.
Yusufjon Nishonovich filialning birinchi rahbari sifatida kafedralarni tajribali mutaxassis-o'qituvchilar bilan ta'minlash, professor-o'qituvchilarni malakasini oshirish, o'quv jarayonini sifatini yangi yuqori darajaga ko'tarish, o'quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish, o'quv jarayonida o'quv texnik vositalardan samarali foydalanish va ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirilishiga a'lohida ahamiyat berdi va ushbu sohalarni rivojlanishini ta'minladi.
O'sha davrda aspiranturani o'tagan yosh olimlardan: Ashurova Manzura, SHermatov Rasuljon, Abdukarimova Nodira, G'iyosova Muxtasar, Yakubova Nilufar, Sultonov G'ofurjonlar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar va hozirda ularning ko'pchiligi filialimizda faoliyat ko'rsatmoqdalar. 2 nafar doktoranturani bitirgan olimlar: E.Z.Isoqov va B.B.Mirzaevlar doktorlik dissertatsiyalarini yoqlab, tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga sazovor bo'ldilar va hozirda ular filialda faoliyat olib bormoqdalar. Yusufjon Nishonov direktorlik qilgan davr mobaynida mavjud 9 ta kafedraning har birida bittadan eng zamonaviy o'quv-texnik vositalari bilan jihozlangan 9 ta ma'ruza auditoriyalari tashkil qilindi. Y.N.Nishonovning xizmatlari «Mehnat shuhrati» ordeni va "Sog'liqni saqlash a'lochisi" ko'krak nishoni kabi Davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.