Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Xalqaro tashrif-Xalqaro hamkorlik

Birlashgan Arab Amirliklari Gulf tibbiyot universiteti delegatsiyasi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida bo‘ldi

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga BAAning Gulf tibbiyot universiteti delegatsiyasi — professor Ille Tatjana, professor Janita Rita Trinita Pinto hamda universitet kansleri Manda Venkatramana tashrif buyurdi.

Institut rahbariyati va xalqaro aloqalar bo‘limi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘zaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy loyihalar hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvini rivojlantirishga doir muzokaralar olib borildi.

Tashrif doirasida Gulf tibbiyot universiteti professorlari tomonidan “Doctor of Medicine” magistratura ta’lim dasturi o‘qituvchilari uchun seminarlar, talabalar uchun mahorat darslari va ilmiy-amaliy muloqotlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Delegatsiya uch kun davomida institutning o‘quv jarayoni va ilmiy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishadi.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida qo‘shma konferensiyalar, seminarlar va xalqaro ta’lim dasturlarini amalga oshirish orqali hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.


Thumbay Fergana College of Medical Sciences