Xalqaro tashrif-Xalqaro xamkorlik
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti va Gulf tibbiyot universiteti hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda. Birlashgan Arab Amirliklarining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri – Gulf tibbiyot universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Mehmonlar tarkibida universitet prorektori, dekanlari hamda marketing bo‘limi vakillari bo‘lib, ularni institutimiz rahbariyati tantanali kutib oldi. Delegatsiya institutning o‘quv jarayoni, zamonaviy laboratoriyalari hamda talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.Gulf tibbiyot universiteti o‘rtasida magistratura bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Bugungi uchrashuv esa ushbu kelishuv doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejalarni muhokama qilishga bag‘ishlandi.