Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Xalqaro konferensiya

Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti mezbonligida “Zamonaviy parazitologiya va ichak infeksiyalarining dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Nufuzli anjumanda 10 ga yaqin davlatdan tashrif buyurgan yetakchi olimlar, epidemiologlar, infeksionistlar, professor-oʻqituvchilar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi — zamonaviy parazitologiyadagi dolzarb muammolarni yoritish, ichak infeksiyalari bilan bogʻliq global tahdidlarni muhokama qilish, ularning oldini olish bo‘yicha ilgʻor ilmiy yondashuvlar bilan tajriba almashishdan iborat boʻldi.

Tadbir davomida quyidagi masalalar atroflicha tahlil qilindi:

-ichak infeksiyalarining epidemiologik holati va tarqalish sabablari;

-zamonaviy diagnostika usullari;

-profilaktika choralarining samaradorligi;

-iqlim oʻzgarishlari fonida yuzaga kelgan yangi xavf omillari.

Konferensiya doirasida xalqaro hamkorlik aloqalari muhokama qilindi va bir qator ilmiy loyihalarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.