Xorijlik talabalar bilan uchrashuv
Suhbatda Xalqaro fakultet dekani boshchiligida ushbu fakultet xodimlari, Ichki ishlar mas'ullari, "Druzhba business solutions" tashkiloti rahbari, Yoshlar bilan ishlash ma'naviyat-ma'rifat bo'limi boshligʻi va ijarada yashovchi xorijlik talaba-yoshlar ishtirok etdi. Suhbatda Xalqaro fakultet dekani Phd, S.Shakirov O'zbekistonda istiqomat qilishning ma'lum me'yorlari, xavfsizlik qoidalariga amal qilish borasida so'z yuritib, talabalarni odob-axloq prinsiplariga qatʼiy amal qilishga chaqirdi. Shuningdek, xorijlik talabalarimiz Ichki ishlar mas'ullari tomonidan ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks hamda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalari bilan yaqindan tanishtirildi va talabalar bilan tegishli ravishda qonuniy kelishuv tuzildi.