Xalqaro tashrif
Turk ishbilarmonlari Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining asosiy binosiga tashrif buyurdi.
Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurgan Turk ishbilarmon-doira vakillari, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining asosiy binosida bo‘lib, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Delegatsiya institut rektori professor Akmal Sidikov va uning rahbariyati tomonidan iliq kutib olindi. Mehmonlarga institutning faoliyati, asosiy yo‘nalishlari, xalqaro aloqalari va yutuqlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng, delegatsiya a’zolari zamonaviy ta’lim va ilmiy maskanlar bilan tanishtirildi, shu jumladan laboratoriyalar, eng so‘nggi texnologiyalarga ega o‘quv xonalari va talabalar uchun yaratilgan qulay sharoitlar ko‘rib chiqildi.
Delegatsiya a’zolari oliygohning yuqori imkoniyatlari va innovatsion yondashuvini mehmonlar bilan baham ko‘rdi va o‘z minnatdorliklarini bildirdi. Ular, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining ta’lim sifati va ilmiy salohiyati xalqaro miqyosda yuqori baholanganligini ta’kidladi.
Tashrif davomida mehmonlar va institut rahbariyati o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazilib, hamkorlikni rivojlantirishga oid takliflar ko‘rib chiqildi. Jumladan, tibbiy ta’limda ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, talabalar almashinuvi va birgalikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida tomoni bilan iliq tilaklar almashildi va ramziy sovg‘alar berildi. Ushbu tashrif O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish kutilmoqda.
Bunday tashabbuslar ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlab, zamonaviy tibbiyot tajribalarini o‘rganish va tatbiq etish uchun imkoniyatlarni kengaytiradi.