Xalqaro seminar
Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti xodimlari yana bir Xalqaro o'quv-amaliy seminarda ishtirok etdi. ‼️Ta'lim va sog'liqni saqlash sifatini ta'minlash va akkreditatsiyadan o'tkazish Yevroosiyo markazi tomonidan seminar tashkil etildi. Qozog'iston davlatining Olmata shahrida bo'lib o'tgan ushbu seminarda yurtimizning 11ta oliy ta'lim muassasalari vakillari ishtirok etdi. Ular bilan bir qatorda Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining ikki nafar a'zosi ham qatnashdi. Besh kun davom etgan ilmiy seminarda oliy o'quv yurtlarini reyting darajasini ko'tarish va akkreditatsiyadan o'tkazish masalalari ko'rib chiqildi. Malakali mutaxassislar tomonidan mahorat darslari o'tildi. Seminar so'ngida esa har bir ishtirokchi tashkilotchilar tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi.