Xalqaro tashrif-Xalqaro xamkorlik
Xalq tabobati bo'yicha Xitoy-O'zbekiston o'quv seminari Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutida joriy yilning 7,8,9- dekabr kunlari Chongqong an'anviy Xitoy delegatsiyasi mutaxassislari ishtirokida o'quv seminari bo'lib o'tishi belgilangan.
Mehmonlar institutimizga tashrif buyurdi. Delegatsiya vakillarini o'zbekona qadriyatlar bilan kutib oldilar. Shundan so'ng, xorijlik mutaxassislar bilan institutimiz xodimlari o'rtasida suhbat bo'lib o'tdi. Mehmonlar institutimiz bilan yaqindan tanishtirildi. Ma'lumot uchun, o'quv seminari davomida xalq tabobati bo'yicha fikrlar yuritiladi, o'zaro tajriba almashilinadi, amaliy jarayonlar hamda treninglar bo'lib o'tadi.