Xalqaro konferensiya
Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutida "Ichki kasalliklarni tashxislash va davolashning dolzarb muammolari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi. Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi tomonidan "Ichki kasalliklarni tashxislash va davolashning dolzarb muammolari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi. Tadbirda oliygohimiz masʼullari, dunyoning turli davlatlaridan xalqaro darajadagi yetakchi soha mutaxassislari, professorlar va tajribali shifokorlar bilan bir qatorda talaba-yoshlar ham ishtirok etdi.
Mazkur konferensiya zamonaviy tibbiyot ilmining eng muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlgan ichki kasalliklar diagnostikasi va davolash usullarini chuqur oʻrganishga bagʻishlangan. Unda ichki organlar kasalliklarini aniqlashning yangi usullari, diagnostika texnologiyalari, shuningdek, davolash usullarida qoʻllanilayotgan innovatsion yondashuvlar haqida maʼlumotlar berildi. Bugungi kunda global miqyosda ichki kasalliklarni erta aniqlash va ularni profilaktika qilish masalalari dolzarb boʻlib, bunday ilmiy anjumanlar tibbiyot sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga, zamonaviy bilimlarni amaliyotga tatbiq etishga katta imkoniyat yaratadi.