Xalqaro olimpiada
Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabalari yana bir xalqaro olimpiadada g'oliblikni qo'lga kiritdi Joriy yilning 9 – 10-mart kunlari Buhoro Davlat Tibbiyot universitetida “Abu Ali ibn Sino ta’limotidan – uchinchi Renessans sari” III Xalqaro olimpiadasi bo'lib o'tdi 30ta tibbiy fundamental va klinik fanlar bo'yicha o'zbek, rus, va ingliz tillarida o'tkazilgan ushbu olimpiadada Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabalari yakka va jamoaviy tarzda faol ishtirok etdilar. Bilimlar bellashuvida o'z bilim-ko'nikmalarini sinovdan o'tkazgan talabalarimiz, qator yo'nalishlar bo'yicha yuqori natijalarni egallab, g'oliblikni qo'lga kiritdilar va tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Talabalarimizni ushbu g'alaba bilan chin dildan tabriklaymiz va kelgusida bundanda yuksak natijalarga erishlarida tilakdoshmiz.