Virtual qabulxona

+99873243-06-62

info@jcpmfjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Xalqaro tashrif

 Dunyo miqyosida TOP 1000talik qatorida turuvchi Turkiyaning Egey Universiteti vakili Adnan Yuksel Guruz Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida Professor Adnan Yuksel Guruz ayni damda Egey Universiteti Parazitologiya kafedrasi mudiri, shu bilan birga Biontech kompaniyasi tadqiqotchisi sifatida faoliyat olib bormoqda.Adnan Yukselning istitutimizga tashrifi davomida professor institut PTSR va Mikrobiologiya labaratoriyalari faoliyatini o'rgandi, shuningdek, talabalar turar joylarida ham bo'lib, yaratilgan sharoitlar va talabalarning dars mashg'ulotlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, institut mas'ul vakillari, professor-o'qituvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Unda professor Adnan Yuksel institutda ta'lim sifatini oshirish hamda anatomiya, mikrobiologiya va parazitologiya yo'nalishlarida tadqiqot olib borish kabi masalalar yuzasidan keng va atroflicha tushunchalarni aytib o'tdi. Suhbat yakunida esa, kelgusida ikkala oliy ta'lim muassasalari o'rtasida memorandum imzolash, hamkorlikda ma'ruzalar tashkil etish, akademik mobillikni yo'lga qo'yish borasida qator ishlarni amalga oshirishga kelishib olindi.